O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

45-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori
Tabiatning  yoki  inson  faoliyatining  (shu  jumladan  intellektual  faoliyatning)  qiymat  bahosiga
ega bo‘lgan va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan har qanday predmeti tovar deb e’tirof etiladi.
Tovarlar  deb,  xususan,  elektr  energiyasi,  ma’lumotlar  bazasi,  axborot,  intellektual  faoliyat
natijalari, shu jumladan ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar e’tirof etiladi.
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb e’tirof etiladi.
Nomoddiy xususiyatga ega bo‘lgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka qaratilgan va
ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bog‘liq bo‘lmagan holda muomalada bo‘lishga qodir
(oldi-sotdi  shartnomasining  obyekti  yoxud  shartnomada  yoki  boshqa  tasdiqlovchi  hujjatda
ko‘rsatilgan,  ushbu  mulkiy  huquqqa  egalik  qilish,  undan  foydalanish  hamda  uni  tasarruf  etish
huquqiga  ega  bo‘lgan,  o‘z  mulkdoridan  o‘zga  shaxsga  boshqacha  tarzda  o‘tkazish  obyekti  bo‘lishi
mumkin bo‘lgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb e’tirof etiladi.
Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga talab qo‘yish
huquqi,  xo‘jalik  jamiyatining  ustav  fondida  (ustav  kapitalida)  ishtirok  etish  ulushi,  qimmatli
qog‘ozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqi,
shuningdek  huquqlarning  zamirida  yotgan  mol-mulk  bilan  bog‘liq,  sotilishi  yoki  o‘z  mulkdoridan
o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan boshqa turlari.
Ashyoning o‘zini o‘tkazmay turib, mustaqil muomalada bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ashyoviy
huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi mumkin.
(45-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
29/333
Boshqa  shaxslarning  ehtiyojlarini  qanoatlantirishga  qaratilgan  mahsulotlarni  (moddiy  yoki
nomoddiy)  ishlab  chiqarishga  doir  tadbirkorlik  faoliyatining  turlari,  shuningdek  boshqa  shaxslar
uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb e’tirof etiladi.
Jismoniy  shaxslarning  ish  beruvchi  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  doirasidagi  faoliyati
xizmatlar jumlasiga kirmaydi.
Bir  xil  xususiyatli  asosiy  belgilarga  ega  bo‘lgan  tovarlar  (xizmatlar)  soliq  solish  maqsadida
aynan o‘xshash tovarlar (xizmatlar) deb e’tirof etiladi.
Tovarlarning  aynan  o‘xshashligini  aniqlashda  bunday  tovarlarning  tashqi  ko‘rinishidagi
arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin.
Tovarlarning  aynan  o‘xshashligini  aniqlashda  ularning  fizik  xususiyatlari,  sifati,  mo‘ljallangan
vazifasi,  kelib  chiqqan  mamlakati  va  ishlab  chiqaruvchisi,  uning  bozordagi  ishbilarmonlik  obro‘si
hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi.
Xizmatlarning  aynan  o‘xshashligini  aniqlashda  bajaruvchining  (pudratchining)  xususiyatlari,
uning bozordagi ishbilarmonlik obro‘si va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi.
Aynan  o‘xshash  bo‘lmagan  holda,  bir  xil  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  hamda  ayni  bir  vazifani
bajarish imkoniyatini beradigan o‘xshash tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan va (yoki) tijorat jihatidan
bir-birining o‘rnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir turdagi tovarlar
deb e’tirof etiladi.
Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqeyi, tovar belgisi, kelib
chiqqan mamlakati hisobga olinadi.
Aynan o‘xshash bo‘lmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan bir-
birining  o‘rnini  bosish  imkoniyatini  beradigan  bir  xil  xususiyatlarga  ega  xizmatlar  bir  turdagi
xizmatlar deb e’tirof etiladi.
Xizmatlarning  bir  turdaligini  aniqlashda  ularning  sifati,  tovar  belgisi,  bozordagi  mavqeyi,
shuningdek  turlari,  hajmlari,  noyobligi  va  tijorat  jihatidan  bir-birining  o‘rnini  bosa  olishi  hisobga
olinadi.
Tovarlarning muomalada bo‘lish sohasi tovarlar bozori deb e’tirof etiladi, bu soha xaridorning
(sotuvchining)  bu  tovarlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yoki  uning  hududidan  tashqarida
uncha  ko‘p  bo‘lmagan  qo‘shimcha  xarajatlarsiz  olish  (realizatsiya  qilish)  imkoniyatidan  kelib
chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda belgilanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish