Qaram xo‘jalik jamiyati.
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat
xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan
ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.
Qaram xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Unitar korxona
. O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor
tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar,
paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi
mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |