7.9 Evolyutsiyani tashqi omillarining ba‘zi bir umumiy
qonuniyatlari.
Yuqorida bayon qilingan ma‘lumotlar quyidagi
umumiy xulosalar qilishga imkon beradi.
Birinchidan, evolyutsiyaning hamma tashqi omillari
bir-biri bilan o’zaro bog’liq, ulardan ba‘zilari esa biosfera
bilan teskari aloqada.
Ikkinchidan
«biosferaning
antropogengacha
evolyutsiyasi, chamasi asosan, ikkita tashqi omilga –
atmosfera tarkibiga ta‘sir etgan Quyosh radiatsiyasining
o’zgarishiga va tektonik jarayonlarga bog’liq. Bundan
tashqari, biosferaga boshqa kosmik omillar – katta
meteoritlarning qulashi ta‘sir etgan bo’lishi mumkin» (Budiko
1982, 70 b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |