Innovatsion
xulq
– bu moslashuvchanlik emas, balki individuallikni, o‘z-o‘zini
24
faollashtirishni maksimal darajada rivojlantirishdir. Agar kimdir o‘zining
qadriyatlari va ideallarining bir qismidan voz kechgan, o‘zining axloqiy va
intellektual yaxlitligini buzgan, baxtsizga aylangan, erkini yo‘qotgan paytda
o‘qituvchi fikran uning ongiga kira olishi kerak. Jamiyatda insonni o‘z
innovatsion faoliyatini to‘xtatishga majbur qiladigan maxsus usullar “mavjud”.
O‘qituvchi uchun uning innovatsion faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik
qiladigan psixologik to‘siqlarni his etish, boshdan kechirish va ulardan xalos
bo‘lish juda foydalidir. Pedagog xulqi va ichki dunyosining bir qolipga solib
qo‘yilishi natijasida uning faoliyatida faqat buyurilgan ko‘rsatmalardan
foydalanish ustun bo‘lib boradi. Uning ongida pedagogik faoliyatning ko‘p sonli
turli-tuman tayyor namunalari to‘planib boradi. Bu esa o‘zining ijodkorlik
darajasini pasaytirish orqali o‘qituvchining pedagogik jamiyatga qo‘shilib
ketishiga olib keladi.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlash–
bu yaxlit, bir butun jarayon. U ikki o‘zaro bog‘liq va bir-biridan kelib chiquvchi
davrlardan tashkil topgan: oliy ta’lim muassasasida o‘qitish va tarbiyalash,
shuningdek, maxsus muassasalarda o‘qish va maktabdagi amaliy pedagogik
faoliyatning o‘zaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi
ta’lim. Qayd etib o‘tilgan davrlarning o‘qituvchi shaxsini bosqichma-bosqich
rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion
faoliyatga kiritishning asosidir. Ammo bizning tadqiqotimiz uchun bu
davrlarning birinchisi muhimroq, chunki bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy
shakllanish jarayoni innovatsion faoliyat tuzilmasini modellashtirgan holda oliy
ta’lim muassasasida o‘qitish shart-sharoitida muvaffaqiyatli va to‘laqonli
kechadi.
Bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash tamoyilini
yaratishda o‘qituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonining
yaratilishi va faoliyat olib borishini ta’minlovchi tizimli, refleksiv-tashabbuskor,
25
individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi [38].
▪ tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik ta’limning barcha bo‘g‘inlari
innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga
chiqishini maksimal darajada rag‘batlantirishi kerak.
▪ refleks-tashabbuskor yondashuvni amalga oshirish o‘qituvchining o‘z
faoliyatiga nisbatan, faoliyatning o‘quvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi
samaradorligini tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida
faoliyat sub’ekti sifatida o‘ziga nisbatan ham faol tadqiqot mavqeiga chiqa olish
qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
▪ individual-ijodiy yondashuv bo‘lajak o‘qituvchida ijodiy individuallikni
aniqlash va shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni ta’minlovchi
faoliyatning takrorlanmas texnologiyasini shaxsiy darajaga olib chiqadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida kasbiy-tadqiqot va kasbiy-pedagogik jihatlar
aniq ajralib turadi. Nafaqat pedagogik izlanishning predmetli mazmunini, balki
o‘qituvchining innovatsion faoliyatda ishtiroki shaklini ham qaytadan yaratish
imkonini beruvchi kasbiy-pedagogik jihat markaziy o‘rinda turadi.
V.A. Slastenin tadqiqotlariga ko‘ra, bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion
faoliyatga tayyorlash ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan iborat:
• Birinchi bosqich – bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy individualligini
rivojlantirish, talabalarda ijodiy pedagogik masalalarni aniqlash, ifodalash, tahlil
qilish va hal qilish qobiliyatini shakllantirish, shuningdek, ijodiy izlanishning
umumiy texnologiyasini rivojlantirish: ilgari egallangan bilim va ko‘nikmalarni
yangi vaziyatga mustaqil olib o‘ta olish, tanish vaziyatdagi muammoni, yangi
funksiya ob’ektini ko‘ra olish, ob’ekt tuzilmasini aniqlay olish, muqobil yechim
yoki uning usulini ko‘ra bilish, ilgari egallangan faoliyat usullarini vujudga
kelgan muammo yechishda qo‘llay olish, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
• Ikkinchi bosqich – ilmiy anglash, pedagogik tadqiqot, innovatsion
pedagogikaga kirish uslubiyati asoslarini egallash. Talabalar innovatsion
26
pedagogika vujudga kelishining ijtimoiy va ilmiy sabablari, uning asosiy
tushunchalari
bilan
tanishishadi,
maktabni
tashkil
etishga
muqobil
yondashuvlarni ijodiy izohlashga harakat qilishadi, muqobil maktablarni
rivojlantirishning asosiy manbalarini o‘rganishadi, innovatsion o‘quv
muassasalarining turli tiplari bilan tanishishadi va hokazo.
• Uchinchi bosqich – innovatsion faoliyat texnologiyasini o‘zlashtirish.
Bshlajak o‘qituvchilar maktabdagi sinov ishlari bosqichlarining mualliflik
dasturlarini tuzish uslubiyati bilan tanishishadi, mualliflik dasturlarini tuzishda
ishtirok etishadi, yangilikni tahlil qiladi va uning keyingi rivojlanishini, uni joriy
qilishdagi qiyinchiliklarni bashorat qiladi.
• To‘rtinchi bosqich – yangilikni pedagogik jarayonga joriy qilish
bo‘yicha sinov maydonidagi amaliy ishlar, tuzatishlar kiritish, sinov natijalarini
kuzatib borish, kasbiy faoliyatni mustaqil tahlil qilish. Bu bosqichda yangilikka
nisbatan qarashlari va ko‘rsatmalari tizimi sifatida o‘qituvchining innovatsion
munosabati shakllanadi [38].
Sanab o‘tilgan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlashda asosiy e’tibor ularning ilmiy-pedagogik ongini shakllantirishga
qaratiladi. O‘qituvchining bevosita maktab ishchisi sifatidagi funksiyasi va olim
sifatidagi funksiyasini (bu o‘qituvchiga og‘riqli nuqtalarni topish, g‘oya taklif
qilish, bunday o‘zgartirishlar oqibatlarini uzoq muddatli bashorati asosida ularni
o‘zgartirib borish uslubiyatini ishlab chiqish imkoniyatini beradi) birgalikda olib
borishning zaruriyati haqidagi fikrlar V.I. Suxomlinskiy tomonidan ham aytib
o‘tilgan:: «Agar siz pedagogik mehnat o‘qituvchiga quvonch olib kelishini, har
kungi dars berishlar bir qolipdagi zerikarli ishga aylanib qolmasligini
xohlasangiz, har bir o‘qituvchini baxtli tadqiqot yo‘lagiga boshlang. O‘zini
tadqiqotchi sifatida his qilgan o‘qituvchi pedagogik mehnatning ustasiga
aylanadi [49].
S.M. Shalyutinning qayd qilishicha, «inson quyidagi sharoitlarda ijodiy
27
izlanishlarga murojaat qiladi: a) masalani hal etish algoritmi mavjud emas; b)
masalani hal etish algoritmi mavjud bo‘lsa-da, lekin noma’lum (yoki umuman
nomalum, yoki ushbu shaxs uchun noma’lum); v) algoritm ma’lum, lekin juda
murakkab, masalaning individual xususiyatlaridan kelib chiqib, uni yechish
yo‘lini qisqartirishga umid qilish mumkin»(56,B–9). O‘qituvchi innovatsion
faoliyatining o‘ziga xosligi shundaki, pedagoglarga o‘rgatiladigan usullar va
uslublar to‘plami mavjud bo‘lsa-da, bu faoliyatni to‘liq algoritmlash deyarli
mumkin emas. Ba’zi uslublar boshlangan innovatsion jarayonni to‘xtatishga
xizmat qiladi. Ularning ichida eng keng tarqalganlari quyidagilar hisoblanadi:
• «konkretlashtiruvchi hujjatlar uslubi» - eng asosiysi yangilik, mazmun
hajmining tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• «qismlab joriy qilish uslubi» - faqat bir unsurni olib kirish;
• «amaliy sinov uslubi» - sun’iy ravishda sinov tarzida ushlab turish;
• «hisobotli joriy qilish uslubi» - haqiqatdagi joriy qilishni aniq ifoda
etmaslik;
• «parallel joriy qilish uslubi» - yangilikning eskisi bilan birgalikda
amalda bo‘lishi. Ko‘p unsurlar yangilari bilan almashtirilmaydi, birgalikda
amalda bo‘ladi.
Bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayoni ma’lum
darajada boshqariluvchi jarayon bo‘lishi mumkin, agar bir qator maxsus tashkil
etilgan shartlarni qanoatlantirsa:
-
ko‘p bo‘g‘inli pedagogik ta’limning barcha bosqichlarining
doimiyligi;
-
oliy ta’lim muassasasidagi ta’limning o‘qituvchini innovatsion
faoliyatga tayyorlashning umumlashtirilgan modeliga yo‘naltirilishi;
-
bo‘lajak o‘qituvchining ushbu faoliyatga tayyorligini psixologik
tashhizlash;
-
talabalarda ijodiy faollik va pedagogik innovatsiyalarga motivatsiyali
28
yaxlit munosabatini shakllantirish;
-
bo‘lajak o‘qituvchining metodologik, maxsus, umumpedagogik,
psixologik va metodik tayyorgarligining o‘zaro bog‘liqligi;
-
bosqichlararo va fanlararo o‘zaro ta’sirning amalga oshirilishi,
bilimlarni innovatikaning umumiy muammolari oqimida integratsiyalashuvi;
-
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatika madaniyatini, yangilikni his eta
olishni shakllantirish;
-
pedagogik amaliyotning tizim tashkil qiluvchi funksiyalarini uning
tadqiqiy tayyorgarligi bilan yaxlitlikda ta’minlash;
-
bo‘lajak o‘qituvchining innovatsion faoliyatni o‘zlashtirish
dinamikasini o‘rganish va mezonli baholash [38].
-
Bu shartlar bir tomondan, oliy ta’lim muassasasidagi ta’limi tizimi,
ikkinchi tomondan, pedagogika OTM professor-o‘qituvchilari tarkibining
bevosita
talabalar
ishtirokidagi
rejali
ilmiy-tadqiqot
ishlari
bilan
qanoatlantiriladi.[38].
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tuzilmasidagi zaruriy komponent
ularning innovatsion faoliyatni amalga oshirishga kasbiy tayyorgarligi
hisoblanib, u o‘ziga xos mezonlar bilan aniqlanadi. Pedagogning har qanday
kasbiy tayyorgarligini, shu jumladan, innovatsion faoliyatga tayyorgarligini
quyidagi ramziy formula bilan ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |