4
Yaponiya madaniyati yozuvdan oldingi boshqich.
Zamonaviy arheologik topilmalar yaponiyada birinchi odam qoldirgan izini
topilgan vaqtni yanada uzoq vaqtlarga davrlarga surib bormoqda. Yaponiyaning
poleolik davri yaqin-yaqingacha zamonaviy tadqiqotchilar uchun hazillik tuyulgan
bulsa, yapon olimlari uchun bu haqiqat ekanligi o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida
aniqlanmoqda. (vasilevskiy I.D.R 1982 yil 3-4 betlar).
Qadimgi qabilalar aholi yashaydigan joyda yapon orollari Osiyo materikning
bir qismi bo`lgan. U yerda yashagan qabilalar u yerga sharq , janubiy sharq,
Shimoliy osiyo rayonlaridan kelgan bo`lib bu yerda qolib ketishgan. Ba`zilari esa
ketishgan. 10 000 yil oldin yaponiya orollariga ikki hil qabilalar ko`cha boshladi.
Bu boshida PROTO-AYNLAR qabilalari keyinchalik esa Avstroneziya qabilalari,
ular janubiy sharqiy osiyoning kengliklariga joylashib u yerda qabilalar
madaniyatini
yo`qotmasdan
o`zlarining
madaniyatlari
mavjud
bo`lgan
madaniyatga qo`shib bordilar. Poleolit davrining minginchi yillarida va Neolid
davrida ham bir madaniyat boshqa madaniyat bilan almashinib, o`zining azaliy
hususiyatlarini yo`qotmangan edi. Ya`ni birinchi ko`chmanchilar kelgan yerlarni
madaniyat bilan yaponiya orollarida madanyat o`hshash edi. Yaponiya orollarida
asta sekin keramika o`ymakorligi madaniyati vujudga kela boshladi. Fanda u
DZYOMAN (arqonli naqsh) nomi bilan ataladi. Miloddan avvalgi IV – III asrlarda
KYU SHU orolining shimoliga va Honshyu orolining janubi g`arbiga korea yarim
orolidan PROTO yapon qabilalar ko`cha boshladi. Ular o`zlari bilan uy
hayvonlarini guruch hamda qurg`oshin hamda bronza yasash sirlarini olib keldilar.
Miloddan avvalgi III asrda yaponiya orollarida Yangi Bronza madaniyati
tarqala boshladi. (yayoy madaniyati) bu davrda marosimlar uchun boronzadan
qilingan qilich va o`qlar, 10 tadan yasalgan oyna va qo`ng`iroqlar tayyorlana
boshladi.
Yapon tilini paydo bo`lishida xitoy – tibet tillarining ta`siri .
Qadimgi xitoy dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalaridan hisoblanadi. U
dunyodagi barcha xalqlar madaniyatiga hususan Evropa, Osiyo, Hindiston va h.z.
kuchli ta`sir ko`rsatgan. Sharqda yaponiya va koreaga ta`siri behisob. Tarixda
yapon tili filologiyasi xitoy yozuvining juda katta ta`siri asosida paydo bo`lganligi
ta`kidlanadi. Aniqlanishicha, xitoy irogliflari yaponiyada tarqalgungacha
5
yaponiyada koreaning o`z yozuvi bo`lmagan. Yaponiyada yozuvning paydo
bo`lishi V asrning boshlariga borib taqaladi. Buni arheologik qazilma (Funayama
qo`rg`onida topilgan yozuv asoslaydi. Kumomoto prefekturasida topilgan. Kyu syu
oroli) ―kimki ushbu hanjarni olib yursa unga uzoq umr, ko`p farzand va ko`p
nabiralar in`om etiladi‖ deb yozilgan. Aytilishicha o`sha zamonlarda o`yib
yozilgan yozuvi bor narsaning qandaydir ilohiy kuchi mavjud deb ishonilgan.
Keyinchalik bunday qarash umuman matnga yozuvga nisbatan mavjud bo`lgan.
Yozuv birinchi bor shox saroyidagi zodagonlar orasida tarqalagan. Soliq hisob –
kitobi xitoy tilida olib borilgan. Yaponiyaning eng qadimgi yozma yodgorliklarida
ta`kidlanishicha, yapon tiliga xitoy irogliflarini kirib kelishi VII asrda tugatiladi.
Taqqoslab ko`raylik: eng qadimgi xitoy yozma yodgorliklarida ko`rsatilishicha,
xitoy irogliflariga asoslangan yozuv eramizdan oldingi ming yilliklarda paydo
bo`lgan. Iroglif – bu shunday belgiki bu tovushni emas balki bir nechta tovushninig
birligini va ushbu tovushlar birligida hosil bo`ladigan ma`noni anglatadi. Xitoy
irogliflarining harakteristikasi quyidagicha:
A. o`zining grafik shakli mavjud.
B. aniq talaffuzga (tovushga) ega, ya`ni qaysi yozuvda u yoki bu iroglif
qullanishiga qarab unga talaffuz beriladi.
C. ma`noga ega ya`ni u yoki bu talaffuz orqali belgiga ma`no beriladi.
Xitoy irogliflari xitoyda bir talaffuz ya`ni bir o`qilishiga ega. Koreada ham bir
o`qilishga ega. Yaponiyda esa ikki yoki undan ortiq o`qilishiga ega. Iroglif
o`qilishi turli mamlakatlar yozuvida turli xil lekin leksik ma`nosi ko`pincha bir xil
masalan:
火
Xo
3
(xitoy tilida)
Xwa (korea tilida)
Xi,ka (yapon tilida)
Xitoy belgilarini yapon yozuviga o`zlashtirish yapon matnlarini fiksaksiya
qilish uchun qilingan va bu belgilarni o`zlashtirish o`z matnlarga moslashtirib
o`zlashtirilgan.
Xitoy irogliflari ko`r-ko`rona emas, balki ular yapon fonetikasini Grammatik
qurilishini belgida aks ettirishi uchun hizmat qilishi kerak edi. Yapon yozuvining
6
paydo bo`lishi ikki prinsipning qarama-qarshi turishi bilan harakterlanadi. Bu
ideografik va fonetik prinsiplaridir. Bir qator irogliflarning grafik qisqartilrilishi
asosida yapon fonetik bo`g`inli alifbo ya`ni ―kani‖ paydo bo`ldi. Arheologik
qazilmalariga qaraganda kani VI asr ohirlarida paydo bo`lgan. Arheologlar
g`ishtda ― katakana‖ da yozilgan belgilarni aniqlashdi. Xitoy yozuvlarining
yaponiyaga tarqalishi kanfutsi ta`limoti bilan bog`liq. (VI asrlarda tarqalgan hamda
V asrda buddizm ham tarqalganligi haqida ma`lumotlar mavjud.
Buddizm o`zi bilan o`z madaniyatini ham olib keldi. Uning ta`siri ―litra‖
arhetekturasiga ham ta`sir o`tkazdi. Ikki asr mobaynida (IX – X asrlar) yaponiyda
sanskritni o`rganish davom etdi. Va ayniqsa uning fonetikasi va bu yapon alfaviti
(五十音ごじゅうおん)
go‘jyuo‘n deb aytishadi.
五十音
Harflari
joylashishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi, bu tartib ikkinchi tilning klassifikatsiyasini aks
ettiradi. Yaponiyada xitoy irogliflarida ko`p asrlar mobaynida yaponiyada o`z
irogliflari ixtiro qilinishiga olib keldi. Yaponlar o`zi yaratgan irogliflar
kokuji
(国字こくじ)
ular yuzdan ortiqroq. Bu irogliflar xitoy irogliflarining
grafikasidan olingan, xitoy irogliflarini o`zlashtirish yapon tiliga ham katta ta`sir
o`tkazdi. Irogliflar bilan birga xitoy tilining so`zlari ilsizmorfemalar yapon tilida
talaffuz me`yorlariga asoslangan, o`qilishini noqulayligini o`zgartirish va h.z.
bunday xitoy leksik elementlardan yaponlar yangi so`zlarni yasashni boshladilar.
Xitoy leksik yoki marfinik elementlaridan yapon tiliga kirib keldi. Bunday so`zlar
o‘n (
音
) deb, ataladi. Va bir nechta o‘n lardan tashkil topgan so`zlar
kango
(漢語)
deb ataladi. Va ular xitoy tili o`zlashtirmalari yoki yaponlarning
o`zlarining irogliflarining birligidan tashkil topganini ahamiyati yo`q. zamonaviy
yapon tilida kango yapon tili leksikasining yarmini tashkil etadi. Yaponiya tarixi
haqidagi ma`lumotlarni biz xitoy manbalardan topishimiz mumkin. Ular quyidagi
xitoy manbalarda uchraydi. Eng erta materiallar tsyan – Han – shu. Bu davrda eng
birinchi yaponiya haqidagi eslatma aytib o`tilgan. Bu eslatma eramizdan avvalgi
birinchi asrdagi yaponiyaga ta`luqli. Ba`zi bir ma`lumotlar shuningdek Hou-Han-
shu ikkinchi Han davrining tarixida o`z aksini topgan. Bu eslatma yaponiyaning I
va II asrlarga ta`luqlidir.
7
Uchinchi xitoy manbaasi bu Veychji. Bu Vey qirolligi tarixi haqidadir. Bu
tarixda alohida ―Vajen‖ yaponiyaliklar haqida alohida bob mavjud. Bu yaponiyani
eng to`liq tasvirlagan xitoy manbaasidir va u eng ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Keyingisi Sun-shu xitoydagi V asrda mavjud bo`lgan Sun qirolligi tarixi. ―Sun
qirolligi tarixi‖ yaponiyaning V asri haqidagi eslatmalarini o`z ichiga oladi. Mana
shunday yo`l bilan xitoy manbalari yaponiyaning I asridan to bizning
davrimizgacha ma`lumot beradi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |