3. MEHNАT MUHOFАZАSI VА EKOLOGIYA QISMI
3.1. Shovqin, titrash va ultra-infratovush haqida umumiy ma’lumotlar
Shovqin, titrash va ultra infratovush qattiq jism, hamda suyuqlik, moddiy
jismlarning mexanik tebranishlaridir. Ruxsat etilgan sanitariya talablaridan ortiq
bo‘lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrash va ultra infratovushlar muntazam
ravishda ta’sir etganda odam organizmi zararlanishi, keyinchalik og‘ir kasbiy
kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Sukuiatni buzadigan yoki foydali tovush eshitishga halaqit beradigan har
qanday tovush shovqin deyiladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar
odamning holatiga salbiy ta’sir qiladi. Insonni tez charchatadi, asab va yurak tomir
tizimi ishini buzadi. Titrash qattiq jismdarning tebranishidir. U odam sog‘lig‘iga
nohush ta’sir ko‘rsatadi, muntazam ravishda ta’sir etganda kasbiy kasalliklarni
keltirib chiqaradi.
Mashina va mexanizmlarning aylanma harakati, bir biriga urilishi, shuningdek,
texnologik qurima va apparatlardan gaz va suyuqliklarning katta tezlik bilan o‘tishi
natijasida kelib chiqadigan shovqinlarni shovqinning asosiy manbalari deyish
mumkin. Shovqin qattiq, suyuq va gazsimon muhitlarda mexanik tebranish
natijasida vujudga keladi. Insonning eshitish organi mexanik tebranishdan 16-20000
gs.cha to‘lqinlarni eshita oladi. 15 gs.dan past chastotali shovqin infrotovush, 20000
gs.dan yuqorisi ultratovush deyilib, inson organizmiga biologik ta’sir ko‘rsatadi.
Shovqinning uzoq muddatli ta’siri eshitish organlarining faoliyatini
susaytirishdan tashqari qon bosimining o‘zgarishi, ko‘rish qobiliyatining susayishi,
harakatlanish markazlarida o‘zgarish paydo bo‘lishi oqibatida, harakat
koordinatsiyasining buzilishiga va organizmning quvvat sarflash jarayoning
kuchayishiga olib keladi. Shovqin insonning yurak va qon aylanish tizimlari
funksiyalarining buzilishiga, ovqat hazm qilish va boshqa organlarda funksional
o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Organizmda shovqin
ta’sirida kelib chiqadiganlari “shovqin kasalligi” deyiladi.
Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda
mexanizatsiyalarning harakatdagi qismlari muvofiqlashtirilmaganlligi sababli, bosim
44
pulsatsiyasi ta’sirida suyuqlik va gazlar quvur uzatgichi orqali naql qilinganda paydo
bo‘ladigan qisqa to‘lqinli tebraishlar titrash deb ataladi. Titrash quyidagi normalanish
ko‘rsatgichlari bilan tavsiflanadi:
-Titrash chastotasi f (gs);
-Titrash amplitudasi A (mm);
-Titrash tezligi v (mm\s);
-Titrash tezlanishi w (mm\s^2).
Titrashning zararli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bo‘g‘inlarining
og‘rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan
namoyoi bo‘ladi. Titrash kasalligining og‘irlik darajasi tebranishning ta’sir davri va
kuchiga bog‘liq. Bu kasallikni boshlang‘ich davrlardagina davolash mumkin. Uning
og‘ir shakllari, albatta, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo‘qolishiga olib
keladi.
Shovqin va tiitrashning ish joylarida ruxsat etilgan larajalari “Sanoat
korxonalarini loyihalash sanitariya meyorlari” bilan belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |