Bitiruv malaka ishi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/51
Sana07.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#327787
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
yigiruv mashinasining rifsilindrlariga servis xizmat korsatish sifatini oshirish

4. IQTISODIY QISMI

4.1. Yigirish mashinasi uchun refleli silindrlarni tо‘g‘irlash uchun

dastgohlar va valiklarni tamirlaydigan dastgoh o’rniga 1-ta yangi AZ71-U

rusumli dastgoh buyicha qiyosiy iqtisodiy samaradorlikni xisoblash.

Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlikni rivojlantirish yuqori samara berib

kelmokda. О‘zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, iqtisodiy va ilmiy-

texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish

samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda tukimachilik

sanoatida xam paxta tolasini chukur kayta ishlashni yulga kuyish aloxida

axamiyatga ega. Bunga sabab, joylarda yangi ishchi urinlarni yaratish,

korxonadagi bor asbob uskunalardan samarali foydalanib, paxta xom-ashyosini

dexkon yaratgan  sifatini saqlagan xolda ortiqcha sarf xarajatsiz ishlab

chiqarishga jalb etish zaruriyati sezilmokda.

Isloxatlarni amalga oshirish  maksadida 2016 yil 16 yanvar kuni

О‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Maxqamasining majlisi bо‘lib о‘tdi.

Majlisda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza kilib

2015 yilda davlatimizni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yil

iktisodiy dasturining eng muxim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan,

iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik

jixatdan qayta jixozlash ustuvor axamiyat kasb etadi, deb qayd etdilar. О‘tgan

yilda servis soxasida pulli xizmatlar 14 foizga kо‘paydi, oxirigi 10 yil

mobaynida esa axolining kishi boshiga tо‘g‘ri keladigan pulli xizmatlar 20

barobar oshdi. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatish va servis soxasi 2015 yilda jadal

sur’atlar bilan rivojlanib, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 2000 yildagi 37

foiz urniga 54,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, о‘z navbatida, servis soxasidagi

iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.



52

Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va

sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zо‘r beruvchi,

kuchaytiruvchi omillar harakatda bо‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab

chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab

chiqarish bо‘ladi; agar yana ham kо‘proq samara beradigan ishlab chiqarish

vositalari qо‘llaniladigan bо‘lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab

chiqarish yuzaga keladi.

О‘zbekiston sanoatida ana shu ikki yо‘ldan oqilona foydalanish natijasida

ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich о‘sib bormoqda. Dunyo

tajribasi shuni kо‘rsatadiki, yangi korxona qurishdan kura, ishlab turgan

korxonani rekonstruksiya qilish samarasi yuqori bо‘lib, bu korxona bozor

talablariga tezroq moslashadi. Yangi texnika-texnologiyalarni joriy etish,

qо‘llaniladigan  texnologiyaga  uzgarishlar kiritish  kam mablag  talab qilib

korxonalarga tezrok samara beradi.

Samaradorlik sо‘zi - bu eng  kо‘p  uchraydigan  umumiy tushunchalardan

biri bо‘lib, iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng

ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat

samaradorligi, о‘qish va о‘qitish samaradorligi, davolash va davolanish

samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning

samaradorligi va hokazolar.

Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining "kо‘zgusi" hisoblanadi.

Bu "kо‘zgu"da ishlab chiqarishning barcha natijalarini kо‘rish mumkin.

Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs о‘z ishlab chiqarish

faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Uning uchun ma’lum xarajatlar

qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar о‘rtasidagi farq tarmoq va korxona

faoliyatining "kо‘zgusi" bо‘lgan samaradorlikda kо‘zga tashlanadi. Ishlab

chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum

darajaga keltirishdan iborat.



53

Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida о‘rni mavjud.

Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga

asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab kо‘p natijaga erishish zarur.

Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bо‘ladi:

a) moddiy resurslar, b) mehnat resurslari, v) moliyaviy resurslar, g) energetik

resurslar, d) axborot resurslari, ya’ni informatsion resurslar. Mana shu

resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish

mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yо‘nalishida

muhim ahamiyat kasb etadi.

Samaradorlik - bu foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija

olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat

kо‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.

Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan

xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, Samaradorlik ishlab

chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat,

moddiy va moliyaviy resurslarning о‘zaro nisbatidir.

Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini kо‘rsatadi.

Masalan, mahsulot ishlab chiqarish, boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani

joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara

material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor,

vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish

vaqtining zoye ketishini kamaytirish, mablag‘lar oborotini tezlashtirish,

mahsulot yetishtirish hajmini о‘stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa

natijalar bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni

va kо‘rsatkichlar tizimida aks etadi.

Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan

oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga

sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak bо‘ladi. Demak, samarani

о‘lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini

oshirish qabul etiladi.



54

Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda xarajatlar

va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy

samaraning umumiy miqdori tushuniladi. Ishlab chiqarishning umumiy

samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini

aniqlash va baholash uchun qо‘llaniladi va umuman xalq xо‘jaligi  bо‘yicha,

tarmoqlar, korxonalar bо‘yicha hisoblab chiqiladi.

Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va

resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni о‘z ichiga olishi

kerak, balki uning butunlay  о‘zgarishini,  yig‘indi  (integral)  samaradorlikni

baholashni ham о‘z ichiga oladi. Mana shu maqsadda iqtisodiy

samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks kо‘rsatsichlari hisoblab chiqiladi

va ishlab chiqarishning oqibat natijalari shu kо‘rsatkichlar yordamida tahlil

etiladi. Bunday kо‘rsatkichlar turli xarajatlar va resurslarning darajasini

yig‘ilgan turda, har xil omillarning ta’sirini hisobga oladi.

Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi

yо‘llaridan yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va

texnologik omil mehnat unumdorligini о‘stirishning kamida uchdan ikki qismini

ta’minlaydi.

Ishlab chiqarish-texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy -

iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaraligini

tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb

ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantlarni taqqoslash va shu

asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va uning optimalligini

aniqlab beradi. Keltirilgan xarajatlarni aniqlash eski texnika о‘rniga yangisini

qо‘llash natijasida hosil bо‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalq xо‘jaligi

nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.

Bitiruv malaka ishimning iqtisodiy qismida korxonasidagi dastgoxlarga

kо‘rsatiladigan servis xizmatini takomillashtirish uchun 2-ta yigirish mashinasi

uchun refleli silindrlarni tо‘g‘irlash uchun dastgohlar va valiklarni tamirlaydigan

dastgoh o’rniga yangi AZ71-U rusumli yigirish mashinalari buyicha qiyosiy



55

iqtisodiy samaradorlik xisoblab chiqildi. Bu mashinalarning qiyosiy

samaradorligini xisoblash yangi texnikani eskisiga nisbatan afzallik tomonlarini

kо‘rsatib beradi va dastgoxlarning tо‘xtovsiz ishini ta’minlagan xolda mexnat

unumdorligini oshiradi.

Yillik iqtisodiy samaradorlik - bu yangi texnika va texnologiyaning

iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qо‘llaniladigan muhim

kо‘rsatkichlardan biridir. Bu kо‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bо‘yicha

sarflangan xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula

yordamida hisoblab chiqiladi:



E

(1)


Bu yerda E - yillik iktisodiy samaradorlik;

i

 - bazis va taklif etilayotgan variantlar bо‘yicha ketgan xarajatlar;



mexnat unumdorligi usishini (bazis variantga nisbatan)

xisobga oluvchi koeffitsiyent, 1,1ga teng deb kabul kilamiz;



 -

renovatsii koeffitsiyenti, 0,84;

Yen - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi

koeffitsiyenti.

 kuyilmalar;

Yen - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi

koeffitsiyenti (sanoat tarmog‘i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsiyenti

normasi 0,15).



I1 i2-

bazis va taklif etilayotgan variantlar bо‘yicha yillik ekspluatatsiya

xarajatlari.

Kiyosiy iktisodiy samaradorlikni xisoblashda bazis variantdagi 2-ta va

taklif etilayotgan 1-ta yangi AZ71-U rusumli yigirish mashinalarining texnik

xarakteristikalaridan foydalaniladi.




56

Keyingi jadvallarda qiyosiy yillik iqtisodiy samaradorlikni xisoblash

uchun boshlangich ma’lumotlar keltirilgan.

1-jadval


Kо‘rsatkichlar

О‘lchov


birligi

Bazis


variant

Taklif


etilayotgan

variant


1. Mashinaning narxi

ming


sum

2250*2=4500

2500

2. Elektroenergiya sarfi



kVt

10*2=20


7,5

3. Amortizatsiya ajratmalari,shu

jumladan:

 - kapital ta’mirlashga

 - tо‘lik tiklashga

%

%



%

15

7,4



7,6

15

7,4



7,6

4. Dastgoxlarning unumli ish vakti

soat

3244


3244

5. 1 kVt elektroenergiyasining narxi

sum

190


190

6. Talab koeffitsiyenti

0,64

0,64


7. Joriy ta’mirlash ajratmalari  mikdori

%

5,0



5,0

8. Transportirovka va montaj xarajatlari

%

10,0


10,0

9. Mexnat unumdorligi

kg/soat

12

13,2



Keyingi jadvallarda iktisodiy samaradorlikni xisoblash uchun kerak

bо‘ladigan kо‘rsatkichlar aniklanadi.




Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish