O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


XI BO‘LIM.  AKSIZ SOLIG‘I



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

XI BO‘LIM. 
AKSIZ SOLIG‘I
40-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
283-modda. Soliq to‘lovchilar
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb
quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
1)  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  aksiz  solig‘i  solinadigan  tovarlarni  (aksiz  to‘lanadigan
tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3)  benzin,  dizel  yoqilg‘isini  yakuniy  iste’molchilarga  realizatsiya  qilishni,  shu  jumladan
avtomobillarga  yoqilg‘i  quyish  shoxobchalari  orqali,  shuningdek  gazni  gaz  to‘ldirish  stansiyalari  va
gaz  to‘ldirish  punktlari  orqali  realizatsiya  qilishni  amalga  oshiruvchilar.  Ushbu  bo‘limni  qo‘llash
maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz
oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
(283-modda  birinchi  qismining  3-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  30-dekabrdagi  O‘RQ-
659-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son —
2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4)  oddiy  shirkat  ishtirokchisi  bo‘lgan,  oddiy  shirkat  shartnomasi  doirasida  amalga
oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy
shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5)  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududi  orqali  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  olib
o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof
etiladi.
(283-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Quyidagilar ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
195/333
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2)  O‘zbekiston  Respublikasida  faoliyatni  doimiy  muassasa  orqali  amalga  oshiradigan,  aksiz
solig‘i  solinadigan  tovarlarni  ishlab  chiqaruvchi  yoki  shunday  tovarlarni  olib  kirishni  amalga
oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish