Kichik aylanish Yerda hayot mavjud bo’lish uchun
zarur sharoit hisoblanadi.
Agarda moddalar aylanish xususiyatiga ega bulmaganda,
tirik organizmlar biosferadagi mavjud Yer resurslarini yuz
millionlab yil oldin qachonlardir tugatgan bo’lardi, chunki har
qanday elementning zahirasi tugaydi. Zahirasi tugaydigan
xususiyatini tugamaydigan holatga o’tkazishning birdan-bir usuli
V.R. Vilyams aytib o’tganidek,- uni yopiq egri chizik bo’yicha
aylanishga majbur etish, ya‘ni uni aylanishga jalb qilish kerak.
Shunday cheksizlikni filosof Gegel «yaramas» deb atagan;
shunday bo’lsada, u tabiatda haqiqiy mavjud bo’ladi va Yerda
hayot so’nmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |