Maxsus kurslar samaradorligi va tadqiqot natijalari tahlili
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim mazmunini modernizatsiyalash
munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida talabalarni innovatsion faoliyatga
tayyorlash bo‘yicha ishlar birmuncha jonlanib qoldi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi (1997
yil) Qonunda kasbiy oliy ta’limni o‘zgarib borayotgan jamiyat va mehnat bozori
ehtiyojlariga tez moslashishga yordam beruvchi yangi ta’limiy texnologiyalarni,
jumladan, distansion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va
ulardan samarali foydalanishning zarurligi qayd etilgan. Turli kafedralar
(ayniqsa, pedagogika va psixologiya kafedralari) o‘qituvchilarida pedagogik
innovatsiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ilmiy ishlarga katta qiziqish
uyg‘ondi. Biz tadqiq qilayotgan muammoga oliygohlardagi nisbatan ijobiy
siljishlar shakllantiruvchi tajriba-sinovlar o‘tkazishda hisobga olindi.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida tadqiqotchi pedagogika
oliygohlaridagi o‘quv jarayonining turli bo‘g‘inlariga faol aralashadi. O‘quv
rejalari va dasturlarini innovatsion tayyorlashni amalga oshirishdagi imkoniyatini
aniqlash maqsadida o‘rgandik va tahlil qildik, o‘quv jarayonida va pedagogik
amaliyotda talabalarning harakatlarini bevosita kuzatdik, ularning innovatsion
faoliyatga tayyorgarligi darajasiga baho berdik. Bularning barcha 2004-2016
o‘quv yilida ishlab chiqilgan tajriba-sinov dasturining belgilangan variantiga
muvofiq bajarildi.
128
Shakllantiruvchi tajriba-sinov dasturiga muvofiq, tadqiqotimizga
pedagogika institutlari o‘qituvchilari ham jalb qilinishi kerak edi. Buning uchun
ularning talabalarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash bo‘yicha
masalalarni yechishga tayyorligi darajasini aniqlash zarur. Shu maqsadda oliy
ta’lim muassasalarining ko‘pchilik kafedralari o‘qituvchilari o‘rtasida yozma
so‘rov o‘tkazdik, bu so‘rov natijalari bizning alohida savollar bo‘yicha
tahlillarimizni chuqurlashtiradi (3.8-jadval).
O‘qituvchilarning bo‘lg‘usi hamkasabalarini tayyorlashda pedagogik
innovatika vazifalarini bajarishga tayyorligi darajasini tahlil qilish davomida
ularning ichida sifatiy farqlarni aniqladik. So‘rov o‘tkazilganlarning ko‘pchiligi:
ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedralari professorlari, dotsentlari,
katta o‘qituvchilari, assistentlari o‘zlarining talabalarni innovatsion faoliyatga
tayyorlash muammosi bilan tanishligini tasdiqlashdi, bu masalani hal qilishda
ishtirok etayotganliklari haqida aytib o‘tishdi.
Pedagogika va psixologiya, xususiy metodika kafedralarining yuqori
ko‘rsatkichlarini alohida qayd etib o‘tish kerak: so‘rov o‘tkazilganlarning
barchasi o‘zlarining o‘qituvchilik faoliyatida biz o‘rganayotgan muammo bilan
shug‘ullanishadi. Bu esa, o‘ylaymizki, haqiqatdir, chunki “innovatsiya”
tushunchasining o‘zi ilmiy va ayni paytda pedagogik toifadir.
3.8-jadval.
Professor-o‘qituvchilarning bdo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion pedagogik
faoliyatga tayyorlash muammosi va vazifalariga nisbatan yondashuvi
Savollar
Ijtimoiy
fanlar
kafedrasi
(34 kishi)
Pedagogika
va
psixologiya
kafedrasi
(20 kishi)
Tabiiy-
ilmiy
fanlar
kafedrasi
(25 kishi)
Xususiy
metodika
kafedrasi
(18 kishi)
Yo‘naltiruvc
hi fanlar
kafedrasi
(17 kishi)
1
2
3
4
5
6
1. O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi bilan tanishmisiz:
Yaxshi
tanishman
12
17
9
14
7
129
Yuzaki
tanishman
17
3
11
4
5
Tanish
emasman
5
0
5
0
5
2. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash bo‘yicha
masalalarni hal etishda ishtirokingiz:
Bunday
masalalarni
o‘qituvchilik
faoliyatimda
hal qilaman
6
18
6
13
3
Agar bu
menga
bog‘liqli-gini
aytishsa, hal
qilishga
tayyorman
18
2
13
5
9
Mening
OTMdagi
ishimning bu
masalalarga
aloqasi yo‘q
deb
hisoblayman
10
0
5
2
5
3. Kafedra majlisida talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash masalasi ko‘rib
chiqilganmi:
Ha
23
20
17
12
7
Yo‘q
11
0
8
6
10
4. Sizning ilmiy ishingiz pedagogik innovatika bilan bog‘liqmi:
Ha
19
18
4
10
3
Yo‘q
15
2
21
8
14
5. Innovatsion faoliyat bo‘yicha diplom va kurs ishlariga rahbarlik qilasizmi:
Ha
13
17
8
13
5
Yo‘q
21
3
17
5
12
6. Siz rahbarlik qiladigan ITI mavzularida innovatsion tayyorgarlik masalalari
bormi:
Ha
4
12
7
11
10
Yo‘q
30
8
15
7
7
7. Sizning faoliyatingiz innovatsion maktab bilan bog‘liqmi:
Ha
7
18
8
17
6
Yo‘q
27
2
14
0
11
130
8. Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda o‘zingiz o‘qiydigan fan
imkoniyatlaridan foydalanyapsizmi:
Hamisha
foydalanama
n
8
17
4
11
3
Qisman
foydalanama
n
15
3
11
5
9
Foydalanma
y-man
11
0
7
1
5
Bundan tashqari aynan ushbu kafedrada mehnat bozori sharoitida
talabalarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish masalalari doimiy ravishda
muhokamaga tortilgan, bu esa ma’lum darajada biz o‘rganayotgan muammoni
yechish bo‘yicha o‘qituvchilarning tayyorgarligi sifatini oshirgan. Anketa
ma’lumotlari tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasida fizika-matematika fakultetining
kasbga yo‘naltiruvchi kafedrasi sifatida ishlar yaxshi kechayotganidan dalolat
berib turibdi. Bu kafedrada o‘qituvchilar tarkibining biz ishlab chiqqan metodik
tavsiyalarga muvofiq ravishda tadqiq qilinayotgan muammoga biriktirilishi 2006
yilda boshlangan. Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari o‘zlarining talabalarni
tayyorlash jarayonida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida ilmiylik prinsipini
amalga oshirishda ishtiroklarini tasdiqlagan holda savollarga yaxshi javoblar
berishdi.
3.8-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, kasbga
yo‘naltiruvchi kafedra o‘qituvchilari bilan bog‘liq vaziyat bir muncha
yomonligiga ishonch hosil qilamiz. Bir qator o‘qituvchilar biz tadqiq qilayotgan
muammo bilan tanish emas yoki uni yuzaki bilishadi. Shu bilan bir qatorda
ularning ko‘pchiligi (ayniqsa, fizika kafedrasi o‘qituvchilari) talabalarni
innovatsion faoliyatga tayyorlashda elementar ishtirok etish istagini bildirishdi:
“Agar bu menga bog‘liqligini aytishsa, hal qilishga tayyorman”. “Sizning ilmiy
ishingiz pedagogik innovatsiya muammosi bilan bog‘liqmi?”savoliga so‘rovda
qatnashgan 114 o‘qituvchining 54 tasidan “ha”, 60 tasidan esa “yo‘q” javobi
131
olindi. Anketadagi “Siz rahbarlik qilayotgan talabalar ITI mavzularida
innovatsion tayyorgarlik masalalari bormi?”savoliga 114 kishining 50 foizi
qoniqarli javob berishdi. Bu yerda masalani yechishda yana pedagogika va
psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari “qutqarib qolishdi”. Shu bilan birgalikda
innovatsiya masalalari hali kurs va bitiruv malakaviy ishlari mavzularida to‘liq
o‘z aksini topmagani ma’lum bo‘ldi.
“Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda o‘zingiz o‘qiydigan fan
imkoniyatlaridan foydalanyapsizmi?” savoliga javoblar natijalari ijobiy
javoblarning kamligidan dalolat beradi 114 kishidan 43 tasi bu savolga
pedagogika va psixologiya, xususiy metodika kafedralari o‘qituvchilari nisbatan
to‘g‘ri javob berishdi. “Etarlicha baholamaslik” kasbga yo‘naltiruvchi va
ijtimoiy fanlar kafedralari o‘qituvchilari orasida kuzatildi.
O‘zining tajriba-sinovga asoslangan qarashlarini ifodalagan holda muallif
turli vaqtlarda (talabalar innovatsion tayyorgarligi masalasining qo‘yilishini
o‘rganuvchi tadqiqotchi sifatida) Toshkent viloyati davlat pedagogika instituti,
Navoiy davlat pedagogika instituti, A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat
pedagogika instituti,Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutlarida
ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarida, bir qator fanlar bo‘yicha joriy
nazoratlarda ishtirok etdi va o‘quv-tarbiya jarayoni mazmuni yo‘nalishi, uning
umumiy o‘rta ta’lim maktabi innovatsion sohasini boshqarish uchun o‘qituvchi
kadrlarni tayyorlash shakllari va usullarini o‘rgandi. Bunda biz uchun anketa
so‘rovi, kuzatish, suhbat, kafedra va dekanatlar faoliyatini o‘rganish tadqiqotning
samarali metodlari bo‘ldi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tajribasiga qaytar ekanmiz, yuqorida
aytib o‘tilgan OTM faoliyatidagi o‘quv-tarbiya jarayoni pedagogik innovatika
masalalari uchun innovatsion yo‘naltirilganlik bilan izohlanmasligini qayd etib
o‘tish mumkin. Bu holat shakllantirilayotgan sinovning barcha talablarini
bajarishda o‘qituvchilar tarkibning faolligini ta’minlash maqsadida bu tarkibni
132
“qayta malakalashtirishni” nazarda tutadi. Maxsus kursning biz tomonimizdan
ishlab chiqilgan mavzular rejasi aynan bozor sharoitida kafedralar o‘qituvchilari
malakasini oshirishga xizmat qiladi (3.9-jadval).
Ushbu maxsus kurs 2004-2010yillar davomida ushbu tadqiqot muallifi
tomonidan Qo‘qon, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyati oliy pedagogik ta’lim
muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun o‘qilgan. Tinglovchilar
orasida professorlar, kafedra mudirlari, dotsentlar, fan nomzodlari, katta
o‘qituvchilar va assistentlar bo‘lganligini qayd etib o‘tish kerak. Ular avval
yozma ravishda nazorat topshiriqlari bajarishdi. Bu topshiriqlar o‘z mazmuni
bo‘yicha pedagogik innovatsiya bilan bog‘liq 10 ta savoldan tuzilgan edi:
1.
“Pedagogik innovatsion faoliyat” tushunchasining mohiyati.
2.
O‘quv predmetini o‘qitishda Siz tomondan joriy etiladigan
yangiliklar mazmuni va xarakteri.
3.
Pedagogik innovatsiyaga munosabatingiz.
4.
Yangiliklarni o‘quv jarayonida qo‘llash malakangizni baholang.
5.
Texnologiyalarni loyihalashtira olish malakangizga baho bering
(maqsadlarni belgilash va metodlar, vositalarni tanlash, o‘qitish jarayoni
modelini ishlab chiqish malakasi).
6.
Axborot texnologiyasining mohiyatini ochib bering.
7.
Masofaviy o‘qitishning mohiyatini ochib bering.
8.
O‘qitishning kredit texnologiyasi mohiyatini ochib bering.
9.
Innovatsion tajribani o‘rganish metodikasini yoriting.
10.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodlarini guruhlang.
Anketa ma’lumotlari tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi fizika-matematika
fakultetining
kasbga
yo‘naltiruvchi kafedrasi sifatida ishlar yaxshi
kechayotganidan dalolat beradi. Zotan bu kafedrada o‘qituvchilar tarkibining biz
ishlab chiqqan metodik tavsiyalarga muvofiq ravishda tadqiq qilinayotgan
muammoga biriktirilishi 2006 yilda boshlangan. Ijtimoiy fanlar kafedrasi
133
o‘qituvchilari o‘zlarining talabalarni tayyorlash jarayonida ma’ruza va seminar
mashg‘ulotlarida ilmiylik prinsipini amalga oshirishdagi ishtiroklarini
tasdiqlagan holda savollarga yaxshi javoblar berishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |