4.3.Horijiy mamlakatlarda kasbiy ta'limni rivojlanishi.
Rivolangan horijiy davlatlarda ta'limning mamlakat ichki siyosatida faol ta'sir
etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e'tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet
mamlakalarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta'limga ajratilayotgan mablag' miqdori
yildan-yilga oshib bormoqda.
Ma'lumki, XX asrning ikkinchi yarmida Yaponiya ta'limi borasida jahonda eng
oldingi o'rinlarga ko'tarildi.
Hozirgi zamon Yapon ta'lim tizimining tarkibi quyidagicha;
bog'chalar, boshlang'ich maktab, kichik o'rta maktab, yuqori o'rta maktab, oliy ta'lim
tizimlariga kiruvchi oliy o'quv yurtlari.
Majburiy ta'lim: ta'limning bu pog'onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan
bolalarni o'z ichiga oladi. 6 yillik boshlang'ich ta'lim va 3 yillik o'rta maktab 9 yillik
majburiy ta'limni tashkil etadi va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalariga bepul
nonushta, o'quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta'minlanadi.
Yuqori o'rta maktab 10,11,12 sinflarni o'z ichiga oladi, bunday maktablarning
kunduzgi, sirtqi kechki bo'limlari mavjud. O'quvchilarnng 95% i kunduzgi
maktablarda o'qiydi.
Oliy ta'lim universitetlarga yuqori va o'rta matabni bitirgan o'quvchilar qabul qilinadi.
Oliy ta'lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta'limi bilan uzviy bog'liqdir.
Oliy ta'lim tizimi quyidagi turlarni o'z ichiga oladi:
1. To'liq sikldagi universitet (4 yil)
2. Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil)
3. Kasb ta'lim kollejlari.
4. Texnika universitetlari.
Amerikada yagona davlat ta'lim tizimi mavjud emas. Ya'ni har bir shtat o'zi
mustaqil ravishda ta'lim tizimini aniqlaydi.
AQShda ta'lim tizimi quyidagilardan iborat:
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilar 3-5 yoshda bo'ladi;
- o'rta maktab (9-12 sinf)da o'quvchilar 14-17 yoshda bo'ladi.
- oliy ta'limning quyi bosqich ta'lim muassasalari.
Fransiya ta'limida bolalarning go'daklik chog'idanoq maktabda o'qitish uchun
tayyor holda olib kelish g'oyat muhim masaladir. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar
quyidagicha tabaqalashtirilgan;
- kichik guruh 2-4 yosh;
- o'rta guruh 4-5 yosh;
- katta guruh 5-6 yosh.
Fransiyada boshlang'ich ta'lim maktablarida 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan
bolalar jalb qilinadi. O'quvchilar 11 yoshda boshlang'ich maktabga o'tadi. O'rta ta'lim
esa kollejlarda va liseylarda amalga oshiriladi. O'rta ta'lim 2 bosqichda amalga
oshiriladi. O'rta ta'lim ikki bosqichda beriladi.
Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo'lib, eng kichik sinf 6 sinf,
5,4-o'rta sinf hisoblanadi.
Oliy ta'lim universitetlarda 3 davrda amalga oshiriladi.
Birinchi davr umumiy bo'lib, o'qish muddati 2 yil.
Ikkinchi davrda o'qish 1 yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi
bilan yakunlaydi. Uchinchi davrda o'qish bir-ikki yil.
Sirtqi ta'lim shahobchalari juda keng.
Ispaniyada ta'lim tarkibi quyidagilardan iborat;
- maktabgacha ta'lim;
- bazoviy ta'lim; - kasb ta'limi; - oliy ta'lim;
Ispaniyada kasb ta'limi 4 bosqichdan iborat:
1- darajada o'rta ta'limning yuqori sinflari kiradi.
2- darajada 18 yoshdan boshlab o'qib, 1 darajali kollejni bitirishi lozim.
3- darajali kollejda bir yil o'qib, sertifikat olinadi. Bu sertifikat menejer bo'lish
yoki rahbar bo'lishi imkonini beradi.
4- darajada bakalavr diplomi beriladi. Bu diplom bilan firmani boshqarishi
mumkin. Ispaniyada oliy ta'limni faqat universitetlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |