, “risk”
so’zi ispancha - portugalcha so’zdan olingan
bo’lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham risk xavf
tug’dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi.
Risklar muammosiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki,
tadqiqotchilar o‘rtasida tadbirkorlik riski ta’rifiga nisbatan yagona fikr mavjud
emas
2
. Bugungi kunda risk mohiyati bo’yicha bir ma’noli izoh yo’q. Bu, xususan,
ushbu atamaning ko’p qirrali ekanligi, xo’jalik qonunchiligimiz tomonidan real
iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida deyarli to’liq inkor etilishi bilan
izohlanadi. Bunga qo’shimcha ravishda, risk – ko’plab ustma-ust tushmaydigan,
ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo’lgan murakkab hodisadir. Bu turli
2
Abchuk va xavf nazariyasi. O'tish: Saytda Harakatlanish, Qidiruv, Granaturov VM iqtisodiy xavf: mohiyati,
o'lchash usullari, kamaytirish yo'llari. – Moskva: "biznes va xizmat", 1999., Dubrov am, Lagosha ba, Xrustalev E. yu.
iqtisodiyot va biznesda xavfli vaziyatlarni modellashtirish. – Moskva: "Moliya va statistika", 1999. Lapusta mg,
Sharshukova LG tadbirkorlik faoliyatida xatarlar. O'tish: saytda harakatlanish, qidiruv O'tish: Saytda Harakatlanish,
Qidiruv
Moliyaviy investitsiyalar va xavf / Per. - Kiev: savdo-nashriyot. VNU byurosi, 1995.
7
xil nuqtayi nazardan riskning bir nechta ta’rifi mavjud bo’lishi ehtimolini yuzaga
keltiradi.
Riskning ko’plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli vaziyatlarga
xos bo’lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi:
- ehtimoliy natijalardan qaysi biri amaliyotda qo’llanilishini belgilab beruvchi
voqea-hodisaning tasodifiylik xarakteri (noaniqlik mavjudligi);
- muqobil yechimlar mavjudligi;
- natijalar ehtimoli va kutilayotgan natijalar ma’lum yoki ularni aniqlash mumkin;
- zararlar yuzaga kelishi ehtimoli;
- qo’shimcha foyda olish ehtimoli.
Taniqli lug‘atchi olim S.I.Ojegov va N.Y.Shevedovaning rus tili lug’atida “risk”
bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma’noni anglatadi deyilsa
3
,
V.T.Sevruk “risk – bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq
ehtimollar o‘lchamidir” degan ta’rif beradi
4
.
Professor V.M.Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z
navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq
bo‘ladi” deb izohlaydi
5
.
P.G.Grabovoy, S.N.Petrova, S.I.Poltavsevlarning “Риски в современном
бизнеса” kitobida “Risk - bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki
daromad ololmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish xavfidir
6
”, deb ta’rif berganlar.
O’zbek iqtisodchi olimasi Sh.Z.Abdullayevaning fikricha: risk va xavf-xatar
alohida narsa, ya’ni risk bu iqtisod sub’yektining faoliyatidir va u tanlov bilan
bog‘liq. Bu faoliyat sub’yektning xavf-xatar sharoitidagi tanloviga asosan amalga
oshiriladi. Xavf, xatar qanchalik yuqorilashgan sari sub’yekt shunchalik risk
qilmaydi va risk nolga yaqinlashadi.
7
3
Ozhegov Si, Shvedova N. yu. rus tilining tushunarli lug'ati. – Moskva: OOO, 2006.
4
Sevruk V. T. bank xavfi.
5
Usoskin V. M. zamonaviy tijorat banki: boshqaruv va operatsiyalar.
6
Grabova PG, Petrova Sn, Poltavtsev Si zamonaviy biznesdagi xatarlar.
7
Abdullayeva Sh.Z. “Bank risklari va kreditlash”. –T.: “Moliya”, 2002.
8
Iqtisodchi Y.S.Stoyanovaning “Moliyaviy menejment” kitobida “Risk - bu
zararning paydo bo‘lishi yoki prognozlashtirilganidek daromad ololmaslik xavfi
ehtimoli” deb ta’rif beradi.
Iqtisodchi Chaliy-Prilutskiy. V.A.ning “Bozor va risk” kitobida keltirilishicha:
“Risk - bu tanlov sharoitida bajarilgan shunday faoliyatki, qachonki
muvaffaqiyatsizlik sharoitida tanlov oldidagiga nisbatan og’irroq sharoitga tushib
qolish ehtimoli mavjud bo’ladi”.
Rus olimi Granaturov.V.M.ning fikricha, “Risk - bu muqarrar tanlov sharoitidagi
noaniqlikni bartaraf qilish bilan bog‘liq faoliyat bo‘lib, bu jarayonda mo‘ljallangan
natijaga erishishni, muvaffaqiyatsizlik va mo‘ljaldan farqlanishlarni miqdoriy va
sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud”
8
.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida risk qandaydir xavf-xatar va
zararlar ko’rishdan iborat ekanligi to’g’risida fikr yuritilgan. Riskni ta’riflaganda,
uni zarar bilan bog’liq xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining mohiyatini
to’la ifodalolmaydi.
Yuqoridagilarga o’xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimi-zning ishlarida
ham uchratish mumkin. Undan tashqari, oxirgi yillarda chop qilinayotgan ko’pgina
mualliflarning ishlarida “risk” so’zini o’zbekchaga tarjima qilishga harakat qilingan.
Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan “risk” termini turlicha nom bilan
talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni “tavakkalchilik” deb ifodalasalar,
boshqalari riskka “xato”, “ikkilanish”, “noaniqlik”, “mavhumiylik” va hokazolar
deb ta’rif berish to’g’riroq degan xulosaga keladilar.
Har bir faoliyatni amalga oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar bo’lishi mumkin.
Lekin ularni risk mazmunida ifoda qilib bo’lmaydi. Xavf-xatar deganda biz oldindan
biron salbiy natija beruvchi, yoki biron-bir salbiylikka yoki zarar, talofatga olib
keluvchi jarayon mavjudligini bilamiz va biz qo’rquv, hadiksirash bilan shu
voqelikka yondashamiz.
8
Granaturov.Vv, iqtisodiy xavf: mohiyati, o'lchash usullari, kamaytirish yo'llari. Moskva "biznes va xizmat". 2002
9
Rossiyalik yana bir iqtisodchi G.Panova “Risk kutilmagan hodisalar yuzaga
kelganida yo‘qotish xavfi yoki imkoniyatidir” deb ta’rif beradi
9
. U o’z ta’rifi orqali
ikki asosiy yo’nalishni asoslab bermoqchi bo’ladi. Bular, birinchidan, Professor
O.Lavrushinning risk to‘g‘risidagi fikri bilan hamohang bo‘lib, u ham risk bu
yo‘qotishlarni ifodalaydi deb uqtirsa, ikkinchidan risk bu kutilmagan hodisa
ekanligini ta’kidlamoqchi.
Tadbirkorlik riskining klassik va neoklassik ko’rinishi ham ishlab chiqilgan
bo’lib, klassik nazariyada tadbirkorlik riski qabul qilingan qarorlar natijasida yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarning matematik kutilishi bilan tenglashtiriladi
deyilgan.
Ushbu qarashlar klassik nazariya namoyandalari Dj.Mill va I.U.Seniorlar
tomonidan bildirilgan. XX asrning 30-yillarida iqtisodchilar A.Marshall va A.Pigu
tadbirkorlik riskining neoklassik nazariyasini yaratdilar. U quyidagilardan iborat:
noaniqlilik sharoitida ishlayotgan, daromadi o’zgarib turadigan tadbirkor, bitim
tuzayotganda ikkita kriteriyaga asoslanadi:
- kutilayotgan foyda hajmiga;
- uning ikkilanishlarining hajmiga.
Bu shundan dalolat beradiki, bir xil daromad beradigan ikkita kapital
qo’yilmalar orasidan tadbirkor qaysi biriga ko’proq ikkilanayotgan bo’lsa, o’sha
kapital qo’yilmani tanlamaslikka harakat qiladi.
Yuqoridagilarga o’xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimizning ishlarida
ham uchratish mumkin. Undan tashqari, oxirgi yillarda chop qilinayotgan ko’pgina
mualliflarning ishlarida “risk” so’zini o’zbekchaga tarjima qilishga harakat qilingan.
Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan “risk” termini turlicha nom
bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni “tavakkalchilik” deb
ifodalasalar, boshqalari riskka “xavf”, “ikkilanish”, “noaniqlik”, “mavhumiylik”
deb ta’rif berish to’g’riroq degan xulosa qiladilar.
9
Panova G. S. tijorat bankining kredit siyosati. O'tish: Saytda Harakatlanish, Qidiruv.
10
Iqtisodchi olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to‘g‘risidagi
qarashlari diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o’zbek tilidagi ayrim manbalarda
“tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g’ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan
bo’lsada, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl ma’nosini
bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko’zda tutilgan
darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi” deb ushbu olimlar ta’rif beradi.
Har qanday iqtisodiy subyekt faoliyat yurgizar ekan, u risk bilan to’qnash
keladi. Bu risk har qanday vaqt va sharoitda yuzaga kelishi mumkin. Bu riskdan
qo’rqmay, uni boshqarib daromadni ko’paytirish har bir subyektning maqsadi va
vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan risklarni o’rganish, ularni kelib chiqish
sabablarini aniqlash va boshqarish metodlarini o’rganish iqtisodchilarning vazifasi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |