Zaripova Matluba Qulfitdinovna



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Bog'liq
книга

1-mashg‘ulot.
  Pedagogik  fan  va  amaliyotni  rivojlantirishning  asosiy 
tamoyillari va yo‘nalishlari 
Bu  mashg‘ulot  –  hozirgi  paytda  pedagogik  fanni  va  amaliyotchi-
o‘qituvchilarni  tashvishga  solayotgan  muammolar  doirasiga  o‘ziga  xos  tarzda 


123 
 
kirishdir.  Talabalarga  oldindan  topshiriq  beriladi:pedagogik  mavzularga  oid 
gazeta va jurnallarni ko‘rib chiqish hamda o‘zlari uchun qiziqarli muammolarni 
ifodalash.  
Mashg‘ulotning borishi. 
Mashg‘ulot  “Davra”  stoli  ko‘rinishida  o‘tkaziladi,  unda  talabalardan 
tashqari  tadqiqotning  turli  yo‘nalishlarini  ifoda  etuvchi  pedagogika  kafedrasi 
o‘qituvchilari,  psixologlar,  metodistlar  va  boshqalar  qatnashadi.  Talabalar 
tomonidan  tayyorlangan  savollarga  javob  berish  davomida  quyidagi  jixatlarga 
to‘xtalib o‘tish mumkin: 

 
pedagogik  fanning  rivojlanishida  yangi  yo‘nalishlarning  vujudga 
kelishi,  masalan,  turli  sohalar  chegarasida  (pedagogika  falsafasi,  pedagogik 
psixologiya, ijtimoiy pedagogika, qiyosiy metodika); 

 
maktab  o‘qituvchilari  bilan  sinov  ishlari  (maktab-laboratoriyalar, 
ijodiy pedagogika markazlari, mualliflik maktablari); 

 
fan  va  amaliyotning  integratsiyasi  ob’ektiv  jarayonlarini  aks 
ettiruvchi  pedagogik  tafakkurning  yangi  metodi,yangi  turdagi  o‘qituvchi-
tadqiqotchi; 

 
zamonaviy pedagogikaning hal etilmagan muammolari; 

 
talabalarning oliygoh kafedralari ishlarida ishtirok etishi istiqbollari, 
oliygoh ish olib borayotgan muammolar sharhi. 
Asosiy  jixatlar  boshqacha  bo‘lishi  ham  mumkin:  pedagogika  fani  inson 
bilimlarining jonli, doimiy rivojlanib boruvchi sohasi ekanligini, o‘qituvchining 
o‘z kasbi borasida layoqatliligi pedagogik tafakkur yutuqlariga doimo murojaat 
qilishni  o‘z  ichiga  olishini,  tadqiqotchi  dunyoqarashini  ifoda  etishini  ko‘rsatib 
o‘tish kifoya. 
Bu  mashg‘ulotdan  “O‘quvchilarning  yosh  va  individual  xususiyatlari” 
mavzusida  qator  kuzatishlarni  amalga  oshirishni  nazarda  tutuvchi  maktab 
amaliyotining birinchi topshirig‘iga mantiqiy ketma-ketlikda o‘tkaziladi.  


124 
 
2-mashg‘ulot. Pedagog faoliyatida shaxs rivojining yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olinishi. 
Dastlabki tayyorgarlik. 
a)talabalar ijodiy guruhlarini tashkil qilish: 

 
o‘smirlik  (katta  maktab)  yoshidagi  nazariy  muammolar  bo‘yicha 
ekspertlar,  ularning  vazifasiga  yosh  xususiyatlarini  ochib  beruvchi  pedagogik, 
psixologik, ijtimoiy-psixologik adabiyotlar bilan ishlash kiradi; 

 
illyustratorlar, ularga turli davr badiiy asarlaridan foydalangan holda 
yosh  xususiyatlarining  yaqqol  yuzaga  chiqishi  holatlarini  tanlash  topshirilgan, 
bunda  yosh  xususiyatlari  o‘smirlar  xarakterida  nimalar  bilan  asoslanishi, 
ijtimoiy-tarixiy  muhitning  qanday  iz  qoldirishi,  individuallikning  qaerda 
namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi; 

 
kuzatuvchilar,  ularning  vazifasiga  o‘smirlar  va  yuqori  sinf 
o‘quvchilari  ahloqi,  ularning  bir-biri  hamda  kattalarga  o‘zaro  munosabatlari 
bilan bog‘liq hayotiy vaziyatlarni tanlash kiradi. 
b)  talabalarning  yosh  va  pedagogik  psixologiya  bo‘yicha  darsliklar, 
shuningdek  o‘qituvchilar  tomonidan  tavsiya  etilgan  qo‘shimcha  manbalardagi 
ma’lumotlarga  tayangan  holda  tuzgan  jadvallar  bilan  dastlabki  ishlari; 
namunaviy grafalarni quyida keltiramiz: 
 
Yosh 
chegaralari 
Rivojlanish-
ning ijtimoiy 
holati 
Yoshga xos 
bo‘lgan 
yangi 
tuzilmalar 
Rivojlanish-
ning asosiy 
ziddiyatlari 
O‘qituvchi 
ishidagi 
qiyinchiliklarni 
bashoratlash 
 
 
 
 
 
 
Mashg‘ulotning borishi. 
1.
 
Shiorni  tanlash  va  himoya  qilish.  Shior  yoshning  eng  to‘liq  tavsifini  o‘z 
ichiga  oluvchi  mohiyatini;  o‘smir,  yuqori  sinf  o‘quvchisining  xususiyatlariga  javob 


125 
 
beruvchi  epitetlar  doirasini  (masalan,  o‘smir  –  nobarqarorlik,  ziddiyatlilik  va 
boshqalar) tanlash va asoslashni ifodalashi kerak.  
2.
 
Ekspertlar  guruhining  xabarlari.  Bu  xabarlar  zamonaviy  fan 
ma’lumotlari  asosida  barcha  shaxs  sohalarining  o‘zgarib  borishini  e’tiborga 
olgan holda o‘smirlar hayotiy faoliyatidagi u yoki bu o‘zgarishlarni tushuntirib 
berishi kerak. Ekspertlarning auditoriya savollariga javoblari. Uyda tayyorlangan 
jadvallarga tuzatishlar kiritish. 
3.
 
Illyustratorlar  guruhi  tomonidan  taklif  qilingan  yosh  va  individual 
xususiyatlari  haqidagi  bilimlar  nuqtai  nazaridan  adabiy  (musiqiy  va  boshqa) 
portretlar  tahlili.  Vaqt  bo‘yicha  (A.Avloniy,  A.Qahhor,  Oybek  va  boshqalar 
asarlaridagi o‘smirlar), makon (bugungi kunda turli mamlakatlardagi mualliflar 
tomonidan qilingan turli ijtimoiy guruhga tegishli o‘smirlarga chizgilar) bo‘yicha 
paralellar  o‘tkazish.  Asosan  zamonaviy  gazeta  maqolalari,  kinofilmlar 
(“Chuchelo”,  “Maktab  yoshidagi  bolalar  uchun  o‘yinlar”  va  boshqalar),  teatr 
spektakllari materiallariga tayanuvchi variant ham mavjud  
Asosiy  vazifa  –  yosh  uchun  xos  bo‘lgan  jihatlarni  ko‘ra  bilish,  davr, 
tarixiy  davr  xususiyatlari,  yashash  joyi,  hayotiy  tajribaning  betakrorligi 
tomonidan  shaxsga  beriladigan  tus-tarovatni  his  qila  olishdir.  Talabalar  yosh 
alomatlarining  doimiy  o‘zgaruvchanligi,  mavjud  momentlar  saqlanib  qolgan 
vaziyatda  ularning  o‘zgarishi,  turli  ifodalash  ko‘rinishini  oladigan  yosh  bilan 
bog‘liq ziddiyatlarni ilg‘ab olishlari ham juda muhim.  
2007 yilda tarix fakultetining birinchi kurs talabalari bilan olib borilgan 
bu  turdagi  mashg‘ulot  yosh  haqidagi  eng  adekvat  ma’lumotlarni  bo‘lajak 
o‘qituvchilar  “Ma’rifat  gazetasi”ning  xatlar  rubrikasidagi  maqolalar  orqali 
olishganini  ko‘rsatdi.  Bu  rubrikada  haqiqatdan  ham  zamonaviy  o‘smirlar  va 
yuqori sinf o‘quvchilari avlodiga eng yangi chizgilar berilgan. 
4.  Kuzatuvchilar  guruhi  tomonidan  taklif  qilingan  pedagogik  holatlarni 
yechish. Pedagogik topishmoqlarni hal qilish mumkin: taklif qilingan chizgilar 


126 
 
asosida yoshni, o‘quvchi xarakteri xususiyatlarini, zaruriy pedagogik tuzatishlar 
yo‘nalishlarini va boshqalarni aniqlash. (keyinchalik o‘qituvchi yoki ekspertlar 
izohi bilan). 
5. Kasbiy tabu (cheklov) ko‘rinishida metodik tavsiyalar ishlab chiqish: 
“Men  o‘smir  yoshidagilar  (yuqori  sinf  o‘quvchilari)  bilan  ishlashda  nimalarni 
hech qachon qilmasligim kerak”. 
Ishing  bu  ko‘rinishi  mashg‘ulot  davomida  ham,  mustaqil  ravishda  ham 
bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotda maktab amaliyoti paytida “Katta yoshdagilar 
va o‘smirlar”, “Zamonaviy maktabda katta yoshlilar va yuqori sinf o‘quvchilari”, 
“Zamonaviy  o‘smir  (yuqori  sinf  o‘quvchisi)  yirik  rejada”  mavzulari  bo‘yicha 
amalga  oshirilgan  kuzatishlar;  oldindan  tayyorlangan  pedagogikaga  oid 
fotografiyalar; 
rok-guruhlarining 
yosh 
xarakterini 
ifoda 
etuvchi 
kompozitsiyalari; kino lavhalar, o‘quvchilar bilan suhbatning magnitofon orqali 
qilingan yozuvlari va boshqalardan foydalanish mumkin. 
Mavzuni  o‘rganishning  asosiy  yakuni  o‘qituvchining  u  yoki  bu 
yoshdagilar  bilan  munosabatda  bo‘lish  orqali  tanlagan  harakat  strategiyasi 
to‘g‘risida  tasavvurni  shakllantirish;  o‘qituvchi  tomonidan,  ma’lum  yoshdagi 
o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa qoidalarini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan, 
o‘z imkoniyatlarini baholash. 
Kasbga oid bilimlarni kengaytirish nuqtai nazaridan mustaqil ta’lim olish 
uchun  bolaning  tug‘ilishidan  to  o‘smir  yoshiga  yetguncha  bo‘lgan  tarbiyalash 
xususiyatlari  haqidagi  adabiyotlarni  tavsiya  qilish  zarur.  (Chunki  me’yoriy 
dasturlar hajmi buni nazarda tutmaydi, o‘qituvchi yosh alomatlarini, eng avvalo, 
o‘z farzandlari yoshining o‘zgarishidagi alomatlarni hisobga olishga tayyor tura 
olmaydi,  hamisha  ham  boshlang‘ich  maktabdan  o‘tgan  sinflar  bilan  o‘zaro 
ta’sirdagi merosiylikka rioya qila olmaydi). 
Yuqorida  keltirilgan  mahsuldor  pedagogik  texnologiya  asosida 
loyihalashtirilgan dars modellarini innovatsion turdagi dars sifatida sinov ishlari 


127 
 
mazmuniga  kiritdik  “Pedogika”fanining  qolgan  mavzu  matnlari  2-ilovaga 
kiritilgan.  Bir  necha  yillar  davomida  bu  mashg‘ulotlar  pedagogika  kursining 
asosiy  mavzulari  sifatida  pedagogika  oliygohlarining  turli  mutaxassisliklari 
talabalari  uchun  olib  borildi.  Shuning  uchun  tasdiqlovchi  sinovlar  davomida 
nazorat  va  sinov  guruhlarida  kirish  nazorati  o‘qituvchilar  uchun  didaktik 
materiallar  va  metodik  qo‘llanmalarda  keltirilgan  namunaviy  nazorat  ishlari, 
sinov topshiriqlari va testlari asosida amalga oshirildi.  
3.2.

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish