Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

qayg‘uradi». 
Shunga  bog‘liq  ravishda  g‘arb  tadbirkorlarining  muvaffaqiyatga 
erishish formulasi juda hamoddiy: 
«mablag‘ - harakat - malakalilik - odamiylik» 


348 
 
 Insonlar  orasida  yaxshi  odam  degan  fikr  uyg‘otish  juda  ham  murakkab, 
buning uchun o‘nlab yillar ketishi mumkin. Buni ko‘pincha reputatsiya yoki imidj 
deb  atashadi,  ya’ni,  ma’lum  bir  insonning  jamiyatdagi  bahosi,  hurmati,  e’tibori 
qanday,  unga  boshqa  insonlar  qanday  muomala  qiladilar.  Lekin,  ushbularni 
birgina  qaltis  harakat,  gap  yoki  ish  bilan  bir  zumda  va  tamomila  yo‘qotish 
mumkin.  Masalan,  biror-bir  ishni  o‘z  vaqtida  bajarmadingiz,  vaqtida  birovga 
qo‘ng‘iroq  qilmadingiz,  xatiga  javob  bermadingiz,  odobsizlik  namunalarini 
bisyor  qilib  ko‘rsatdingiz  va  hokazolar.  Reputatsiyani  yuqori  darajada  ushlab 
turish  uchun  hamma  narsa  muhimdir.  Masalan,  kiyinish  madaniyati,  gapirish 
madaniyati,  jamoada  o‘zini  tutish  madaniyati,  ofisning  ko‘rinishi  va  intereri 
hamda  boshqa  bir  qancha,  ko‘rinishdan  mayda-chuyda  tuyulgan  elementlar  juda 
katta  va  hal  qiluvchi  ahamiyatga  molik  bo‘lib  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun, 
ham etakchi tadbirkorlarning quyidagi fikriga qo‘shilmasdan aslo ilojimizyo‘q: 
“Foyda  biz  uchun  juda  muhim,  lekin,  jamiyatdagi  obro`-e’tiborimiz 
bizga undan ham muhimdir” 
Barchaning  ko‘ziga  birinchi  bor  va  yaqqol  tashlanadigan  liboslar  va 
kiyinish  madaniyati  qisqacha  haqida  so‘zlashib  olamiz.  Ko‘pchilikka  ma’lumki, 
ko‘p  joylarda  Sizni  kiyimingizga  qarab  kutib  olishadi  yoki  mulozamat  qilishadi. 
«
To‘nim  eya  qol
»  degan  maqolni  eslang.  Sizning  kiyimingiz,  tashqi 
ko‘rinishingiz  Sizning  o‘ziga  xos  va  juda  muhim  tashrif  qog‘ozingiz  bo‘lib 
xizmat  qilishi  hech  kimga  ham  sir  emas.  Biror-bir  kishi  bilan  uchrashganda, 
uning  bir  og‘iz  ham  gapini  eshitmasdan  turib,  uning  kiyimi,  ko‘rinishi  va  o‘zini 
tutishiga  qarab,  u  to‘g‘risida  ma’lum  bir  tushunchaga  ega  bo‘lishingiz  mumkin. 
Shuning uchun, ham ko‘pgina muvaffaqiyatli ish yuritayotgan va rivojlanayotgan 
firmalar  o‘z  xodimlaridan  chiroyli  kiyinishni  hamda  o‘z  tashqi  ko‘rinishlarini 
yaxshi  saqlashni  talab  qiladilar.  Bunda  tashqaridan  tashrif  buyurgan  insonlar 
kompaniya xodimining tashqiko‘rinishini tashkilotning jonli timsoli 
sifatida qabul qiladilar. 


349 
 
Ishbilarmon  va  muvaffaqiyat  qozonayotgan  inson  harakatchan  bo‘lib, 
unda  faqat  o‘zininggina  emas,  balki  boshqalarning  ham  muvaffaqiyatini 
ta’minlab  berish  uchun  yetarli  bo‘lgan  kuch  va  ichki  energiya  mavjuddir.  Agar, 
Sizda  o‘zingizning  tashqi  ko‘rinishingizni  sarishta  qilib  yurishga  vaqt,  kuch  va 
imkoniyat  hamda  aql-farosat  topilgan  ekan,  demak,  Siz  haqiqatan  ham 
muvaffaqiyat  qozonishi  aniq  bo‘lgan  insonsiz.  Yaxshi  va  sarishta  kiyingan 
holatda  Siz  o‘zingizning  fikringiz  va  qalbingizdagi  idealga  tobora  yaqinlashasiz, 
ya’ni, shu kiyimingiz bilan shu bugunning o‘zida o‘zingiz intilayotgan ideal sifat 
bo‘lib qolasiz. 
Sizning  asosiy  vazifangiz  har  bir  turga  mansub  insonlar  ichki  dunyosiga  yo‘l 
topish, ularga o‘zingizni muvaffaqiyat qozonishi aniq bo‘lgan va ishonchli inson 
sifatida ko‘rsatishdir. Xuddi shu vaqtning  o‘zida ular Sizni o‘zlaridek omadli va 
aqlli  deb  qabul  qilishlariga  intilishingiz  lozim.  Boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda, 
Siz  o‘zingizni  shunday  ko‘rsatishingiz  kerakki,  ular  Sizda  o‘z  ideallarining  bir 
qismini  ko‘rsinlar.  Ustki  kiyimning  did  bilan  tanlanishi  bu  holda  katta  yordam 
beradi.  Agar,  Siz  qanday  turdagi  insonlar  orasiga  borishingizni  oldindan 
bilsangiz,  iloji  boricha  ular  kabi  va  o‘sha  erda  qabul  qilingan  libos  tanlash  va 
kiyinish  harakatini  qiling,  shunda  ular  Sizni  o‘z  odamlaridek  qabul  qiladilar. 
Agarda,  bunga  qo‘shimcha  ravishda  salgina  did  bilan  kiyinsangiz,  Sizni  juda 
ham omadli inson sifatida qabul qiladilar. Kezi kelganda shuni ham aytib  o‘tish 
kerakki,  boy  insonlar  bilan,  davlat  apparati  xodimi  bilan,  uy  bekasi  yoki  talaba 
bilan  uchrashuvga  borilganda,  albatta,  shunda  mos  ravishda  kiyinish  lozim 
bo‘ladi.  Lekin,  shuni  ham  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  qimmat  va  didsiz 
kiyingandan ko‘ra, oddiy, lekin, did bilan tanlangan libos kiyish ma’qulroqdir.  
Insonning  o‘zini  tutishi,  mimikasi  va  o‘tirish  usuli  ham  muzokaralar 
natijasining  ijobiy/pozitiv  va  muvaffaqiyatli  bo‘lishiga  bevosita  ta’sir  qiladi.  Siz 
bilan  muzokara  olib  borayotgan  tomonning  ruxiy/psixologik  holatiga  Sizning  u 
yoki bu harakatingiz ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Avvalo, Sizning 
emotsional  holatingiz  unga  bevosita  ta’sir  o‘tkazadi.  Agarda  Siz  unga  nisbatan 


350 
 
sokin  va  qiziqish  munosabatida  bo‘lsangiz,  u  ham  Sizga  shunday  munosabatda 
bo‘ladi.  Mabodo  Siz  unga  nisbatan  qo‘rqinch,  ishonchsizlik  bilan  muomala 
qilsangiz,  unga  ham  bu  munosabat  virusli  kasallikka  o‘xshab  o‘tib  qolishi 
mumkin.  Oyoqlarni  chalishtirib  o‘tirish,  qo‘llarni  ko‘krakda  birlashtirib  o‘tirish, 
barmoqlarni  musht qilib tugish  insonning  xarakteri ochiq emasligini, qo‘rqinchni 
va  x  avfni  bildiradi.  Qo‘l  bilan  tez-tez  harakatlar  qilish,  ko‘rsatgichbarmoqbilan 
so‘zini tasdiqlash  muzokara olib borilayotgan tomonga qo‘shimcha  manfiy  ta’sir 
ko‘rsatadi. Ishonch va yaqinlik xissiyotlari qo‘lni ochiq tutish bilan, tana a’zolari 
harakatlarini  engillik  bilan  bajarish  orqali  va  o‘zini  sokin  tutish  bilan  hosil 
qilinishi  mumkin.  Agarda  harakatlar  yurakdan  chiqarilsa,  u  sahiylikni,  ko‘ngli 
tozalikni  va  sevgini  bildiradi.  Sevgi  bor  joyda  hasadga  va  qo‘rqinchga  joy  yo‘q 
deb  bejiz  aytmaganlar,  albatta,.  «

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish