Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

   
 M.Frunze 
Markaz  Xorazmda  ―bosmachilik‖  harakatini  tezlik  bilan  bartaraf  qilish  uchun  barcha 
imkoniyatlarni  ishga  soldi.  Bu  holat,  ayniqsa,  1923-yildan  boshlab  yanada  kuchaydi.  1923-yil  12-
yanvarda bo‗lgan uchinchi chaqiriq XXSR MIK II sessiyasida Xorazmda 4 yildan buyon davom etib 
kelayotgan  ―bosmachilik‖  harakatiga  qarshi  mavjud  hukumatning  o‗zi  kurash  olib  borishga  ojiz 
ekanligi ochiq aytilib, RSFSR (aslida SSSR) hukumatidan ―shoshilinch harbiy yordam‖ so‗raldi. 
Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o‗zining 20 nafar hamrohi bilan Afg‗onistondagi Hirot shahriga yetib 
keldi.  Manbalarda  aytilishicha,  u  bu  yerda  turib  o‗z  qo‗shinlari  sa

ni  to‗ldirishga  tayyorlangan. 
Oradan  ko‗p  vaqt  o‗tmasdan,  Junaidxon  XXSR  hududiga  qaytib  keldi  va  istiqlolchilik  harakatiga 
boshchilik qilishda davom etdi. 
Istiqlolchilik  harakatining  mag‗lubiyatga  uchrash  sabablari  va  kurash  saboqlari.  1924-yil 
kuzida O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‗tkazilishi natijasida qurolli kurashning birinchi 
davri  yakunlandi.  Uning  ikkinchi  davri  (1925  –  1935-yillar)  esa  yana  10  yil  davom  etib,  o‗zining 
xarakteri  va  kuchlar  nisbati  jihatidan  avvalgi  davrga  nisbatan  ancha  farq  qiladi.  Bu  davrda  asosan 
Sharqiy  Buxoro,  Xorazm  vohasi  va  Farg‗ona  vodiysining  ayrim  hududlarida  janglar  davom  etdi. 
1935-yilga  kelib  Turkistondagi  istiqlolchilik  harakati  mag‗lubiyatga  uchradi.  Tirik  qolgan 
kurashchilarning  aksariyati  xorijiy  davlatlarga  muhojir  bo‗lib  jo‗nab  ketishga  majbur  bo‗ldi. 
Istiqlolchilik harakatining eng zaif tomoni uning Turkiston mintaqasida yagona markaz ostida to‗liq 
birlasha  olmasligi,  harakatning  boshidan  to  oxirigacha  mafkuraviy  asos  bo‗lib  xizmat  qiluvchi 
yagona  milliy  dasturning  yaratilmaganligi  hamda  ba‘zi  yetakchi  shaxslar  orasidagi  kelishmovchilik 
va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va boshqalar sabab harakat mag‗lubiyatga uchradi. Ayrim 
qo‗rboshilar (Xolxo‗ja Eshon, G‗ulomalixon Bahodir va b.) harakatga faqat o‗zlari rahbarlik qilishni 
o‗ylab,  yagona  qo‗mondonlikka  bo‗ysunmadi.  Shuningdek,  istiqlolchilik  harakatiga  aloqador 
bo‗lmagan  ba‘zi  jinoiy  to‗dalar  talonchilik  va  bosqinchilik  bilan  shug‗ullanib,  ko‗plab  begunoh 
kishilarni  o‗ldirishdi.  Bundan  qizil  armiya  qo‗mondonligi  va  bolsheviklar  ustomonlik  bilan 
foydalanishdi.  Ular  maxsus  xufiya  va  josuslar,  turli  ayg‗oqchilar  va  sotqinlar  yordamida  harakat 
ichidagi birlikni parchalash, ba‘zi guruhlar rahbarlari  o‗rtasidagi  tarqoqlik  va  o‗zaro  ixtilo
  
arni  
yanada    avj    oldirishga  urindilar.  Nihoyat,  sovet  hokimiyati  bir  qator  islohotlar  o‗tkazish,  xususan, 
yangi  iqtisodiy  siyosatni  joriy  qilish  va  xalq  ta‘limi  sohasidagi  o‗zgarishlarni  amalga  oshirib,  xalq 
uchun  biroz  yengillik  tug‗dirgandan  so‗ng  va  turli-tuman  targ‗ibotlar  natijasida  qurolli  harakat 
qatnashchilarini mehnatkashlar qo‗llab-quvvatlashidan qaytara oldi. 
Xullas, istiqlolchi bobolarimiz o‗z kurashlari bilan Turkiston sarhadidagi barcha xalqlarning 
milliy  ozodlik  harakati  tarixiga  yorqin  va  shonli  sahifalar  bitib,  O‗zbekiston  Respublikasining 


405 
 
bugungi  mustaqillik  va  istiqlolga  erishuvida  juda  katta  xizmat  qilishdi.  Ajdodlarimizning  erk  va 
ozodlik uchun to‗kkan qonlari behuda ketmadi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish