Mavqei alohida o‘rin egallaydi


Oltin  qazib  olish  sanoati



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

Oltin  qazib  olish  sanoati.
  Markaziy  Osiyoda,  xususan,  hozirgi  O‘zbekiston 
yerlarida  miloddan  avvalgi  VI–V  asrlardayoq  oltin  qazib  olingan  va  undan  turli 
taqinchoqlar,  zargarlik  buyumlari,  bezaklar  yasalgani  mavjud  arxeologik 
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 2 ta zavodda amalga oshiriladi: 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (1959 yilda ishga tushirilgan, 2000 
yilda rekonstruksiya qilingan) 
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1997 yilda ishga tushirilgan) 
Gazni qayta ishlash 3 ta zavodda amalga oshiriladi: 
Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1971 yilda ishga tushirilgan 
bo‘lib, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, gazli texnik oltingugurt kabi 
mahsulotlarni ishlab chiqaradi) 
SHo‘rtan gazni qayta ishlash zavodi (har yili 20 mlrd. kub m gazni 
qayta ishlaydi) 
SHo‘rtan gaz-kimyo kompleksi (2001 yil ishga tushirilgan) 
Ustyurt gaz-kimyo kompleksi kelgusida respublikada to‘rtinchi gazni 
qayta ishlash zavodi bo‘ladi (har yili 4,5 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi
2016 yilga ishga tushirilgan)
 
 


 
 
31 
topilmalardan  ma’lum.  Tug‘ma  (erkin  uchraydigan)  oltin  konlarini  o‘zlashtirishga 
qadar  oltin  asosan  sochma  konlarda  juda  ibti-doiy  usullarda  oltin  zarralari  aralash 
qumni  qo‘y  terisi  qore-jagan  yog‘och  tog‘oralarda  yuvib,  ajratib  olingan.  Sochma 
oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz 
daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumotlar bor. 
O‘rta  asrlarda  oltinli  qumlarni  yuvish  bilan  birga  mo‘g‘ullar  bosqiniga  qadar 
kovlangan  Chotqol-Qurama,  Nurota  tog‘larida,  markaziy  Qizilqumdagi  konlarda 
tug‘ma  oltin  kon  lahmlari  hozirgacha  saqlanib  qolgan.  O‘zbekistonda  ma’lum 
bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar. 
XIX asrning 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning xom ashyo resurslarini 
o‘rganila  boshlandi.  O‘lkaning  barcha  joylarida  tadqiqotlar  o‘tkazildi,  geologik 
kartalar  to‘zildi,  ayrim  konlar  tavsiflandi.  Chirchiq,  Piskom  va  Chotqol  daryolari 
vodiylarida  kichik-kichik  oltin  izlovchi  korxonalar  oltin  olish  bilan  shug‘ullana 
boshladilar,  1913-1917  yillarda  esa  Obirahmat  darasi  (Toshkent  viloyati)  dagi  oltin 
konidan foydalanildi. 
Noyob metall konlarini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini hal 
qilish  ishlarida  markaziy  ilmiy  muassasalar  faol  ishtirok  etdilar.  30-yillar  boshida 
«O‘zbekoltinnoyobmet»  tresti  tashkil  etildi.  O‘sha  yillari  Ohangaron,  Chirchiq 
daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini yuvish usulida 
ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan oshmagan.  
1941-1945 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib 
borildi,  olingan  yillik  oltin  miqdori  qariyb  50  kg.  ga  yetdi.  Rudali  oltin  izlash  va 
qidiruv  bo‘yicha  olib  borilgan  tadqiqotlar  natijasida  Qoraqo‘ton,  Bichanzor, 
Pirmurob, G‘o‘saksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormiton, Maryayunbuloq, 
Kauldi,  Qizilolmalisoy,  Sarmich  va  boshqa  rudali  oltin  konlari  topildi.  1965  yilda 
Metallurgiya  vazirligiga  bo‘ysinuvchi  «O‘zbekoltin»  birlashmasi  va  boshqa  oltin 
qazib  olish  korxonalari  tashkil  etildi.  Birlashma  qazib  olgan  flyus  rudalaridan 
Olmaliq  kon-metallurgiya  kombinatining  kimyo  eritish  zavodida  oltin  ajratib  olish 
yo‘lga  qo‘yildi.  1970  yili  Chodak  oltin  koni  ishga  tushirildi.  O‘sha  vaqtdan 
respublikada  oltin  qazib  olish  sanoati  shakllandi,  oltin  olish  oldingi  yillardagiga 
nisbatan  uch  marta  ko‘paydi.  1972  yilda  Ko‘chbuloq  koni  va  Angren  oltin  ajratish 
fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yili Kauldi, 1980 yili Marjonbuloq 
oltin  qazib  olish  majmui,  1989  yili  Zarafshon  va  Qizilolmachisoy  konlari 
foydalanishga topshirildi. 
Respublika  mustaqillikka  erishishi  bilan  O‘zbekiston  hukumati  uzoq  yillar 
davomida  sobiq  ittifoq  ixtiyorida  bo‘lgan  oltin  qazib  olish  sanoatini  respublika 
mustaqilligini  mustahkamlash  yo‘lida  rivojlantirish  bo‘yicha  bir  qancha  tashkiliy 
choralar ko‘rdi. 
Respublikada  40  dan  ortiq  oltin  koni  aniqlangan.  Oltinning  asosiy  zahiralari 
Markaziy  Qizilqumdagi  oltin  konlarida  mujassam.  O‘zbek  oltini  jahonning  eng 
yuqori  sifat  standartlariga  mos  bo‘lib,  to‘rtta  to‘qqiz  raqami  bilan  baholanadi  va  u 
oxirgi 25 yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir 
necha bor halqaro sovrinlar bilan taqdirlandi. 
Yevroosiyo  qit’asida  eng  katta  hisoblanadigan,  rudasi  tarkibida  oltin  ko‘p 
bo‘lgan  Muruntov  koni  dunyodagi  gigant  konlari  jumlasiga  kiradi.  Ushbu  konning 


 
 
32 
topilishi  halqaro  geologiya  jamoatchiligi  tomonidan  oltin  qazib  chiqarish  bo‘yicha 
XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi. 
Muruntovdagi  affinit  korxonasida  zamonaviy  oltin  tozalash  texnologiyasi  joriy 
etilgan  bo‘lib,  u  bir  qancha  nou-xauni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  esa,  juda  yaxshi  tovar 
ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi. 
Mamlakat  mustaqilligining  dastlabki  yillarida  infratuzilmasi  yuqori  darajada 
rivojlangan  Samarqand  va  Toshkent  viloyatlarida  oltin  rudali  konlar  aniqlandi  va 
razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan Qizilqumdagi 
Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay 
va boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar 
amalga  oshirildi.  Natijada  O‘zbekiston  oltin  qazib  chiqarish  bo‘yicha  dunyoda 
sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi! Aholi jon 
boshiga  oltin  ishlab  chiqarish  hajmi  bo‘yicha  O‘zbekiston  MDHda  birinchi  va 
dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. 
Respublika  kumush  konlariga  ham  ega.  Bular  Navoiy  viloyatidagi 
Visokovoltnoye,  O‘qjetpes,  Kosmonavtchi  va  Namangan  viloyatidagi  Oqtepa 
konlaridir.  Katta  miqdordagi  tasdiqlangan  zaxiralar  oltin  va  mis-porfir  konlarida 
mavjud.  Oqtepa  koni  kumush  qazib  chiqarish  bo‘yicha  eng  istiqbolli  va  chet  ellik 
investorlar uchun jozibali kondir. 
O‘zbekistonda  qimmatbaho  metallar  bilan  bir  qatorda  uran  ham  qazib  olinadi. 
Uni olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya 
nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - yer ostida ishqorlarni yuvish usuli bilan 
olinadi. 
Mis,  ko‘rg‘oshin,  ruh  sanoati  asosan  Ohongaron-Olmaliq  kon  sanoati  rayonida 
Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan  polimetall  konlari,  Qalmoqqir  mis  konlari  negizida 
shakllana  boshlagan.  Ushbu  sanoat  tarmog‘ining  yetakchi  korxonasi  tugal  metal-
lurgiya  sikliga  ega  bo‘lgan  Olmaliq  kon-metallurgiya  kombinati  hisoblanadi. 
Kombinatning  mis  majmuasi  Qalmoqqir  mis  koni,  ruda  boyitish  fabrikasi, 
metallurgiya  zavodidan,  qo‘rg‘oshin  -  ruh  majmuasi  Qo‘rg‘oshinkon,  Oltintopgan, 
Chalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o‘z ichiga 
oladi.  Ular  asosan  tozalangan  misni  eksport  qilmoqda.  Har  yili  bir  necha  o‘n  ming 
tonna  mis  ishlab  chiqarayotgan  O‘zbekiston  mis  zahiralari  bo‘yicha  dunyoda  10-
o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent viloyatining 
Olmaliq  rudali  maydonida  joylashgan.  Bu  yerdagi  uchta  konda  bir  necha  mis 
zahiralari  bor  deb  taxmin  qilinmoqda.  Bundan  tashqari,  Dalneye  koni  razvedka 
qilingan.  Zahiralarning  kattaligi,  qazib  chiqarish  tannarxi,  rudadagi  misning  tarkibi 
jihatidan  MDH  mamlakatlarida  hali  unga  teng  keladigan  kon  yo‘q.  Volfram, 
molibden,  litiy  sanoatining  yirik  korxonasi  O‘zbekiston  qattiq  qotishmalar  va  o‘ta 
chidamli  Chirchiq  metallar  kombinati  hisoblanadi.  Kombinat  ingichka  volfram  (Sa-
marqand)  va  Qo‘ytosh  volfram,  molibden  (Jizzax)  konlari  rudalari  hamda  mis 
rudalaridan  ajratib  olinadigan  molibden  negizida  ishlaydi.  Kombinatda  birinchi 
molibden  quyilmasi  1956  yili  olingan.  1957  yildan  esa  qattiq  qotishmalar  ishlab 
chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat 
eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi. 


 
 
33 
2010  –  2013  yillar  mobaynida  Surxondaryo  viloyatining  Sariosiyo  tumanida 
umumiy qiymati 146 million dollar bo‘lgan Xonjiza konida polimetall rudalari, ya’ni 
rux,  qo‘rg‘oshin,  mis  va  kumushning  katta  zahiralarini  qayta  ishlash  bo‘yicha  yirik 
loyihalar amalga oshirildi. 
Respublikada  yana  bir  qator  nodir  va  sochma  metallar  —  reniy,  selen,  tellur, 
skandiylar  ishlab  chiqariladi,  rangli  metallarning  ikkilamchi  quyilmalarini  olish 
yo‘lga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming 
tonna ikkilamchi alyuminiy iqtisodiyotga yetkazib berilmoqda. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish