Raqobatbardoshlik
– o‘z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirish va
bunda
ishlab
chiqarishni
ilmiy-texnik
jihatdan
takomillashtirish,
xodimlarni
rag‘batlantirish va mahsulot sifatining yuqori bo‘lishini ta’minlashga etarli bo‘lgan foyda
olish imkoniyati.
Reklama
– mahsulot (xizmat, ish)ni targ‘ibot qilish.
Reklamatsiya
- xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida etkazib berilgan tovar
sifati va miqdorining shartnomaga mos kelmasligi tufayli bildiruvchi da’vosi.
Rentabellik ostonasi
– bu sotuvchini shunday daromadiki, bunda u na xarajat, va na
foydaga ega bo‘ladi. Bunda yalpi marja doimiy xarajatlarni qoplashga etadi, xolos, hamda
foyda nolga teng bo‘ladi.
Sertifikat
- mas’ul idoralar tomonidan mahsulot (ish, xizmat)ni ekspertiza qilish asosida
beriluvchi, ma’lum bir mahsulot, ish yoki xizmat sifatini belgilovchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |