VPN-server server
vazifasini o‘tovchi, kompyuterga o‘rnatiluvchi dasturiy yoki das-
turiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydala-
nishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulot-
lari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan
ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning server platformalari
uchun funksional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko‘pgina ulanishlarni
madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanu-
vchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |