Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


5. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

 


 
100
5. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini 
takomillashtirish masalalari 
 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, 
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini 
mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi. 
Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni 
yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda 
ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga 
iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika 
iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab 
chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng 
asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning 
orqaga ketishi tamoyillari ijobiy xarakter kasb etib butunlay barham topdi. 
Respublikada yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning oldingi yillarga nisbatan 
pasayishi 1992 yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni 
tashkil qildi va 1996 yil 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz; 2000 yilda 4,0 2002 yilda 4,2 foiz 
o’sishga erishildi
1
 . Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim 
ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani 
to’ldirish, qayta taqsimlash va raqbatlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi 
zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim 
umumdavlat, xalq xo’jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda 
shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaMMning bir 
qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o’zgartirish, aholini 
ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. 
Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, 
moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ragbatlantiruvchi ta’sir 
ko’rsatishdir.  
Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimini anchagina isloh 
qilish talab qilinadi. 
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar 
zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablaglarini ishlab 
chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni 
to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning 
yuksalishiga olib keladi.  
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig’idan 
foydadan undirilgan soliqqa o’tish ko’zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va 
tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab 
chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko’payishi bilan birga, ayni 
vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko’paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol 
mehnatni rag’batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi. 
                                                 
1
 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot  Vazirligi ma’lumotlari. 


 
101
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo’shilgan 
qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. 
Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o’zgartirish,  
resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq 
undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo’yiladi.  
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona 
foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er, er osti boyliklari, suv va qayta 
tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi 
yo’nalishidir. 
Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan soliqlar bilan mahalliy soliq o’rtasida aniq 
chegarani belgilash soliq tizimini takomillash-tirishning eng muhim yo’nalishidir. 
Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy 
byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. 
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini 
takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, 
to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish 
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish