O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

To‘rtinchidan, 
fuqarolik  jamiyati  institutlarining  o‘z-o‘zini  boshqaruv  mexanizmlari  va 
huquqiy  vakolatlarining  o‘zgarishi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  mexanizmi  va 
huquqiy vakolatlarida ham tarkibiy o‘zgarishlarini vujudga keltiradi. 
 2010  yilning  noyabr  oyida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  tashabbusi  bilan 
qabul  qilingan  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 
jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”  ko‘ptarmoqli  NNTlarni  rivojlantirish  va  qo‘llab-
quvvatlash yangi bosqichining boshlanish davri bo‘ldi.  
Konsepsiyaning  qoidalaridan  kelib  chiqib,  bir  qator  qonun  hujjatlari,  shu  jumladan  2013 
yil  28  dekabrda  “Ekologik  nazorat  to‘g‘risida”gi  Qonun  qabul  qilinib,  NNTlar  ekologik 
nazoratning asosiy sub’ekti sifatida belgilandi. 
2014 yilning 5 mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida”gi  Qonun,  shu  yilning  25  sentyabrda  esa  “Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi  Qonun 
qabul qilindi.  
“Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi  Qonunga  ko‘ra  NNTlarni  ijtimoiy  ahamiyatga  molik 
masalalarni  hal  qilishda  ishtirok  etishga  samarali  jalb  qilishning  va  davlat  tomonidan 
rag‘batlantirishning shakllaridan biri sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, 
xalq  deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  huzuridagi  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari 
orqali NNTlar faoliyatini moliyalashtirishning yangi mexanizmi yaratildi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013  yil  12  dekabrda  qabul  qilingan  PQ–2085-
sonli  “Fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  ko‘maklashish  borasidagi  qo‘shimcha 
chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  qarorining  qabul  qilinishi  ushbu  sohadagi  qonunchilikni 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.  


64 
 
Prezident 
qarorini 
amalga 
oshirish 
maqsadida 
2014 
yil 
10 
martda  
57-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.  
YUqorida  qayd  etilgan  qonun  hujjatlariga  ko‘ra  NNTlarni  tuzish  va  faoliyatini  tashkil 
etishning  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlari  yanada  takomillashtirildi  va  sezilarli  darajada 
soddalashtirildi, xususan:  
1.NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdori 5 
baravarga,  ularning  ramzlarini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  uchun  undiriladigan  yig‘imlar 
miqdori  2,5  baravarga  kamaytirildi.  Bunda  nogironlar,  fahriylar,  xotin-qizlar  va  bolalar  jamoat 
birlashmalarini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  uchun  davlat  boji  mazkur  qaror  bilan  tasdiqlangan 
davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi; 
2.O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatga  olingan  NNTning  alohida  bo‘linmalari 
(vakolatxonalari  va  filiallari)ni,  shu  jumladan  yuridik  shaxs  huquqiga  ega  bo‘lganlarini  davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish uchun davlat boji undirilmaydi; 
3.Davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqish  muddati  ikki  oydan  bir 
oyga kamaytirildi; 
Taqdim  etilgan  arizalarni  oqibatsiz  qoldirish  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilish  instituti 
chiqarib tashlandi; 
4.Ta’sis  hujjatlarini  rasmiylashtirish  tartibi  soddalashtirilib,  hujjatlarni  notarial  tasdiqlash 
talabi  bekor  qilindi,  shuningdek,  endilikda  ta’sis  hujjatlari  avvalgidek  uch  nusxada  emas,  balki 
faqat ikki nusxada va faqat davlat tilda taqdim etiladigan bo‘ldi; 
NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim qilish tartibi soddalashtirildi va 
h.k. 
5.Hujjatlarni  notarial  tasdiqlashni  bekor  qilish,  NNTni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish 
to‘g‘risidagi  arizalarni  ko‘rib  chiqish  muddatining  qisqartirilishi  kabi  ijobiy  o‘zgarishlar 
“O‘zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish 
to‘g‘risida”gi 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381 Qonunida ham o‘z aksini topdi.  
 SHu  bilan  birga,  Vazirlar  Mahkamasining  2014  yil  10  martdagi  qarori  bilan  Nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlarrejasi tasdiqlandi.  
1.Davlat  boshqaruvi  organlari  tomonidan  NNTlarning  milliy  qonunchilik  va  xalqaro 
shartnomalarda  mustahkamlangan  huquq  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya  qilinishi  masalalariga 
muhim ahamiyat berildi.  
2.Vazirlar  Mahkamasining  2014  yil  10  martdagi  57-sonli  qaroriga  ko‘ra  har  chorakda 
NNTning rahbar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarini adliya organlariga taqdim qilish 
amaliyoti bekor qilindi.  
3.NNTlarning  faoliyati  shak-shubhasiz  turli  xil  tadbirlarni  o‘tkazish  orqali  erishiladigan 
hayriya  va  ijtimoiy  foydali  maqsadlarga  erishishga  yo‘naltirilgan.  Bu  erda  shuni  ta’kidlash 
joizki, 
qonunchilikda 
shuningdek 
NNTlar 
tomonidan 
tadbirlar 
o‘tkazish  tartibini 
takomillashtirishga qaratilgan tegishli ijobiy choralar ko‘rildi.  


65 
 
4.Xususan,  2015  yilning  4  iyunida  O‘zbekiston  Respublikasi  adliya  vazirining  buyrug‘i 
bilan  (ro‘yxat  raqami  2679)  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  tadbirlarini  kelishish  tartibi 
to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. NNTlarning tadbirlarini kelishishning huquqiy belgilanishi avval 
ham mavjud bo‘lganligi sababli ushbu nizom yangilik hisoblanmaydi. Mazkur nizomning asosiy 
vazifasi huquqni qo‘llash amaliyotida bir xillikni ta’minlashdan iborat.  
5.NNTlar  faoliyatining  erkinligini  kafolatlash  va  tadbirlarni  hech  qanday  to‘siqlarsiz 
o‘tkazilishini  ta’minlash  maqsadida,  nizomda  qonun  hujjatlari  va  NNT  ustavida  belgilangan 
maqsadlardan  kelib  chiqib  o‘tkazilayotgan  tadbirlarga  adliya  organlari  vakilining  noqonuniy 
aralashuviga  yo‘l  qo‘yilmasligi,  shuningdek  NNTning  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organning 
noqonuniy hatti-xarakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi alohida belgilab o‘tilgan.  
NNTlar  faoliyatini  tartibga  solish  sohasidagi  qonunchilikdagi  ijobiy  o‘zgarishlarga 
ob’ektiv  nazar  tashlansa,  mazkur  ma’ruzaning  xulosasi  sifatida  shuni  qayd  etish  mumkinki, 
ularning barchasi:  
-
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish