Metallurgiya sanoati
. Hozirgi O‘zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5
ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan.
Keyinroq rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish va
qizdirib ishlash o‘zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o‘rta asrlarda
Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda
zargarlik, mis-garlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlangan. Rux, surma,
margimush, vismut, kobalt kabi rangli metallar ma’lum bo‘lmasada, ularning
qotishmalaridan keng foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |