O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


partiya faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etdi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc


partiya faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etdi.  
O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish, 
ko‘ppartiyaviylik  tizimini  takomillashtirishda  1996  yilning  29-30  avgustida  bo‘lib  o‘tgan  Oliy 
Majlisning VI  sessiyasi  yangi  bir  davrni boshlab  berdi,  deyish  mumkin.  Birinchi Prezidentimiz 
Islom  Karimovning  "Hozirgi  bosqichda  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim 
vazifalari  to‘g‘risida"gi  ma’ruzasi  jamiyatga  yangicha  demokratik  ruh  bag‘ishladi.  Ma’ruzada 
haqiqiy  demokratiyaning  zarur  va  qonuniy  belgisi  bo‘lgan  tub  ma’nodagi  ko‘ppartiyaviylikni 
shakllantirish uchun jamiyat siyosiy tizimini yangilashning nazariy asoslari belgilab berildi. 


67 
 
Mamlakatda  bozor  iqtisodining  rivojlanishi,  moliyaviy  infrastruktura  tizimining  qaror 
topishi,  ishlab  chiqarishning  takomillashuvi,  xususiy  mulkdorlar  qatlamining  o‘sishi  natijasida 
jamiyatda  yangi  siyosiy  qatlam  vujudga  keldi.  Bu  qatlam  jamiyat  rivojini  modernizatsiya 
qilishga  qodir  bo‘lgan  ishbilarmonlar  va  tadbirkorlar  edi.  Ular  innavatsion  g‘oyalarni 
umumlashtiradigan,  o‘z  maqsadlarini  jamiyat  manfaatlari  bilan  uyg‘unlashtiradigan  siyosiy 
birlashmaning  vujudga  kelishiga  zamin  yaratadi.  SHunday  qilib,  2003  yil  15  noyabrda 
Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  -  O‘zbekiston  Lebiral  Demokratik  partiyasiga  asos 
solinadi. 
Sobiq  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  siyosatining  oqibatida  atrof-muhitga  bepisand 
munosabatda bo‘lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish oqibatida o‘simlik va hayvonot 
dunyosining  genofondiga  salbiy  ta’siri,  biologik  xilma-xillikning  qisqarishi,  katta  hajmdagi 
sanoat  va  boshqa  tur  chiqindilarning  hosil  bo‘lishi,  cho‘llanish,  er  va  suv  resurslarining 
degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda echilishi zarur bo‘lgan 
ekologik  muammolar  o‘z  echimini  kutib  yotgan  edi.  Aynan  shu  kabi  muammolarni  hal  etishga 
qaratilgan  siyosiy  kuch  sifatida  2008  yilning  2  avgustida  O‘zbekiston  ekologik  harakati  tashkil 
etiladi.  Ta’kidlash  lozimki,  tashkil  topgan  har  bir  siyosiy  tashkilot  va  mazkur  Harakat  davr  va 
ijtimoiy  sharoit  taqozosi  va  jamiyat  talablari  asosida  vujudga  kelganligini  kuzatamiz.  YA’ni, 
unda o‘zib ham, ortda qolib ketmaslik - bu evolyusion yo‘lning sharti. 
Mamlakatda  ko‘ppartiyaviylik  tizimining  huquqiy  asoslarini  mustahkamlashda  saylov 
instituti  va  uni  huquqiy  jihatdan  rivojlantirishga  qaratilgan  xatti-harakatlar  alohida  o‘rin  tutadi. 
1993  yil  28  dekabrda  qabul  qilingan  "O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylovlar 
to‘g‘risida",  1994  yil  5  mayda  qabul  qilingan  "Viloyat,  tuman,  va  shahar  xalq  deputatlari 
kengashiga  saylovlar  to‘g‘risida"gi  va  "Fuqarolarning  saylov  huquqi  kafolatlari  to‘g‘risida”gi 
qonunlar negizida Oliy Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka asoslangan ilk saylovlar 1994 
yil 25 dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamentarizmi tarixida yangi davrni ochib berdi.  
O‘zbekistonda  ko‘ppartiyaviylik  tizimining  qaror  topishi  va  siyosiy  partiyalar 
takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar 
to‘g‘risida”gi  qonun  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Qonun  17  moddadan  iborat  bo‘lib,  unda 
siyosiy  partiyalarning  demokratik  qonunlar  asosida  faoliyat  yuritishlari  uchun  etakchi  va  ilg‘or 
mamlakatlar  mezonlari  talablaridarajasidagi  huquqiy  asoslar  kiritildi.  Masalan,  qonunning  12-
moddasida  siyosiy  partiyalarning  huquqlari  aniq  va  ravshan  ko‘rsatib  berilgan.  Ushbu  qonun 
siyosiy  partiyalarni  tuzish,  ularning  faoliyat  ko‘rsatishi,  partiyaga  a’zolik,  partiya  faoliyatining 
kafolatlari,  uning  ustavini  ro‘yxatga  olish,  partiyalarning  mulkiy  munosabatlariga  doir  barcha 
huquqiy  maqomlarining  mujassamlashgani  O‘zbekistonda  ko‘ppartiyaviylik  tizimini  qaror 
toptirishda muhim o‘rin tutdi. 
O‘zbekistonda  ko‘ppartiyaviylik  tizimining  tadrijiy  rivoji  shundan  dalolat  bermoqdaki, 
mustaqillik  yillarida  mamlakatda  demokratik  saylovlarning  huquqiy  asoslari  yaratildi  va 
saylovlar  to‘g‘risidagi  qonunlar  hayotda  o‘z  ifodasini  topmokda.  SHu  bilan  birga,  saylov 
kampaniyalari davri siyosiy partiyalar uchun siyosiy kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va 
huquqiy madaniyatlari yuksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.  
O‘zbekistonda hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil 27 yanvarida 
o‘tkazilgan  referendumga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  ikki  palatali  parlament  tizimiga 
o‘tkazildi.  Bunday  o‘zgarish  to‘g‘risidagi  qaror  mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  yangi 


68 
 
sahifani  ochib  berdi.  Uning  natijalariga  binoan  Oliy  Majlisning  VIII  sessiyasida  «Referendum 
yakunlari  hamda  davlat  hokimiyati  tashkil  etilishining  asosiy  prinsiplari  to‘g‘risida»gi  konsti-
tutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati  to‘g‘risida»  va  «O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi 
to‘g‘risida»gi  konstitutsiyaviy  qonunlar  qabul  qilindi.  Mazkur  qonunlar  Oliy  Majlis 
palatalarining  maqomini,  ularni  shakllantirish  tartibini,  vakolatlarini,  o‘zaro  hamda  boshqa 
hokimiyat  organlari  bilan  hamkorlik  qilish  mexanizmlarini  aniqlab  berdi.  Amalga  oshirilgan 
islohotlar  natijasida  hokimiyatlar  o‘rtasidagi  muvozanatning  tashkil  etilishi  ta’minlandi.  Qonun 
chiqaruvchi  vakillarning  nafaqat  mas’uliyati,  balki  professional  darajasi  oshdi.  Hududiy 
manfaatlar va ularning aniq himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol va ma’muriy 
usulidan o‘zaro teng hamkorlik mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati ustidan deputat nazorati 
qonunga  muvofiq  o‘rnatildi.  Senator  va  deputatni  chaqirib  olish,  ayni  paytda,  uning  maqomi 
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.  
2006  yil  9  noyabrda  qabul  qilingan  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 
demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 
kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bu  yo‘lda tashlangan dastlabki qadamlarning 
tabora  kengayishiga  sharoit  yaratdi.  Unga  muvofiq  Xalq  deputatlari  viloyat,  shahar 
kengashlaridagi  siyosiy  partiyalarning  deputatlik  guruhlari  bilan  maslahatlashib,  viloyat  va 
Toshkent shahar hokimi nomzodlari Prezident tomonidan xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash 
uchun taqdim etiladi. Bunda hokim faoliyatini nazorat qilish va qoniqarsiz deb topilgan hollarda 
vazifasidan  ozod  qilish  bo‘yicha  tavsiya  kiritish  huquqlari  beriladi.  Mazkur  konsepsiya 
konstitutsion  qonunning  uzviy  davomi,  uni  rivojlantiruvchi  keyingi  bosqich  sifatida 
takomillashib  kelayotganligini  kuzatamiz.  Bu  o‘z  o‘rnida  O‘zbekistonda  davlat  hokimiyatini 
shakllantirishda siyosiy partiyalarning bevosita ishtirokining oshishiga olib keldi.  
YUrtboshimiz  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va 
Senatining  2010  yil  12  noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  qo‘shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda 
demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 
konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida davlatimizning yaqin va uzoq istiqboliga mo‘ljallangan evolyu-
sion  rivojlanishning  mantiqiy  davomi  bo‘lib,  bu  yangi  bir  davrni  boshlab  berdi.  Jumladan, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  nomzodi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik  palatasiga  saylovlarda  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rnini  olgan  siyosiy  partiya  yoki  teng 
miqdordagi  deputatlik  o‘rinlarini  qo‘lga  kiritgan  bir  necha  siyosiy  partiyalar  tomonidan  taklif 
etilishi  demokratik  islohotlar  yo‘lidagi harakatlarimizning izchilligini  yana  bir  bora  tasdiqlaydi. 
Bunda  siyosiy  partiyalarning  hokimiyat  uchun  kurashish  va  ularni  shakllantirish  borasidagi 
faoliyatlari  uchun  jamiyatda  real  siyosiy  maydonning  huquqiy  asoslari  yaratiladi.  Ayni  paytda, 
siyosiy  partiyalar  o‘z  dasturiy  vazifalarini  amalga  oshirishda  partiyalararo  raqobat  muhitining 
yanada  kuchayishiga,  sog‘lom  siyosiy  muxolifatlarning  vujudga  kelishiga  hamda  demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlatirishga xizmat qiladi. 
Mazkur  Konsepsiyaning  5-bo‘limi  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  shakllantirish  va 
rivojlantirishga bag‘ishlandi. 
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu 
makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, 
aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada 
ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari 


69 
 
kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida 
amal qiladi”
62


Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish