Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


Ovqatlanishning turlari — ertalabki nonushta, yarim pansion



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

Ovqatlanishning turlari — ertalabki nonushta, yarim pansion,
 
to4iq  pansion  doimo  turistik  xizmatlar  ko‘rsatish  tarkibida
 
belgilangan  bo‘ladu  Yarim  pansionda 
(ikki  marta  ovqatlanish)
 
ertalabki  nonushta  va  tushlik yoki  kechki  ovqat  nazarda  tutilgan
 
bo'ladi. 
Pansion
 
-  
bu  uch  martalik  ovqatlanishdir.  Qimmatbaho
 
xizmat  ko'rsatish  variantlarida  butun  кип  davomida  va  hattoki
 
tunda  istalgan  vaqt da  va  istalgan  miqdorda  ovqatlanish  hamda
 
ichimliklar  (spirtli  ichimliklarni  ham  qo'shib  hisoblaganda)  ichish
 
imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.
Nonushta  masalasida  ma’quli,  turist  mehmonxonadan  tashqa- 
riga  chiqmasligi  kerak,  garchi  ovqatlanish joylari  nazarda tutilma- 
gan,  turistlarga  esa  yaqinroqda joylashgan  restoranda  ovqatlanish
145


mumkinligi  tavsiya  qilingan  joylashtirish  vositalari  ham  mavjud 
bo‘lsa-da.  Bunday  hollarda joylashtirish  xizmatining  narxi  keskin 
pasayib ketadi.
Ovqatlantirishni tashkil etish turistning sog‘ligini ham hisobga 
olgan  bo‘lishi  kerak.  Noto‘g‘ri  ovqatlanish,  yomon  tayyorlangan 
ovqat  zaharlanishga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  40%  gacha tu­
ristlar  Misr  va  Hindistonga  borganlarida  diareyadan  aziyat  cheka- 
dilar.  Ayniqsa,  ko‘chadagi  mayda  sotuvchilar  qo'lidagi  suv  va  ov­
qat,  shuningdek,  restoranlardagi  sifatsiz  taomlar  xavflidir.  Ayrim 
toifadagi  turistlar  ruhida  diniy  belgilar  bo‘yicha  umumiy  qabul 
qilgan  cheklanishlar  (cho‘chqa  go‘shtini  iste’mol  qilmaslik,  ro‘za 
tutish), vegetarianlarni o‘ziga xos talablari, bolalar ovqati talablarini 
ham  hisobga  olish  kerak.  Ovqatlanishga  bo‘lgan  bunday  talablar- 
ning o‘ziga xosligini turistlar tur sotib olayotganlarida ko‘rsatishlari 
lozim.
Restoran xo‘jaliklarida chet ellik turistlami qabul qilish muhim 
ahamiyatga  egadir.  Chunki  chet  ellik  turistlarga  odatda  ovqat 
yeyishni  tashkil  qilish  alohida  zallarda  yoki  umumiy  zalning 
chegaralangan  qismida  amalga  oshirilib,  ularga  xizmat  ko‘rsatish 
juda ham e’tibor va  did  bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi  kerak. 
Turistlami  restoran  hududida  ovqatlanish  jarayoni  restoran 
binosidagi  savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalami tartibga 
keltirish,  stol  va  stullami  qabul  qilingan  tartibda  qo‘yish,  idish- 
tovoq  olish,  stollarga  dasturxonni  yoyish,  tushlik  stollarini  va 
ofitsiantlami  ishga  tayyorlash  jarayonlari  kiradi.  Restoran  ishini 
tashkil  qilish,  uning  binosini  ichki  va  tashqi  ko‘rinishmi  go‘zal 
bo‘lishi uni ochilishiga qadar tayyor bo‘lishi kerak.
Shuningdek,  turistlami  turli  xildagi  servislardan  foydalanishi 
uchun  imkoniyatni  yaratib  berish  kerak.  Turistlami  qabul  qilish  va 
ularga  sitatli  xizmat  ko‘rsatish  maqsadida  xodimlar  restoran  kor- 
xonasidagi  mebellami  joylanishiga  ham- e’tibor  qaratishlari  kerak, 
stollami to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida o‘matish, ular orasidan 
bemalol  yura  oladigan bo‘lishi,  shuningdek,  boshqa jihozlami  ham 
turistlaming  xohish-irodasi,  qaysi  yurtdan  kelayotgani  va  hoka- 
zolami hisobga olgan holda joylashtirish kerak.
Xalqaro  turistlami  ovqatlantirish  turizm  faoliyatida  turistlar 
uchun  xizmat  ko‘rsatishning muhim  qismini  tashkil  etadi.  Shuning
146


uchun  ham  turistlar  uchun  xizmat  ko‘rsatish  turi  ikki  qismdan 
iborat:  birinchisi  -   oshxona  va  oziq-ovqatlaming  sifati  va  assorti­
menti,  ikkinchisi  -   oziq-ovqat  va  xizmatlarni  iste’molchilarga 
sotishda  sifat  jarayonini  takomillashtirishdir.  Sifat  va  assortiment 
umumiy  ovqatlantirish  korxonalarining  turiga  va  uni  turli  katego- 
riyalariga qaramasdan barcha uchun bir xil ahamiyatga egadir.
Oziq-ovqat va xizmatlarni turistlarga sotish va iste’molchilami 
talablarini qondirish shartlaridan biri -  bu o‘z vaqtida mahsulotlami 
sotish  va  barcha  talab  qilingan  xizmatlarni  qondirishdan  iboratdir. 
Masalan:  korxonada  yoki  mehmonxonalarda  tez  xizmat  ko‘rsatish 
hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  boiib,  bularga  buyurtma  qilingan 
taomning  stolga  berilish  tezligi  va  mijozning  o‘ziga  xizmat  qilishi 
kiradi.  Restoranlarda  esa  xizmat  qilish  sifati  mehnat  turlari,  ya’ni 
xodimlami  qaysi  xizmat  bilan  shug‘ullanishiga  bogiiq  boiadi:. 
Ma’muriy  xizmat,  ofitsiantlar,  garderobdagilar  va  boshqalar  shu 
xizmat ko'rsatuvchilar qatoriga kiradi.
Ovqatlanish  sohasida  bu  faoliyatning  xizmat  ko‘rsatish  sifati 
va ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
•  beriladigan taom, desertning  issiq-sovuqligi  va taom  sifatini 
yuqori darajada tashkil etish;
•  restoranda  beriladigan taomlar assortimentining  turli-tuman- 
ligi,  ichimlik  va  boshqa  mahsulotlar  turi  bo‘yicha  mijozlarga  mos 
kelishi;
•  ovqatlanish jarayonida  xizmat  ko'rsatilayotgan  shaxsga  nis­
batan xushmuomalada boiish, menyu-kartochkalaridan  xaridoming 
o‘zi  foydalanishi, xaridorlar talab-ehtiyojlariga xushyor b o iib  turish 
lozim.  Buyurtmachi  buyrugining  bajarilish  tezligi  va  ovqatlanib 
boigandan so‘ng taom haqqini toiashning turli usulini qoilash;
•  taom  iste’mol  qilinadigan  vaqtda  mijozlarga  xizmat  ko‘rsa- 
tish,  vino  va  ichimliklami  ryumka  va  fujerlarga  quyish  va  boshqa 
shu  kabi  xizmat ko‘rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga 
rioya qilishi shart;
•  zaldagi  tozalik va  shinamlikni  ta’minlash,  shaxsiy  gigiyena, 
tashqi ko‘rinish restoran kategoriyalariga javob berishi kerak.
147


Ovqatlanish  sohasida  taom  va  ichimliklami  o‘matilgan  serti- 
fikatsiya  va  standartlar  asosida  hamda  belgilangan  narxlarda  iste’- 
molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish