Маданиятшунослик фани предмети, методологик асослари ва баркамол авлодни шакллантиришдаги ахамияти



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/66
Sana07.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#326134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
madaniyatshunoslik fanidan maruzalar matni

«An’anaviy madaniyat» 
          1.  Antik YUnoniston madaniyati. 
2.
     
Antik Rim madaniyati.
 
1. Antik YUnoniston madaniyati.
 
Antik  davr  madaniyati  –  jahon  sivilizatsiyasining  beshigi  bo‘lib,  u  davrda 
filosofiya,  madaniyat  fan  sifatida  shakllandi.  O‘sha  davr  yunonlarining 
turmush  tarzi,  fikrlashi,  ma’naviyati  hozirgacha  ham  insonlarni  hayajonga 
solib kelmoqda.
 
Antik  Evropa  madaniyatining  shakllanishiga  Mesopotamiya  va  Misr 
madaniyatining,  ayniqsa,  arifmetika,  astronomiya,  mifologiya  va  teologiya 
sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi.
 
Qadimgi YUnon madaniyati er.avv. XXVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom 
etdi.  YUnonlar  o‘zlarining  vatanini 
Ellada
  deb  ataganlar.  Qadimgi  YUnon 
madaniyatining  eng  yuqori  darajaga  ko‘tarilgan  davri  er.avv.  V-IV  asrlarga 
to‘g‘ri  keladi.  Qadimgi  YUnon  madaniyati  jahon  madaniyati  tarixida 
favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi.
 
Ellada  hozirgi  zamon  davlatlarining  boshqaruv  shakli  –  respublika  va 
demokratiyaning  vataniga  aylandi.  Uning  namunaviy  shakli  Perikl  (443-  429 
yy)  hisoblanadi.  YUnonistonda  jismoniy  va  aqliy  mehnat  ikkiga  ajraladi. 
Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli 
edi.  YUnonlar  davlat  va  shaxsiy  mulk,  jamoa  va  shaxsiy  manfaatlarni  o‘zaro 
juda  mohirona  bog‘lay  olganlar.  Aristokratiya  odobi  –  musobaqa  tamoyillari 
asosida  birinchilardan  bo‘lishga  intilish  qadriyati  keng  quloch  yoydi.  Bunday 
o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari,
1
 munozara, jang maydoni, teatr sahnalari 
edi.
 
YUnonlar  uchun  erkinlik  eng  yuqori  qadriyat  hisoblanib,  uning  uchun  hatto 
o‘limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga 
misoldir.
 
YUnonlarning turmush tarzi haqiqat, go‘zallik, mehribonlik kabi kategoriyalar 
uyg‘unligi  bilan  belgilangan.  Ular  uchun  me’yor  tushunchasi  muhim 
ahamiyatga  ega  edi.  SHuning  uchun  yunonlarda  mulk  erkin  kishi  uchun 
ajralmas  atribut  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  ochko‘zlik,  molparastlikni 
qoralaganlar.
 
Insonni  tarbiyalash  uchun  ikki  yo‘nalish  bo‘yicha  ta’lim  tizimi  vujudga 
keltirilgan: a) "gimnastika"; va b) aqliy yo‘nalishdagi barcha madaniyat turlari, 
chunonchi,  tabiiy  fanlar,  falsafa,  notiqlikni  o‘rganish.  Ozod  yunonlarning 
bolalari  7  yoshdan  boshlab  boshlang‘ich  maktabga  borganlar.  Badavlat 
kishilarning  bolalari  esa  18  yoshgacha  gimnaziyalarda  o‘qishni  davom 
ettirganlar.  Bolalar  maktablarda  chiroyli  yozishga,  aniq  va  ravon  so‘zlashga 
o‘rgatilgan.  Ular  Gomer,  Gesiod  va  boshqa  shoirlarning  she’rlarini  va 
dostonlarini  yod  olganlar.  YUnonlar  ashula  aytish,  raqsga  tushish,  lira  sozini 
chalishni  bilmaydiganlarni  o‘qimishli  deb  hisoblamaganlar.  Bolalar  ulg‘aya 


 
35 
borgan  sari  yugurish,  kurashga  tushish,  sakrash,  disk,  nayza  otish  va  qilich 
chopish  bilan  shug‘ullanganlar.  SHu  tariqa,  ular  vatan  himoyachilari  sifatida 
tayyorlangan.
 
Ayniqsa, bu sohada Sparta maktabi ajralib turgan.
 
Har  qanday  erkin  yunon  polis  (shahar)  davlatini  eng  oliy  ehson  deb  qabul 
qilgan va uning vatanparvari bo‘lgan.
 
Birinchi  yunon  faylasufi  Fales  bo‘lib,  u  suvni  olamdagi  barcha  moddiy 
borliqning  asosi  deb  hisoblagan.  YUnon  falsafasining  eng  yuksak 
namoyandalari  sifatida  Suqrot,  Platon  va  Aristotel  hisoblanganlar. 
YUnonistonda  olamni  falsafiy  mushohada  qilish–mantiq  va  tasdiqlashga 
tayangan  ilmiy  va  ratsional  fikrlash  metodi  orqali  bilish  mumkinligiga  asos 
solingan.
 
Pifagor, Evklid va Arximedlar matematika va matematik fanlar – geometriya, 
optika,  gidrostatika  fanlarining  asoschilari  hisoblanadi.  Astronomiya  sohasida 
Aristarx  birinchi  bo‘lib  geotsentrizm  g‘oyasini  ilgari  surdi.  Gippokrat  – 
meditsina faniga asos soldi. Gerodot tarix fanining otasi hisoblanadi. Aristotel 
asarlari  madaniyat  nazariyasi  bo‘yicha  birinchi  fundamental  ilmiy  ishlar 
qatoridan o‘rin olgan edi.
 
Deyarli  hozirgi  zamon  madaniyatining  janrlari  qadimgi  YUnonistonda  paydo 
bo‘ldi.  Ba’zilari  o‘sha  davrning  o‘zida  juda  yuqori  darajaga  ko‘tarildi.  Fidiy 
boshchiligida  badiiy  tasviriy  san’at  asarlari,  Zevsning  katta  haykali  bunga 
misol bo‘la oladi.
 
YUnonlar  birgina  yaratuvchilik  bilan  shug‘ullanib  qolmay,  shu  bilan  birga 
go‘zallik qonunlari bilan yashashni ham xohlar edilar.
 
SHuningdek,  yunonlarda  ibtidoiy  din  shakllari  –  totemizm,  animizm  va 
fetishizm  tasavvurlari  kuchli  bo‘lgan.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumidan  sinfiy 
jamiyatga  o‘tish  davomida  yunonlarning  diniy  tasavvurlari  ham  o‘zgarib 
borgan.  Ularda  har  bir  yirik  hodisa,  kasbi-korning  o‘z  xudolari  –  xomiylari 
bo‘lgan.
 
Zevs  –  yunonlarning  eng  muqaddas  bosh  xudosi  hisoblangan.  U  osmon, 
momaqaldiroq,  chaqmoq  va  yomg‘ir  xudosi  bo‘lgan.  Uni  odamlar  jingalak 
sochli,  baquvvat,  sersoqol,  qudratli,  qo‘lida  chaqmoq  ushlagan,  basavlat  kishi 
sifatida  tasavvur  qilganlar.  Zevsning  ukasi  Paseydonni  "erni  tebratuvchi" 
dahshatli  dengiz  xudolaridan  biri  deb  bilganlar.  Gelios  quyosh  xudosi  bo‘lib, 
oppoq otlar qo‘shilgan oltin aravasida osmonga chiqqanda kunduz boshlanadi 
deb  fikr  yuritganlar.  Appolon  esa  yorug‘lik  va  san’at  xudosi  sanalgan. 
Demetriy  ham  ilohiy  timsol  sifatida  o‘simliklarning  unib  chiqishi,  o‘sishi, 
sarg‘ayishi  go‘yoki  unga  bog‘liq  bo‘lgan.  Er  osti  hukmdori  –  homiysi  Aid 
bo‘lgan.  Dionis  vinochilik,  Afrodita  avval  hosildorlik,  keyinchalik  sevgi  va 
go‘zallik  hamda  dengiz  sayyohlari  homiysi  bo‘lgan.  Zevsning  qizi  Afina, 
yunon  afsonalariga  ko‘ra  urush,  g‘alaba,  san’at,  bilim  va  donolik  ma’budasi 
bo‘lgan.  U  Afina  shahrining  homiysi  bo‘lib,  haykaltarosh  Fidiy  tomonidan 
shahardagi  Parfenon  ibodatxonasi  oldida  uning  ajoyib  haykali  ishlangan. 
YUnon  xudolaridan  biri,  Zevs  va  Geraning  o‘g‘li  Gefest  temirchilik  homiysi 
hisoblangan,  Vulqon  lavalarining  otilishi  ham  uning  er  ostidagi  temirchilik 


 
36 
ustaxonasining  mahsuli deb  hisoblashgan.  Germes  savdo-sotiq xudosi sifatida 
e’tirof etilgan.
 
YUnonlarning fikricha, ularning Zevs boshliq xudolari baland Olimp tog‘larida 
yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar kabi 
shuhratparast,  hokimiyatparast,  shafqatsiz  va  qasoskor  bo‘lganlar.  YUnon 
xudolarining  odamlardan  farqlari  shundaki, 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish