Zaripova Matluba Qulfitdinovna


 Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik - innovatsion faoliyatga



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
книга

1.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik - innovatsion faoliyatga 
tayyorlashga tizimli-tuzilmali yondashuv 
Ma’lumki,  tizimli-tuzilmali  yondashuv  tadqiqotchining  ob’ektiv 
voqelikni  qabul  qilishdagi  qarashlarini  aniqlab  bergan  holda  quyidagicha 
tavsiflanadi:  taqiq  qilinayotgan  ob’ekt  bir-biri  bilan  o‘zaro  aloqada  bo‘lgan  va 
yaxlitlikni, bir butunlikni hosil qiluvchi unsurlar to‘plamidan tashkil topgan tizim 
sifatida qaraladi. Demak, tizimli  yondashuvni amalga oshirishning shartlaridan 
biri siftida predmetlar, hodisalar va jarayonlarni ular real mavjud bo‘lgan aloqalar 
va  tuzilmalar  tizimida  o‘rganish  deb  hisoblash  mumkin.  Bunday  sharoitda 
talabalarni  innovatsion  faoliyatga  tayyorlash  muammosi  ma’lum  maqsadlarga 
bo‘ysunuvchi  bir  necha  o‘zaro  aloqador  va  funksional  komponentlarning  o‘z 
ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin. 
Tizimli  yondashuvni  amalga  oshirishda  maqsadlarga  erishish  nuqtai 
nazaridan barcha asosiy komponentlar hamda muhim ichki va tashqi ta’sirlarni 
tahlil  qilgan  holda  ongli  ravishda  masalani  kengaytirish  va  murakkablashtirish 
kerak. Tizim tashkil etuvchi omillar sifatida ularning asosiylarini tavsiflaymiz. 


32 
 
1.
 
O‘quv-tarbiya  jarayoniga  innovatsion  yondashuv  –  zamonaviy 
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktab  o‘qituvchisining  eng  asosiy  vazifalaridan biri.  Bu 
vazifa bilan bir qatorda mehnat, ta’lim, kasbga yo‘naltirish, iqtisodiy tarbiya va 
boshqa vazifalar ham bir xil ahamiyat kasb etadi. Biroq zamonaviy texnika  va 
texnologiya  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  politexnik  tayyorgarlik  ham,  kasbga 
yo‘naltirish ham innovatsion faoliyatsiz bo‘lishi mumkin emas. Ular innovatsion 
faoliyatsiz o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarmagan holda mavhum xarakterga ega 
bo‘ladi.  Shuning  uchun  innovatsion  o‘qitish  tizimini  ta’lim  va  tarbiya 
funksiyalari amalga oshiriladigan yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonining ichki tizimi 
sifatida  qarash  mumkin.  Bunday  yondashuv  innovatsion  faoliyatning  boshqa 
ichki  tizimlar  bilan  aloqalarini  o‘rnatish,  ularning  bir-biriga  ta’sirini  belgilash, 
ushbu tizimni tavsiflovchi maxsus unsurlarni aniqlash uchun kerak.  
2.
 
Innovatsion  pedagogik  faoliyat  butun  pedagogik  jamoa:  maktab 
ma’muriyati,  sinf  rahbarlari,  fan  o‘qituvchilari,  mehnat  o‘qituvchilari  va 
boshqalar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  tizimda  har  bir  bo‘g‘inning 
pedagogik  jihatdan  maqsadga  muvofiq  mazmuni  ham,  agar  ular  o‘zaro 
bog‘langan, o‘zaro ta’sir qiluvchi va umumiy vazifani hal etishgan yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, ichki tizim sifatida qaralishi mumkin.  
3.
 
Bo‘lajak  o‘qituvchining  innovatsion  tayyorgarligi,  agar  bu 
jarayonning  asosiy  tuzilmaviy  komponentlari  (ya’ni  ichki  tizimlari)  aniq 
belgilangan bo‘lsa, tizimlar nuqtai nazaridan ham qaralishi mumkin. Pedagogik 
ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchining malakasini oshirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish 
ana shunday ichki tizimlar hisoblanadi. Bunday tizimning birinchi unsuri asosan 
institut sharoitida o‘qitish va tarbiyalash jarayonini, ikkinchisi – institut bazasida 
(yoki  tuman  xalq  ta’lim  bo‘limi  bazasida)  bo‘lajak  o‘qituvchining  innovatsion 
tayorgarligini takomillashtirish jarayoni, uchinchisi esa bevosita amaliy faoliyat 
jarayonini  o‘z  ichiga  olishini  qayd  etib  o‘tish  kerak.  Ijtimoiy  va  ilmiy-texnik 


33 
 
jarayonning  zamonaviy  bosqichdagi  rivojida  bo‘lajak  o‘qituvchi  innovatsion 
kasbiy tayyorgarligining uzluksizligi ana shundan iborat. 
4.
 
Pedagogik  ta’lim  murakkab,  ko‘p  qirrali  tizim  sifatida  jamiyatning 
ijtimoiy  buyurtmasi  talablariga  muvofiq  ravishda  jamuljam  funksiyalarni 
bajaradi.  Bu  ko‘p  funksiyali  tizimda  talabalarni  umumiy  o‘rta  ta’lim 
maktablarining  innovatsion  faoliyatiga  tayyorlash  ichki  tizim  sifatida  ajratib 
ko‘rsatish va yoritib berish mumkin.  
5.
 
Pedagogik  ta’limning  zamonaviy  mazmuni  hajmi  jihatidan  turlicha 
bo‘lgan o‘quv fanlari bloklarini o‘z ichiga oladi: ijtimoiy-gumanitar, psixologik-
pedagogik,  ilmiy-texnik,  kasbga  yo‘naltiruvchi.  Bu  holatda  tizimli  yondashuv 
shuni bildiradiki, ularning har birini ichki tizim sifatida alohida ko‘rib chiqishda 
bo‘lajak  o‘qituvchilarni  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablaridagi  innovatsion 
faoliyatga  tayyorlash  uchun  innovatsion  mazmunga  ega  bo‘lgan,  o‘quv  fanlari 
ro‘yxati aniqlanadi.  
6.
 
Pedagogik  ta’lim  tizimi  mazmunida  yangi  komponent  sifatida  oliy 
ta’lim muassasasi sharoitida tashkil etiluvchi innovatsion tayyorgarlikning o‘zi 
bir  tomondan,  shaxsni  har  tomonlama  rivojlantirish  omili,  ikkinchi  tomondan, 
talabalarni uzluksiz ta’lim sharoitida bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga tayyorlashning 
asosiy bo‘g‘in sifatida ishtirok etadi.  
-
 
Shunday  qilib,  bo‘lajak  o‘qituvchilarni  innovatsion  faoliyatga 
tayyorlashning komponentlarini aniqlash tizimining tashqi aloqalari mavjudligini 
ko‘rsatadi, lekin uning mavjud bo‘lishi uchun ichki aloqalarni ham yoritish kerak 
“Tizimni  har  tomonlama  tushunish  uchun,  eng  avvalo,  uning  ichki  tuzilishini 
o‘rganish kerak, ya’ni qanday komponentlardan tashkil topgani, uning tuzilmasi 
va  funksiyalari,  shuningdek,  uning  yaxlitligini,  nisbatan  mustaqilligini 
ta’minlovchi omillar qandayligini belgilab olish kerak”
   
[9]. 
  
Tizim  komponentlarining  ichki  aloqalarini  o‘rganishdan  avval  uning 


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish