-lashtirish
so‘z shakli yasovchi
qo‘shimchasi bilan yasalgan. Mazkur qo‘shimcha ingliz tilidagi
-zation
qo‘shimchasiga mos keladi. Va shu tariqa, biz tarjimonlar bu so‘zlar negizining
ingliz tilidagi ma‘nosini bilgan holda
- zation
qo‘shimchasini qo‘shish bilan
democratization–
demokratlashtirish
,
modernization–
modernizatsiya
,
globalization–
globallashtirish
so‘zlarini hosil qilamiz.
61
Professor U.Tursunov asarlarida o‗zbek tili terminologik tizimining ichki va
tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma‘lumot beradi. Har bir tilda
bo‗lganidek, o‗zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha
usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:
1. Terminlarning semantik yo‗l hisobiga boyishi.
2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3. Terminlarning sintaktik yo‗l bilan yasalishi.
Qator terminologik sistemalarda semantik yo‗l bilan termin yasashdan
unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik so‗z yasash terminologiyada amal
qilinadigan doimiy va an`anaviy yo‗ldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator
leksik qatlamlar semantik o‗zgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi
mumkinligini ko‗rsatdi. Ular biror ma‘noni ifodalash uchun xizmat qiladigan
o‗zbek tilining odatdagi so‗zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar:
1. Ro‗zg‗or buyumlari nomlari: qozon, cho‗mich, quti, kurak, panjara,
pichoq kabilar.
2. Odam yoki hayvon a‘zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo‗g‗iz,
qanot kabilar.
3. Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‗zgu, qalpoq kabilar.
4. Texnikaga oid bo‗lmagan so‗zlar: kalit, burqi, pona, payvandlash kabi
texnik termin sifatida qo‗llaniladi.
Sanab o‗tilgan odatdagi so‗zlarni termin deb qabul qilinar ekan, o‗sha so‗z
ifodalaydigan tushuncha belgilari yoki ma‘nolaridanbittasi termin anglatishi lozim
predmetning biror muhim belgisini ifodalashi lozim. Bunday so‗zlar termin
bo‗lishi uchun ular olimlar tomonidan ta‘riflanadi va mantiqan qanday ma‘no
anglatishi chegaralab ko‗rsatiladi. Shundan so‗ng qaysi sohaning termini ekanligi
qayd etiladi.
So‗zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so‗zning yuzaga kelishiga sabab
bo‗ladi va util terminologiyasini boyitishga xizmatqiladi. Morfologik usul bilan
termin yasashda o‗zak-negizga so‗z yasovchi qo‗shimchalar qo‗shiladi. Bunday
termin yasash o‗zbek tilida eng mahsuldor usuldir.
62
Terminlarni yasashda -gich (-qich, -qich, -kich), -soz, -ma, - lik, -sh(-ish), -
lash, -cha, -chi affikslari faol ishtirok etadi: chang ajratgich, em buqlatgich;
mashinasoz, asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burq‘ilash,
payvandlash; bakcha, vagoncha; aniqlovchi, to‗ldiruvchi kabilar.
O‗zbek tili terminologiyasida yakka so‗zli terminlarga nisbatan sintaktik
usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‗rinni egallaydi. Buning sababi
shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‗lganidek,
o‗zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi.
Ma‘lumki, har bir til o‗ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‗radi.
Terminlar tuzilish materiali, ya‘ni qandayso‗zlardan tashkil topganiga qarab bir
necha xil bo‗lishi mumkin:
Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bug‗mashina, shamol tegirmon,
moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‗i, samolyotning parragi
kabilar.
Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot, magnitli
diska, tirkama plug, halqasimon zichlagichkabilar.
Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‗ta sezgir apparat, sezgir asbob, o‗zi yurar
mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar.
Hozirgi o‗zbek terminologiyasini yaratishda boshqa tillardan olib
foydalaniladigan leksik material etimologik jihatdan ikki guruhga bo‗linadi:
1. Arab va fors-tojik so‗zlari. Arab va fors-tojik tillariga mansub bo‗lgan
so‗zlar yordamida termin yasash ko‗proq davlatni boshqarish, ta‘lim-tarbiya va
fan, madaniy qurilish sohalariga oid bo‗lib, ular XX asrning boshlaridan uning 90-
yillarigacha yaratilgan, ularning umumiy miqdori, deyarli, bir nuqtada saqlandi.
XX asrning 90-yillaridan so‗ng islomiy leksikaning hajmi ko‗paydi. Chunonchi
nur, hujayra, davlat, huquq, moliya mudofaa, sanoat, ittifoq, millat, ma‘rifat,
maorif, doira, markaz, nisbat, isbot, san`at kabilar arab tilidan; barg, dastgoh,
ohang, rang, poydevor kabilar fors-tojik tilidan kirgan so‗zlardan hosil bo‗lgan
terminlar sanaladi.
63
2. Rus tilida qo‗llaniladigan so‗zlar. Rus tilida o‗zlashtirilganterminlarning
ba‘zilari etimologik jihatdan rus tiliga boshqa tillardan kirgan baynalminal
terminlardir. Masalan: parovoz, teploxod, samovar, samolyot, minor, gamma,
tsilindrlar, bruslar, basketbol korzinasi so‗zlari ruscha; omonim, sinonim,
metafora, vergul, metonimiya, sinekdoxa so‗zlari grek-lotincha asosda
shakllangan. Bu borada ijtimoiy-siyosiy terminlarni misol sifatida tahlil qilsak.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi har qanday o‗zgarish uning terminologiyasida
ham o‗z izini qoldiradi. Ijtimoiy-siyosiy terminologiya siyosiy tuzum, ijtimoiy va
siyosiy guruhlar, partiyalar, oqimlar va ularning vakillari, hukumat yig‗ilishlari va
muassasalari, davlatni boshqarish va uning organlari, dunyoqarashlar, mulkiy
munosabatlar, ichki va tashqi siyosat, ijtimoiy-siyosiy hujjatlar, axloq kabi
narmativ guruhlarga bo‘linadi.
Siyosiy terminologiya asosan ro‘znoma-axborot uslubiga xos. Ijtimoiy-
siyosiy sohada terminologik tizimning tartibliligi va jiddiyligi oz kuzatiladi.
Ro‘znoma-axborot materiallarida ko‘pma‘noli terminlar, termin-sinonimlar,
qisqartma termin va nomlar ko‘p uchraydi. Siyosiy ingliz terminologiyasidagi
―legal‖ termini ham ―qonunchilik‖, ham ―huquqiy‖ ma‘nolarida ishlatiladi.
Siyosiy terminlarning klassifikatsiyasi quyidagicha:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |