O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

44-modda. Royalti
Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun to‘lovlar royalti
deb e’tirof etiladi, shu jumladan:
san’at, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalariga, chizmaga,
dizaynga  yoki  modelga,  rejaga,  maxfiy  formulaga,  texnologiyaga  yoki  jarayonga,  audiovizual


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
28/333
asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va fonogrammalarga bo‘lgan
mualliflik huquqlari;
patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga o‘xshash turlari;
sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika sohasidagi
intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari to‘g‘risidagi, ilgarigi
tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan qo‘llaniladigan, shuningdek (uning
uchinchi  shaxslarga  ma’lum  emasligi  tufayli)  haqiqiy  yoki  potensial  tijorat  qiymatiga  ega  bo‘lgan
sanoat,  tijorat  yoki  ilmiy  xususiyatga  ega  axborot  (agar  bunday  ma’lumotlardan  qonuniy  asosda
erkin  foydalanish  imkoniyati  uchinchi  shaxslarda  mavjud  bo‘lmasa)  va  uning  oshkor  etilishi
natijasida iqtisodiy naf olish mumkin bo‘lsa, bu axborot nou-xau deb tushuniladi.
Quyidagilar uchun to‘lanadigan to‘lovlarga royalti sifatida qaralmaydi:
1)  kompyuter  dasturlaridan  foydalanganlik  (shu  jumladan  dasturni  joylashtirilgan  ichki
imkoniyatlardan  foydalangan  holda  sozlash  yo‘li  bilan  moslashtirish),  agar  foydalanish  shartlari
bunday  dasturning  mo‘ljallangan  funksional  maqsadi  bilan  cheklangan  va  uni  takrorlash  bunday
foydalanish uchun zarur bo‘lgan ko‘chirma nusxalar soni bilan chegaralangan bo‘lsa;
2)  shaxsning  foydalanishi,  egalik  qilishi  va  (yoki)  tasarruf  etishi  uchun  ushbu  qismning 
1-
bandida
 belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari o‘zida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni
(shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik;
3)  kompyuter  dasturlarini  va  ma’lumotlar  bazalarini  (hisoblash  texnikasining  dasturiy
vositalarini va axborot mahsulotlarini) ishlab chiqish, shuningdek dasturlarni o‘rnatish, ularga ishlov
berish va ularni sozlash, moslashtirish va modifikatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik;
4) buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish natijasi hisoblanadigan,
yangi olingan, sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega bo‘lgan axborotdan foydalanganlik;
5)  dasturiy  mahsulotning  nusxalarini  ularni  takrorlash  huquqisiz  yoki  agar  ularni  takrorlash
yakuniy  iste’molchi  tomonidan  foydalanish  bilan  cheklangan  bo‘lsa,  tarqatishga  bo‘lgan  huquqni
o‘tkazganlik.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish