Birinchidan,
«Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida» Qonun bugun mamlakatda ijro etish bilan
bog‘liq, asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari zimmasida bo‘lib kelayotgan bir qator
vazifalar va ular bo‘yicha vakolatlarga egalikda davlat – jamiyat sherikchiligini ifodalaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
dasturlarini
amalga
oshirishda
ularni
loyihalashtirish,
tashkillashtirish, tartibga solish, boshqarish, nazorat qilish bo‘yicha vazifalar va vakolatlarning
bir qismi fuqarolik jamiyati institutlari zimmasiga o‘tishi bir tomondan davlat va jamiyat
boshqaruvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirsa, ikkinchi
tomondan bu fuqarolik jamiyatiga o‘tish talablaridan birining hal etilishini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |