Funksional tuzilma
- rahbarlar va bo‘g‘inlarni har xil vazifalarda, aniq bo‘linmalardagi
boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan boshqaruv tuzilmasi.
Xolding kompaniyasi
- o‘z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga
rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aksiyalarini sotib olish orqali foyda
ko‘ruvchi aksiyadorlik kompaniyasi.
Xususiylashtirish
– davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa,
aksiyadorlik va xususiy mulkka o‘tkazishda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarish
jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |