4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish.
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida
xalqaro valyuta fondi (XVF-MVF), xalqaro tiklanish taraqqiyoti banki (XTTB-
MBRR), jahon savdosi sohasida-tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK-
GATT) ni ko’rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar
faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xaqaro tashkilotlar
tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni miyoriy
normalar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro
aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlarga majburiyatlarga amal
qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan standartlar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi
xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tartibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar 20-yillarda tuzilgan bo’lsada, (Millatlar ligasi-
1919 y, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929 y.) xalqaro darajada jahon xo’jalik
aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan
keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar –Xalqaro valyuta
fondi (XVF-MVF) va Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB-MBRR) tashkil
topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi:
jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga
solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar
va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK-GATT) Evropa iqtisodiy hamkorligi
tashkiloti (EIXT-OEES), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi
komiteti (IMUK-KOKOM) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga
to’g’ri keladi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot (TSBK-
GATT) doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo
oborotining 4
/
5 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. TSBK milliy va regional
darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protektsionizmga qarshi turadi, milliy
manfaatlarni o’zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda
kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda
maslahatlashish kabi printsiplarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy shakli
qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish
hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga
ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
177
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi-bu
valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF
(MVF), XTTB (MBRR), iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO-OESR),
xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK-
MFK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. G’arbdagi etti etakchi
mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o’ynayddi.
Valyuta - moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta
kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama
to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzolarini nazorat qiladi, a’zo
mamlakatlarga ularning valyuta moliya muammolarini hal qilish uchun kredit
beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish
bilan XTTB faol shug’ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi
Xalqaro rivojlanish Uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya
(XMK-MFK) har xil investitsion ob’ektlarni o’rta va uzoq muddatli kreditlash bilan
shug’ullanadi, loyixalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jahatdan rivojlangan
mamlakatlarni birlashtiruvchi IXRO muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodi samaradorligiga ta’sirini,
ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodning jahon
xo’jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy
tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRO jahon xo’jaligi doirasida ko’p
omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati,
narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar
tavsiya etadi.
Sharqiy-Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish
va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish taraqqiyoti banki
(BTTB-EVRR) tuzildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish
tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy
vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga
solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik
mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’ektlarni tashkil
qiluvchi davlatlar sonining keskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro’y
beradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi.
80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSh, G’arbiy Evropa va Yaponiyadan
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy
munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar
tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTTB, TSBKga Osiyo, Afrika,
Lotin Amerikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik
178
mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga solishda
ma’lum o’zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli
yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu
ittifoqning shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Evropa
muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroya organi
-Evropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir. Uning a’zolarini milliy
xukumatlar tayinlaydi, lekin ular o’z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi:
-Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot,
qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar kengashi mavjud bo’ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
byudjeti va qonunlarini maqullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi
Evropalament zimmasiga yuklatiladi.
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o’tkazila
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta-evro joriy etildi va yangi muassasa -
Evropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga Evropa banklar
tizimining asosini tashkil qiladi.
179
Do'stlaringiz bilan baham: |