O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

285-modda. Soliq bazasi
Soliq  bazasi  belgilangan  soliq  stavkalariga  qarab  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning
(xizmatlarning) har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada
belgilangan  bo‘lsa,  soliq  bazasi  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning  (xizmatlarning)  naturada
ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishlab  chiqarilayotgan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarga  (xizmatlarga)  soliq  stavkalari  foizlarda
(advalor)  belgilangan  bo‘lsa,  soliq  bazasi  bo‘lib  realizatsiya  qilingan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning
(xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo‘lmagan qiymati hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to‘lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki
boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha
soliq bazasi ushbu moddaning 
ikkinchi
 va 
uchinchi qismlarida
 belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qaytarib  berish  sharti  bilan  qayta  ishlangan  xomashyo  va  materiallardan  ishlab  chiqarilgan
aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir
ishlarning  qiymatini  hamda  qaytarish  sharti  bilan  qayta  ishlangan  xomashyo  va  materiallarning
qiymatini o‘z ichiga oladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat
bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning 
ikkinchi
 va
uchinchi  qismlarida
  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning
naturada  ifodalangan  hajmidan  hamda  realizatsiya  qilingan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning
qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
197/333
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chetdan  olib  kirilayotgan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarga  nisbatan  foizlardagi  (advalor)  soliq
stavkalari  belgilangan  bo‘lsa,  soliq  bazasi  bojxona  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq
belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi.
(285-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Olib  kirilayotgan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarga  nisbatan  qat’iy  belgilangan  soliq  stavkalari
belgilangan  bo‘lsa,  soliq  bazasi  import  qilingan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning  natura  holidagi
hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Olib  kirilayotgan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarga  nisbatan  qat’iy  belgilangan  va  advalor  soliq
stavkalaridan  iborat  bo‘lgan  aralash  soliq  stavkalari  belgilangan  bo‘lsa,  soliq  bazasi  bojxona
qonunchiligiga  muvofiq  belgilanadigan,  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning  naturada  ifodalangan
hajmidan  va  (yoki)  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning  bojxona  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq
belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(285-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Benzinni,  dizel  yoqilg‘isini  va  gazni  yakuniy  iste’molchilarga  realizatsiya  qilish  chog‘ida
realizatsiya  qilingan  va  (yoki)  shaxsiy  ehtiyojlar  uchun  foydalanilgan  benzinning,  dizel  yoqilg‘isi  va
gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish