Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Tayanch iboralar: manifest, Nozirlar Kengashi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

 
Tayanch iboralar: manifest, Nozirlar Kengashi,
 
   
Ma‘lumki,  Xiva    xonligi    XIX    asr    ikkinchi  yarmida    yuz  bergan      Rossiya    imperiyasi   
bosqinidan  keyin   o‘z   mustaqilligidan  mahrum  bo‘lib, Rossiya  protektaratiga  aylanib  qolgan 
edi.Ular ichki siyosatda  nisbatan  mustaqil bo‘lsada, biroq  uning  xorijiy  davlatlar  bilan  bo‘ladigan  
tashqi    siyosiy    va    savdo-tijorat    aloqalari    Rossiya    hukumatining    to‘liq    nazoratida    amalgam  
oshiriladi. 
   
 Haqiqatan    ham  Xiva    xonligining    butun    ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy-xo‘jalik      hayotida  
Rossiya  mustamlakachiligi    siyosatining  kuchli ta‘siri   va  asorati   sezilib  turardi.Buning ustiga   
mamlakatning  xonidan  tortib    to  uning    son-sanoqsiz,  katta-yu  –kichik    amaldorlari      xalqqa  
keragidan ziyod   jabr-zulm  o‘tkazib kelardilar.Shu bois   xonlikda  ommaviy  norozilik   harakatlari  
to‘xtovsiz      yuzaga    kelib,kuchayib  bormoqda  edi.  Ayniqsa,    1917-yilgi      fevral  inqilobiy   
o‘zgarishidan  keyin  Xivada   ilg‘or  demokratik    harakatlar  avj oldi. Endilikda   Xiva  xonligi  
fevral  inqilobidan  foydalanib, o‘zini Rossiya  ta‘siridan xalos  etib, mustaqillik   maqomini  qo‘lga  
kiritishga    intildi.  Ayni    chog‘da    xonlikning    jafokash    xalqlari    hukmron    sinflar      va  tabaqalar  
zulmidan  qutilib, keng   demokratik   erkinliklar  va   huquqlarga  ega  bo‘lishga   umid bog‘ladilar. 
   
Xiva    xonligi    hududida    aholi    keng    ijtimoiy    qatlamlarining    demokratik    yo‘nalishdagi 
harakati  o‘sib    bordi.Ularning    sa‘y-harakatlariga    Yosh    xivaliklar    tashkiloti      rahnamolari   
yetakchilik  qildilar.  XX  asr    boshlarida    vujudga  kelgan  Yosh    xivaliklar    uyushmasi    o‘zining 
dastlabki   qadamlaridanoq  xonlikdagi  mustabid tuzumni   chuqur isloh qilish ,  xalqning  ahvolini  
yaxshilash, uning tub maqsad, manfaatlarini   ro‘yobga  chiqarish  uchun  kurash olib bordi.  1917-yil  
boshlarida    Rossiyada    bo‘lgan    o‘zgarishlar    ta‘sirida  Yosh    xivaliklarning  faoliyati    yanada  
kuchaydi. Ular o‘z dasturiy   vazifalarini  belgilab, xonlikdagi   siyosiy  vaziyatni  o‘zgartirish  va 
qator  muhim  demokratik    islohotlarni    amalgam  oshirishga    harakat  etdilar.  Shu  maqsadda    Yosh  
xivaliklar    rahbarlari  xonlikning  o‘ziga  xos  maxsus  xususiyatlaridan    kelib    chiqib,  tinchlik  yo‘li 
bilan, asta-sekin   mutlaq  monarxiya   tuzumidan   konstitutsion  monarxiya  boshqaruviga   o‘tishga  
qaratilgan    manifest  ishlab    chiqdilar.  Manifestda    xonning    vakolatlari   doirasini    cheklash,    uning 
xalqqa  nohaq  zulm  o‘tkazgan,    haddidan    oshgan    amaldorlarini    jazolash,  vazifalaridan    mahruz 
etish, ijtimoiy  hayotning  muhim sohalari- iqtisodiyot, ta‘lim  va madaniyat jabhalarini  isloh etish  
talablari  aks    ettirilgandi.  Xivadagi    ijtimoiy-siyosiy    vaziyat    keskin      tus  olayotgani,  keng  aholi  
qatlamlari    faol  harakatga      kelayotganini,  ommaviy    ko‘cha  namoyishlari    to‘xtamayotganini  
ko‘rgan Xiva xoni  Isfandiyorxon  murasyu-madoraga   borib  o‘z arkoni  davlati ishtirokida  1917-yil  
5- aprel  kuni  manifestni  imzolashga   majbur  bo‘ladi. 
  
 Manifest talablariga  ko‘ra xonlikda  konstitutsion monarxiya    tuzumi o‘rnatildi.Ayni paytda  
tarkibi  30-50  kishidan  iborat  ruhoniylar  va savdo-  sanoat  ahli  vakillaridan  saylangan  Majlis va 
Nozirlar    kengashi    tuziladi.  Ular    xalq    vakilligi    boshqaruvi    organlari    xon    hokimiyati   
vakolatlarini   ma‘lum  darajada  chekladi. 
 1917-yil    iyuniga    kelib  Isfandiyorxon    o‘zini  o‘nglab  olgach,  Rossiya    muvaqqat    hukumatining  
Xivadagi    vakili,    general    Mirbadalov    yordamiga  tayanib,  Matmurodov    boshchiligidagi  Yosh  
xivaliklar  rahbar  guruhini  qamoqqa  oladi. Yosh  xivaliklar  partiyasi  va uning faoliyati  qonundan 
tashqari  deb e‘lon qilinadi.ularning  ko‘plari  qo‘lga olinib, qamaladi. Qolganlari esa  xonlikni tark 
etadi. Iyul oyida  Xivada   Rossiya  Muvaqqat  hukumatining  komissari  lavozimi  ta‘sis etiladi  va 
xonlikka  qo‘shimcha  harbiy  qismlar,kazak  qo‘shinlari  yuboriladi. 
   
1917-yil    kuzida  Rossiyada    yuz  bergan    oktabr    o‘zgarishi    uning  tasarrufidagi    Xiva  
xonligidagi  voqealarning  rivojlanishi  jarayoniga  ham o‘z  ta‘sirini  o‘tkazmasdan qolmadi.Avvalo, 
xonlikka   tutash  bo‘lgan Turkiston  hududlarida  bolsheviklarning  sovetlar  hokimiyati  zo‘ravonlik  
bilan    o‘rnatildi.  Bunday  tuzum    Xiva  bilan  yaqin    chegaradosh    amudaryoning    o‘ng    sohili- 


402 
 
Petroaleksandrovsk    (To‘rtko‘l)    va  uning  atroflarida      ham    qaror    toptirildi.  Turkistonda      voqe  
bo‘layotgan    bunday  o‘zgarishlar      xonlikka    bevosita    daxl  etmasdan,muxolifatchi  kuchlarni  
junbushga  keltirmasdan  qolmasdi,albatta. Garchi Sovet  Rossiyasi  Xivaning  davlat  mustaqilligini  
rasmiy tan  olgan  bo‘lsada, biroq turli     yo‘llar   bilan,  yashirin    va oshkora  tarzda   uning ichki  
ishlariga  aralashishini  davom ettirdi. 
Manifestda  mamlakatning  demokratik  rivojlanish  yo‘lini  aks  ettirgan  keng  sotsial- iqtisodiy  va  
ijtimoiy-siyosiy    tadbirlar:  ―Xon  va    uning    hukumati    tomonidan  mamlakatni  mutlaq  boshqarishni  
butkul  barham  toptirish ; Xiva  xonligiga,  to‘ralar  va vazirlarga  tegishli   bo‘lgan  mablag‘lar   va 
mulklarni      xalq  mulki    deb  e‘lon  qilish;    kambag‘allar      hayotini    yaxshilash  yo‘lida      yirik   
zamindorlar    yerlaridan   foydalanish; bolalarni  bepul  o‘qitish  uchun  Xivaning   hamma   joyida   
maktablar    ochish;Xivaning      shaharlari    va    aholi      manzilgohlarida    bepul    sinfxonalar    va  
sog‘lomlashtirish  muassasalari  ochish; Xiva  xoni  va  beklari  tomonidan   kambag‘al    aholidan  
tortib    olingan    yerlar,  mulk    va  boshqa      narsalarni      qaytarib    berish;  majburiy    mehnatga  qilish 
(begor)ni  butunlay   yo‘q  qilish‖    nazarda  tutilgan edi. 
Xorazm    Xalq    sovet    respublikasining  tashkil  topishi  .1920-yilning    27-30-aprel    kunlari  
Xivada bo‘lib  o‘tgan  xalq  vakillari  I Butun  Xorazm  qurultoyi  Xiva   xonligi   tugatilganligi  va  
yangidan  Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikasi tuzilganligini e‘lon  qildi. 
   1917-yilgi    fevral    burjua  demokratik  inqilobi    va      podsholik  tuzumining    ag‘darilishi,  
hokimiyatning   boshqa   siyosiy   kuchlar  qo‘liga  o‘tishi  Buxoro  amirligiga   ham o‘z  ta‘sirini   
o‘tkazmasdan   qolmadi. Negaki,  podsho  Rossiyasining   yarim  mustamlakasi  hisoblanib kelgan  
Buxoroda    bu  davrga  kelib    ichki  ijtimoiy-  siyosiy    va  iqtisodiy    ziddiyatlar    jiddiy    tus    olib  
borayotgandi.Buning    boisi  amirlikning    moliyaviy-iqtisodiy    hayoti    va    savdo-sotiq    aloqalari  
ko‘pdan    buyon        Rossiya  iqtisodiyotiga    bo‘ysundirib    kelinganligida    edi.Bunda  uning  siyosiy  
jihatdan    qaramligini    gapirib    o‘tmasa    ham  bo‘ladi.Binobarin,  Rossiyadagi    har    bir    o‘zgarish, 
iqtisodiy    yoxud    siyosiy    larzalar    amirlikning      hayot  maromiga      chuqur  daxl  etmasdan 
qolmasdi.Buning ustiga  mamlakat ichki  hayotida  hokimi mutlaq, cheklanmagan  vakolatlar   sohibi  
bo‘lgan  amir  va uning  ko‘p  sonli  ayonlari,  amaldorlari  mehnatkash  ommaga  hukm  o‘tkazib,  
zulm- sitamni  kuchaytirib  kelardi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish