I-BOB. TALABALARNI PEDAGOGIK-INNOVATSION FAOLIYaTGA
TAYYoRLAShNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik-innovatsion faoliyatga tayyorlash
ijtimoiy muammo sifatida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar
ta’lim sohasini tubdan qayta qurish uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratdi.
O‘zbekistonda ta’lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri
“shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi”dir. Bunday yondavshuv hozirgi davr
ta’lim taraqqiyotida yangi yo‘nalish innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi.
Innovatsion faoliyat Batыshev [12],Afanasev S.I. [11], Voronin A.M. [22],
Bespalko V.P. [17], Morozov Ye.P. [43], Rozin V.M. [51],Lapin N.I. [36],
Smirnov S.I. [59], Zagvyazinskiy [28], N.V. Kuzmina, [32] V.A. Slatenin, A.I.
Щerbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat
amaliyoti va ilg‘or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan
yoritilgan.
X. Barnet, Dj. Basset, D. Gamilton, N. Gross, M. Mayez, A. Xeyvlok,
D. Chen, R. Yedem tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida innovatsion
taraqqiyotlarni
boshqarish,
ta’limdagi
o‘zgarishlarni
tashkil
etish,
innovatsiyaning “ hayoti va faoliyati” uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar va shart-
sharoitlar va ularning ahamiyati va zaruriyati tahlil qilingan. Yangilik
kiritishning psixologik aspekti Amerikalik innovatik olimlardan biri E. Rodjers
tomonidan o‘rganilib ilmiy-nazariy asoslab berilgan. U yangilik kiritish jarayoni
qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini,
qiziqishi, intilishi va uni idrok qilishga yondashuvini tadqiq etadi.
Innovatsion jarayonlar bugungi kunda O‘zbekistonda ham ta’limni
yangilash va rivojlantirishning magistral liniyasiga aylanmoqda. Tabiiyki, bu
jarayonlarni ilmiy tushuntirish va pedagogik amaliyotda keng ko‘lamda tadqiq
etish kerak bo‘ladi. Shu maqsadda bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion
6
jarayondagi ishtirokini kuchaytirish va ularni oliy o‘quv yurtlarda tayyorlash
mazmuniga yangicha yondashishni amalga oshirish zarur sanaladi.
V.A.
Slastenin va L.S. Podimovalarning monografiyalarida talabalarni bu sohada
tayyorlash muammosini chuqur tahlil qilib, oliy maktab pedagogikasining
kamchiliklaridan biri bo‘ljak o‘qituvchini shakllantirish jarayoni innovatsion
faoliyat tuzilmasini modellashtirilmaganligini haqli ravishda qayd etib
o‘tadilar(46).
Bizning mamlakatda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi ommaviy
ijtimoiy-pedagogik harakat, umumiy o‘rta ta’lim maktablari turlari, tuzilmasi,
maqsadlarining tezkor rivojlanishiga bo‘lgan mavjud ehtiyoj va pedagoglarning
ulardan foydalana olmasligi o‘rtasida ziddiyatning vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Shu munosabat bilan pedagogik bilimlar tizimiga singib borayotgan
“innovatsiya”, “yangiliklar joriy qilish”, “innovatsion jarayonlar”, “innovatsion
pedagogik faoliyat” kabi yangi tushunchalarni anglab yetishga ehtiyoj kuchayib
bormoqda.
“Innovatsiya” so‘zi lotinchadan kirib kelgan bo‘lib, yangilash, o‘zgarish,
biror yangilik kiritish, yangiliklar joriy qilish ma’nosini anglatadi.
A.I. Prigojin [36] innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka
tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib
boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir
degan to‘xtamga keladi.
I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G. Kruglikov, A.S. Axiezer, N.P.
Stepanov va boshqalar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning
ikki yondashuvini ilmiy asoslab o‘tadilar.Ularning fikricha birinchi yondashuv
yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni
o‘zaro ta’siri mikrosathi deb qarab unda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi
g‘oya, yangi qarashlar o‘z aksini topadi.
7
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro
ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi
egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning
davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan
o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayonni sxemasi beriladi. U
quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo bo‘lish bosqichi, u
kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda
yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo
bo‘ladi.
V.A. Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan yangilik
yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi
insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I. Prigojin, B.V.
Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini
farqlaydilar.
Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor
mahsulot o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy
rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik
tizimdir.
8
Shuningdek, pedegogik adabiyotlarda ta’lim sohasida innovatsiyaning
ikki tipi ajratib ko‘rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |