Aksiyadorlik jamiyati
deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan
majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt hisoblanadi
1
.
Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati.
Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati
ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan
holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo
bo‘lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan
qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati
sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati hisoblanadi.
Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi. Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati
o‘zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo‘yicha javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |