11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
35/333
to‘lash yoki ularni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan eng kechrog‘i
tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb e’tirof etiladi.
REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini
qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham o‘zgartirilishi mumkin. REPOning ikkinchi
qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo
shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan bo‘lsa va agar
REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar
bajarilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida bajarilgan bo‘lsa, REPO operatsiyalari deb e’tirof etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring tashkiloti
orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning ikkinchi qismi
bajarilishi sanasining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining (birjaning) yoki
kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday o‘zgartirilishi ushbu
modda maqsadida REPO muddatini o‘zgartirish deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chog‘ida aniqlanadi va u
qat’iy belgilangan yoki hisob-kitobli bo‘lishi mumkin.
REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi
kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Agar REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishga (sotib
olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida to‘liq yoki qisman
bajarilmasa va o‘zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili o‘tkazilmasa, REPOning ikkinchi qismi,
agar ushbu moddaning
oltinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, lozim
darajada bajarilmagan deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof
etilmaydi:
1) REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini bajarishning
taraflar tomonidan kelishgan sanasidan e’tiboran o‘n kun ichida bajarish;
2) majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yo‘li bilan bajarish
(tugatish):
Oldingi
tahrirga qarang.
a) agar bunday talablar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan shartnomalarning namunaviy
shartlariga mos bo‘lgan bosh kelishuv (yagona shartnoma) shartlari asosida tuzilgan
shartnomalardan kelib chiqadigan bo‘lsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat
summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa;
(52-modda o‘n ikkinchi qismi 2-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
b) agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining
shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan bo‘lsa. Bunda muqobil talablarni
hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa.
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi soliq solish
maqsadida qayta tavsiflanishi lozim.
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq to‘lovchi tomonidan
quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qo‘yiladigan talablarga va (yoki) REPO
operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qo‘yiladigan talablarga rioya etilmaganda;
(52-modda o‘n to‘rtinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) repo shartnomasi bekor qilinganda;
3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda.
11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
36/333
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash uchun
asos bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi.
REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta
tavsiflash chog‘idagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: