CHiziqli (pog‘onali) tuzilma
– boshqaruv tuzilmasining eng sodda turi bo‘lib, bunda
boshqaruvning barcha vazifa-topshiriqlari korxona rahbari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri va
pog‘onama-pog‘ona (daraxsimon tarzda) tarqaladi.
Ehtiyoj–
biror narsaga kamchilik sezishning jismoniy yoki ruhiy ichki ahvoli. Bazisli
ehtiyojlar jismoniy (fiziologik) ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, oziq-ovqatga, ichimlikka,
issiqlikka bo‘lgan ehtiyojlar kiradi. Ruhiy ehtiyojlarga jamiyat yoki guruh odamlari uchun
tegishli bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |