4.2. Kasbiy ta'limni tashkil etishda rossiyalik pedagoglarning xizmatlari.
Xar bir millatning o'ziga xos milliy madaniyati va ma'rifati umuminsoniy
madaniyat va ma'rifatning ajralmas qismidir. Umuminsoniy sivilizasiyaga har bir
xalq o'z ulushini, hissasini qo'shgan. Umuminsoniy, umumxalq madaniyati, ma'rifati
va ilmu fan rivojida har biri xalq bir-biriga ustozlik qilgan.
Kasb-hunar ta'limining rivojlanish tarixida minglab yillar davomida shakllangan.
Shu o'rinda Rossiyada tashkil etilgan dastlabki ta'lim muassasalari qatoriga Pyotr1
tomonidan tashkil etilgan navigasiya maktabi, artileriya maktabi (1712), harbiy
feldsherlik maktabi (1754), san'at bilim yurti (1783), o'qituvchilar seminariyasi
(1786), kabilarni ko'rsatish mumkin.
Rus ma'rifatparvar pedagoglari M.V.Lomonosov (1711-1765), G.S.Skovoroda
(1722-1794), N.I.Novikov (1744-1818), A.N.Radishchev (1749-1802), B.G.
Belinskiy (1828-1771), A.I.Gersen (1836-1870), N.G.Chernishevskiy (1828-1889),
N.A.Dobrolyubov (1836-1861), L.N.Tolstoy (1828-1910), N.I.Pirogov (1810-1881),
K.D.Ushinskiy (1824-1871) kabilarning ishlariga zamin sifatida xizmat qildi.
Dunyo miqyosidagi ijtimoiy, iqtisodiy va ishlab chiqarishdagi texnik va
texnologik o'zgarishlar kadrlar tayrlashga yangi talab qo'ymoqda. Rossiyalik olim
E.F.Zeer tomonidan K.K.Platonov g'oyalariga asoslangan holda, to'rt komponentli
mutaxassis tuzilmasi ishlab chiqilgan bo'lib, unda kasbiy fazilatlar shaxsning
ijtimoiy-psixologik komponentlari, talab etiladigan ixtisosliklar kabilarni o'ziga
qamrab oldi.
XX asrda Rossiya olimlari ham pedagogik texnologiyani ta'lim-tarbiya
jarayoniga qo'llash bo'yicha ancha intilishlarni amalga oshirdilar va oshirmoqda.
Nazariyalar yaratilib, uning amaliyot yo'nalishlariga doir risola, o'quv qo'llanma
chop etildi. V.P.Bespalkoning ―Slagaeme pedagogicheskie texnologii‖.- M:
Pedagogika, 1989; Pedagogika progressivne texnologii obucheniya –M:1995; V.M.
Monaxovning ―Aksiomaticheskiy podxod k proektirovaniepedagogicheskiy
texnologii.‖ M: Pedagogika, 1995; V.Gusevning ―Metod proektov kak chastny
sluchay intengralnoy texnologii obucheniya‖. M, 1995; M.V. Klarining
―Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom prosesse‖. – M: Znanie,1989; P. I.
Tretyakov va I. V. Sennovenskiyning ―Texnologiya modulnogo obucheniya v
shkole‖. –M: 1997; V. V. Yudinning ―Pedagogicheskaya texnologiya‖. Yaroslavl,
1997; YE. S. Polat va boshqalarning. Nove pedagogicheskie i informasionne
texnologii v sisteme narodnogo obrazovaniya – M; 2001. A.P.Kukushinning
―Pedagogicheskie texnologii‖. - M: Novy mir, 2004 va boshqalar shular
jumlasidandir. Bu risolalarda ―Pedagogik texnologiya‖, ―Ilg'or pedagogik
texnologiya‖, ―Yangi pedagogik texnologiyalar‖ga ta'riflar berilib, ularning mohiyat-
mazmuni, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xalq ta'limini rivojlantirishga
qo'shishi lozim bo'lgan samarali sifat ko'rsatgichlari to'g'risida fikr yuritiladi va
pedagogik texnologiyaning o'qish muvaffaqiyatini kafolatlashda o'quvchi shaxsini
shakllantirish jarayonini loyihalashdagi ahamiyati hamda xususiyatlari ochib beriladi.
Bu o'qituvchining metodik-texnologik tayyorgarligini oshirishga, albatta, yordam
ko'rsatishi tabiiydir.
Ilmiy pedagogik ma'lumotlarning xabar berishicha Rossiyada pedagogik
texnologiyaga e'tibor 1965 yildan boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |