O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq solish obyekti



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

284-modda. Soliq solish obyekti
Aksiz  solig‘i  (bundan  buyon  ushbu  bo‘limda  soliq  deb  yuritiladi)  solinadigan  obyektlar
quyidagilardan iborat:
1)  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  realizatsiya  qilish,  shu  jumladan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni
boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:
tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish;
garov  bilan  ta’minlangan  majburiyat  bajarilmagan  taqdirda,  garovga  qo‘yilgan  aksiz
to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish;
aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  (xizmatlarni)  jismoniy  shaxslarning  mehnatiga  haq  to‘lash  yoki
dividendlar to‘lash hisobidan berish;
2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida
yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning
(ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
a)  ishtirokchiga  (muassisga)  u  yuridik  shaxs  tarkibidan  chiqqan  (chiqib  ketgan)  taqdirda
yoxud  yuridik  shaxsda  ishtirok  etish  ulushi  kamayganda  yoki  yuridik  shaxs  tomonidan
ishtirokchidan  ushbu  yuridik  shaxsda  ishtirok  etish  ulushi  (ulushning  bir  qismi)  qaytarib  sotib
olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar
qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4)  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  qaytarish  sharti  bilan  qayta  ishlash  uchun  topshirish,
shuningdek  qaytarish  sharti  bilan  berilgan  xomashyo  va  materiallarni  qayta  ishlash  mahsuli
bo‘lgan,  shuningdek  aksiz  to‘lanadigan  shunday  xomashyo  va  materiallarning  mahsuli  bo‘lgan,
aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  qaytarish  sharti  bilan  berilgan  xomashyo  va  materiallarning
mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan
o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
8) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish;
9)  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  ishlab  chiqarilgan  va  (yoki)  O‘zbekiston
Respublikasining  bojxona  hududiga  import  qilinadigan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarning  buzilishi,
yo‘qotilishi,  bundan  favqulodda  vaziyatlar  natijasida  yuzaga  kelgan  hollar  mustasno.  Aybdor
tomonidan  tovarning  qiymati  sug‘urta  orqali  to‘langan  yoki  uning  o‘rni  qoplangan  taqdirda,  aksiz
solig‘i sug‘urta orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya
qilish, bundan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab
chiqarilgan,  qayta  ishlash  mahsuli  bo‘lgan  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  keyinchalik  O‘zbekiston
Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
196/333
3)  ixtisoslashtirilgan  gaz  ta’minoti  korxonalari  orqali  aholiga  suyultirilgan  gazni  maishiy
ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibda
insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
davlatlar,  hukumatlar,  xalqaro  tashkilotlar  orqali  xayriya  yordami  maqsadida,  shu  jumladan
texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
agar  ular  olib  kirilayotganda  soliqdan  ozod  etilishi  qonunda  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  xalqaro
moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
(284-modda  ikkinchi  qismi  4-bandining  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil
30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
5)  aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududiga  soliq
solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib
kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi;
(284-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) 
vakolatli 
davlat 
organining 
yozma 
shakldagi 
tasdig‘i 
bo‘lgan 
taqdirda,
telekommunikatsiyalar  operatorlari  hamda  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tizimining  texnik  vositalarini
sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining
texnik vositalari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
7)  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  turistik  yo‘nalishlarda  tashkil  etilgan  degustatsiya
hududlarida  (joylarida)  realizatsiya  qilinadigan  tabiiy  vino  (shisha  idishdagilardan  tashqari)
mahsulotlariga.
(284-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuniga 
asosan  7-band  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish