Sifat
– mahsulotga mujasamlangan kimyoviy, fizik, mexanik va boshqa iste’mol
xususiyatlari majmuasi.
Smenalilik koeffitsienti
–uskunalarning vaqt bo‘yicha ish bilan ta’minlash darajasi
ko‘rsatkichi; kun davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o‘rnatilgan barcha
smenalar soniga nisbati.
Standartlashtirish
- ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish
maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo‘llash. Uning
natijasi hujjatlar, standartlar, yo‘riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |