Zaripova Matluba Qulfitdinovna



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Bog'liq
книга

 
 
 
 
 
 
 
                                                 
3
    
Карпов В. В. Инвариантная модель интенсивной технологии обучения при 
многоступенчатой подготовке в вузе. — М.; СПб.: Исследовательский центр проблем 
качества подготовки специалистов, 1992. — 141 с. 
 


121 
 
III Bob. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning 
amaliy ahamiyati
 
3.1.
 O‘qitish texnologiyasi loyihalarining samaradorligi (“Pedagogika” 
kursi misolida) 
Biz  tomonimizdan  2006-2018  yillar  davomida  talabalarni  innovatsion 
faoliyatga tayyorlashni majmuaviy o‘rganish amalga oshirildi. U ta’kidlovchi va 
shakllantiruvchi pedagogik sinovlardan iborat bo‘ldi.  
Tadqiqotning  turli  bosqichlarida  o‘tkazilgan  ta’kidlovchi  pedagogik 
sinovning  vazifasi  talabalarni  innovatsion  pedagogik  faoliyatga  tayyorlash 
darajasining mazmuni, ularning pedagogik dunyoqarashi, pedagogik innovatika 
nazariyasi  va  metodikasi  sohasidagi  bilim  va  ko‘nikmalarini  o‘rganish  hamda 
baholash edi. Bunday sinov o‘tkazishning muhim sharti tadqiqotchining betaraf 
nuqtai nazari hisoblanadi, ya’ni oliy pedagogik ta’lim  muassasalaridagi o‘quv-
tarbiya  jarayoni  mazmuni,  tashkiliy  shakllari  va  metodlariga  biz  hech  qanday 
tuzatishlar kiritmadik.  
Ta’kidlovchi  sinov  natijalari  tahlili  talabalarni  innovatsion  faoliyatga 
tayyorlashni  ob’ektiv  ravishda  past  va  yetarli  darajada  emas  deb  baholash 
imkonini  berdi.  Bu  xulosaga  kelish  uchun  sinov  davomida  quyidagilardan 
foydalanildi:  sinovlar,  joriy  imtihonlar  va  davlat  attestatsiyasi  paytida  berilgan 
savollar,  talabalar  tomonidan  bajarilgan  kurs,  bitiruv  malakaviy  ishlari  va 
pedagogik  amaliyot  bo‘yicha  hisobotlar  tahlili,  maktab  direktorlari  va  ilmiy 
mudirlarining,  yosh  o‘qituvchilar  –  pedagogika  oliygohlari  bitiruvchilarining 
kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorligi holatini baholash. 
Shu  narsa  ma’lum  bo‘ldiki,  bir  qator  kafedralarda  (pedagogika  va 
psixologiya, Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi) bo‘lajak o‘qituvchilar 
zamonaviy  shart-sharoitlarda  innovatsion  jarayonlarni  rivojlantirish  va  ularni 
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  amaliyotga  joriy  qilish  haqida  ma’lum 


122 
 
axborotlarga  ega  bo‘lishgan.  Aytilganlar,  ayniqsa,  pedagogika  fakulteti 
faoliyatida  ko‘zga  tashlanadi,  bu  yerda  bo‘lajak  o‘qituvchilar  pedagogik 
yangiliklarni  ishlab  chiqish  va  joriy  qilishning  kerakli  ko‘nikmalarini 
egallashgan.  Oliygohning  boshqa  kafedralarida  esa  biz  tadqiq  qilgan  savollar 
diqqat markazdan chetda qolgan.  
         Har  qanday  innovatsion  jarayonlarni  joriy  qilish  nazariyasi  va 
amaliyotining  tahliliga  asoslanib  kam  deganda  ikki  guruhdagi  muammolarni 
aniqlash mumkin: 

 
o‘qituvchilar  tomonidan  o‘qitish  texnologiyalarini  o‘zlashtirish  va 
oliygohlar amaliyotiga joriy qilish muammosi; 

 
o‘qituvchilarning muayyan o‘qitish texnologiyasi asosida talabalarni 
bilim olishga tayyorlash muammosi. 
Talabalarni o‘qitish texnologiyasini o‘zlashtirish sharoitida bilim olishga 
tayyorlash muammosi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning o‘zini yangi ko‘rinishdagi 
faoliyatga  tayyorligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Pedagog  bilim  olishga,  o‘zining  faniga 
qiziqish  uyg‘ota  oladimi?  U  talabaga  yangi  ta’lim  paradigmasida  faoliyat 
vositalari,  usullarini  bera  oladimi  va  buni  qachon  hamda  qanday  amalga 
oshirishni  tushunadimi?  O‘qituvchi  talabalarga  ular  bilim  olish  sub’ektiga 
aylanadigan  sharoitni  yarata  oladimi?  Bularning  barchasi  ko‘p  jihatdan 
o‘zlashtiriladigan  texnologiyaning  xususiyatlariga  bog‘liq  bo‘ladi  va  u  bilan 
birgalikda ko‘rib chiqilishi kerak.  
Ko‘rsatib  o‘tilgan  holatlarni  e’tiborga  olgan  holda  “Pedagogika” 
kursining ba’zi muhim mavzulari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish uchun 
xos bo‘lgan o‘qitish texnologiyasini loyihalashga harakat qildik. 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish