Маданиятшунослик фани предмети, методологик асослари ва баркамол авлодни шакллантиришдаги ахамияти



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/66
Sana07.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#326134
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
madaniyatshunoslik fanidan maruzalar matni



 

 
 
 
 
 
 
MADANIYATSHUNOSLIK 
FANIDAN  
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi: t.f.n. A.G‘afurov 
 
Buxoro - 2014 
 


 

«Madaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari. 
               «Madaniyat» tushunchasi talqini» 
Reja:   
  
1.Madaniyatshunoslik  fani  predmeti,  uni  o‘rganishning  metodologik 
asoslari.
 
2.Madaniyatning  tarkibiy  kismlari  va  vazifalari.  Madaniyat  va 
sivilizatsiya.
 
3.Madaniyatshunoslikda kadriyatlar kategoriyasi. Milliy va umuminsoniy 
kadriyatlar.
 
4.O‘zbekistonning  milliy  tiklanish  jarayonida  madaniyatshunoslikning 
dolzarbligi.
 
1. Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari.
 
 
Madaniyatshunoslik  eng  yosh  fan  xisoblanadi.  U  asosan  XX  asr  ikkinchi 
yarmida  Mustakil  fan  sifatida  shakllandi  va  Garb  mamlakatlari  Oliy  o‘kuv 
yurtlarida 
o‘kitila 
boshlandi. 
Sobik 
Sovet 
Ittifoki 
davrida 
madaniyatshunoslikka  soxta  fan  deb  karaldi,  unga  etarli  e’tibor  berilmadi, 
ta’lim  muassasalarida  o‘kitilmadi.  O‘zbekiston  o‘zining  davlat  Mustakilligini 
ko‘lga  kiritgandan  keyin  madaniyatshunoslik  fanini  respublika  Oliy  o‘kuv 
yurtlarida aloxida fan sifatida o‘kitish yo‘lga ko‘yildi.
 
Xo‘sh, madaniyatshunoslik kanday fan?
 
 
Madaniyatshunoslik madaniyat to‘grisidagi fan bo‘lib, madaniyat tarixi va 
madaniyat  nazariyasidan  iborat.  Madaniyatshunoslik  fani  insoniyatga  xos 
madaniy  jarayonni,  uning  mazmun-moxiyati  va  axamiyatini  taxlil  kiladigan, 
madaniyat tarakkiyotining umumiy konunlarini o‘rganadigan gumanitar fandir.
 
Madaniyatshunoslik  fani,  birinchidan,  ibtidoiy  turmush  tarzidan  to  xozirgi 
kungacha  bo‘lgan  davrdagi  madaniy  jarayonni  butunligicha,  yaxlit  idrok 
etishga,  madaniyat  tarakkiyoti  xakida  barcha  fanlar  tomonidan  to‘plangan 
bilim va tushunchalarni integratsiyalashga ko‘maklashuvchi fandir.
 
Ikkinchidan,  madaniyatshunoslik  madaniyatni  murakkab  va  dinamik  xodisa, 
o‘ziga  xos  fenomen,  sistema  sifatida  o‘rganuvchi  fandir.  Uchinchidan, 
insoniyat tarakkiyotining barcha boskichlariga xos madaniy jarayonni, insonlar 
tomonidan  yaratilgan  moddiy  va  ma’naviy-madaniy  yutuklarni  takkoslash, 
solishtirish  orkali  eng  umumiy  madaniyatshunoslik  konunlarini  aniklovchi 
fandir.
 
 
Madaniyatshunoslik  fani  boshka  gumanitar  fanlar  bilan  bevosita  boglik 
xolda o‘rganiladi.
 
 
Madaniyatshunoslik  gumanitar  fan  sifatida  falsafa  fani  bilan  yakin 
alokadordir.  Falsafa  fanining  asosiy  masalasi  rux  yoki  materiya  birlamchimi 
degan  masala  emas,  balki  insoniyat  xayotining  ma’no-mazmuni  masalasidir. 
Aynan bu masala bilan madaniyatshunoslik fani xam shugullanadi. Falsafa fani 
olamda insonning o‘rni, jamiyat tarakkiyoti xakida muloxaza yuritadi, jamiyat 


 

tarakkiyotining umumiy konunlarini tadkik kiladi. Bu masalalarni tadkik kilish 
u yoki bu darajada madaniyatshunoslikka xam xosdir. Falsafa fanining vujudga 
kelishi va rivojlanishining o‘zi madaniyat tarakkiyotining maxsulidir.
 
Madaniyatshunoslik  sotsiologiya  fani  bilan  xam  yakin  alokadordir.  Negaki, 
sotsiologiyaning  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  xayoti,  jamiyatda  kishilarning 
mavkei  xakida  to‘plagan  ma’lumotlaridan  madaniyatshunoslik  fanida 
foydalaniladi. Umumnazariy xulosalar chikarishda sotsiologik materiallar dalil 
sifatida xizmat kiladi.
 
 
Madaniyatshunoslik  fani  Politologiya  (siyosatshunoslik)  fanining  davlat 
kurilishi  va  tuzilishi,  siyosiy  rejimning  turlari  va  xususiyatlari,  jamiyatni 
siyosiy boshkarish usullari xakidagi ma’lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib 
umumiy nazariy xulosalar chikaradi.
 
 
Madaniyatshunoslik  fani  insonning  ichki  dunyosi  xakida  fikr  yuritishda 
psixologiya  fani  yutuklaridan,  jamiyat  tarakkiyotining  turli  boskichlaridagi 
turmush  tarzi,  urf-odatlarni,  milliy  madaniy  mentalitetlarni  tasvirlashda 
etnografiya fani ma’lumotlariga asoslanadi.
 
 
Madaniyatshunoslik 
fani 
tarix 
fani 
bilan 
bevosita 
boglikdir. 
Madaniyatshunos jaxon xalklari tarixini yaxshi bilmogi zarur. Busiz insoniyat 
tarakkiyotining  turli  boskichlarida  shakllangan  tarixiy  madaniyat  turlarini, 
ularning  xususiyatlarini,  u  yoki  bu  davrga  xos  madaniy  mentalitetni  tasvirlay 
olmaydi.  Insoniyatning  shakllanishi  va  tarakkiyoti  xakidagi  tarixiy  faktlar, 
vokea-xodisalarni  bilish  madaniyatning  kelib  chikishi  va  rivojlanishi  jarayoni 
to‘grisida  nazariy  xulosalar  kilishga,  madaniy  tarakkiyotga  xos  konunlar 
chikarishga  ko‘maklashadi.  SHu  nuktai  nazardan  karaganda  madaniyat  tarixi 
madaniyatshunoslik 
fanining 
tarkibiy 
kismidir. 
SHuningdek, 
madaniyatshunoslik fani boshka ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan xam yakindan 
alokadadir.
 
 
Madaniyatshunoslik  fani  boshka  gumanitar  fanlardan  o‘ziga  xos 
xususiyatlari bilan fark kiladi. Madaniyatshunoslik fani ko‘p asrlik madaniyat 
tarixini  aslida  kanday  bo‘lsa  shunday  tasvirlaydi,  madaniyatning  moxiyati, 
xususiyatlari,  tarkibiy  tuzilishi,  tadrijiy  tarakkiyoti,  muammolari,  insoniyat 
xayotidagi  roli  to‘grisida  yaxlit  tasavvur  beradi.  Aynan  shu  fan  barcha 
darajalardagi  va  turli  mintakalar  madaniyatiga,  uning  aloxida  shaxslardan  to 
butun  insoniyatgacha  bo‘lgan  turli  xil  ob’ektlariga  tadbikan  ko‘llash  mumkin 
bo‘lgan 
eng 
umumiy 
madaniyatshunoslik 
konuniyatlarini 
aniklash 
imkoniyatiga ega.
 
 
Xulosa  kilib  aytganda,  madaniyatshunoslik  fanining  predmeti,  uning 
tadkikot  ob’ekti  insoniyatning  asrlar  davomidagi  madaniy  faoliyati,  madaniy 
tarakkiyot yutuklari, ularning ma’no-mazmunini o‘rganishdan iboratdir.
 
 
Madaniyatshunoslik  fani  tadkikot  olib  borishda  bir  kator  metodologik 
tamoyillarga tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muxim metodi 
bo‘lib,  insoniyatning  madaniy  xayotini,  ming  yillar  davomida  insonlar 
yaratgan  moddiy  va  ma’naviy  yutuklarni  yaxlit,  umumiy  va  o‘zaro  boglik 
xolda  o‘rganishga  imkon  beradi.  Dialektik  metod  biron-bir  mamlakat  yoki 
mintakada kechgan madaniy jarayonni, jumladan O‘zbekiston xalkining asrlar 


 

davomida  shakllangan  madaniyatini  jaxon  xalklari  madaniyati  rivoji  bilan 
uzviy  boglik  xolda  o‘rganish,  tadkik  kilishga  ko‘maklashadi  va  madaniy 
tarakkiyotga xos umumiy madaniyatshunoslik konuniyatlarini ochishga imkon 
beradi.
 
 
Madaniyatshunoslik  fani  ob’ektni  o‘rganishda  ilmiy  bilishning  sistemali 
yondashuv  metodiga  tayanadi.  Sistemali  yondashuv  bo‘laklarni  butun  orkali, 
butunni uning bo‘laklari orkali taxlil etish, o‘rganishni takoza etadi. Bu metod 
madaniyat  tarkibiga  kiruvchi  til,  din,  xukuk,  axlok-odob,  ta’lim-tarbiya, 
adabiyot, san’at va xokazo bo‘laklar orkali butun jamiyat tarakkiyoti to‘grisida 
umumlashtirilgan  xulosalar  chikarishga,  jamiyat  tarakkiyoti  orkali  esa 
madaniyat tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni taxlil kilishga imkon beradi.
 
 
Madaniyatshunoslik fani o‘z tadkikotlarida tarixiylik metodiga asoslanadi. 
Tarixiylik  metodi  madaniyatga  davriy  nuktai  nazardan  o‘zgarib,  yangilanib, 
rivojlanib,  boyib  boruvchi  jarayon  sifatida  karaydi.  Tarixiylik  metodi  xar  bir 
xalk  madaniyatini,  xar  bir  davr  madaniyatini  o‘z  davri  nuktai  nazardan 
baxolashni,  xozirgi  madaniy  xayotni  va  erishilgan  yutuklarni  o‘tgan  zamon 
madaniyatiga takkoslab tasavvur kilish, tasvirlashni talab kiladi.
 
 
Madaniyatshunoslik  fanida  vorisiylik  muxim  tamoyil  xisoblanadi. 
Vorisiylik  negizida  xayotiylik  yotadi.  Kishilar  o‘zidan  oldingi  avlodlar 
yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni 
yaratadilar.  Agar  vorisiylik  negizida  xayotiylik  bo‘lmaganida  edi,  "biz  uchun 
o‘tmish sovuk, befoyda, o‘lik va kizikarsiz bo‘lib kolaverardi", deb takidlaydi 
J.Neru.  SHarkshunos  olim  Maks  Myuller  Xind  sivilizatsiyasi  xakida  fikr 
yuritar  ekan  "eng  zamonaviy  va  eng  kadimiy  Xind  sivilizatsiyasi  o‘rtasida 
uzluksiz vorisiylik mavjud", deb yozadi. Vorisiylik barcha xalklar madaniyati 
tarakkiyotiga xos uzluksiz jarayondir.
 
Madaniyat  bir  tekisda  rivojlanuvchi  jarayon  emas.  Ijtimoiy-siyosiy,  iktisodiy 
munosabatlar ta’sirida madaniyat tarakkiyotida inkirozli yoki sakrash xolatlari 
xam  yuz  berib  turadi.  Bunday  xolatlarni  taxlil  kilishda  iktisodiy,  sotsiologik, 
statistik va bilishning boshka ilmiy metodlardan xam foydalaniladi.
 
Madaniyatshunoslik fani o‘z predmetini o‘rganishda tadkikotchidan o‘z idroki, 
ichki  sezgilari bilan xis  kilish orkali xakikatni  anglashni xam  talab kiladi.  Bu 
tamoyil  turli  xil  madaniyat  soxalariga  chukurrok  kirishga,  dalilu-ashyolar 
yordamida  isbotlarsiz  bevosita  ichki  sezgilar,  mushoxada  orkali  xakikatni 
bilish imkoniyatini beradi. SHuningdek, madaniyatshunoslikda madaniyatning 
moddiy  va  ma’naviy  unsurlarini  talkin  kilish,  turli  davrlarga  xos  yozuv 
matnlarini  SHarklash,  izoxlab  berish,  tushuntirish  (Germenevtika)  usulidan 
xam foydalanadi.
 
Xullas,  madaniyatshunoslik  boshka  fanlar  singari  ilmiylik,  xolislik, 
xakkoniylik  talablariga  javob  beruvchi  bilishning  anik  metodlariga  tayangan 
xolda tadkikot yuritadi.
 
Madaniyatshunoslik  fanini  o‘rganishning  zaruriyati  shundaki,  insoniyat 
jamiyat  tarakkiyotiga  fakat  siyosiy,  iktisodiy,  texnikaviy,  xukukiy  tadbirlar 
bilan  erishib  bo‘lmaydi,  shular  bilan  bir  katorda  jamiyat  ma’naviy-madaniy 


 

xayotini xam yuksaltirishga erishmogi zarur bo‘ladi. "Ma’naviyat yo‘k joyda, - 
degan edi Prezident Islom Karimov, - xech kachon baxt-saodat bo‘lmaydi".
 
2. Madaniyatning tarkibiy kismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya.
 
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma’no-mazmunini 
bilish,  idrok  kila  olish  muxim  o‘ringa  ega.  Madaniyat  so‘zi  Madina  shaxri 
nomi bilan boglik xolda kelib chikkan. Madina – to‘lik arabcha nomi Madinat-
Rasulillox,  ya’ni  payxambar  shaxri  xisoblanib,  obodonchiligi,  ko‘rkamligi 
bilan  Arabistondagi  axoli  yashaydigan  boshka  manzilgoxlardan  ajralib  turar 
edi. SHuningdek, Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat kiladigan eng 
yirik shaxardir. SHu tarika madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga Madina shaxri 
nomi bilan, islom dini bilan boglik tarzda kirib kelgan.
 
Fanda, odamlar o‘rtasidagi mulokatda madaniyat so‘zi bilan bir katorda kultura 
so‘zi xam  ishlatiladi.  Kultura so‘zi lotincha  "culture" so‘zidan  olingan  bo‘lib, 
"ishlov  berish",  "ekib  o‘stirish"  ma’nosini  bildiradi.  Rus  faylasuflari 
N.Berdyaev  va  V.Rozinovlar  "kultura"  so‘zining  "kult"  ya’ni  diniy  ibodat, 
siginish so‘zidan kelib chikkanligini kayd etganlar.
 
Xozirgi  paytda  insoniyat  faoliyatining  ko‘pgina  soxalarida  madaniyat  yoki 
kultura  so‘zi  ko‘llaniladi.  Kadimgi  Rimda  madaniyat  deganda  shaxsning 
tarbiyalanganlik,  ma’rifatlilik  darajasi  tushunilgan.  Keyinrok  madaniyat 
deganda  shaxsning  kadr-kimmati,  takomilligi  tushunilgan.  Nemis  faylasufi 
F.SHiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik 
darajasini  madaniyat  deb  tushuntirgan.  Amerikalik  madaniyatshunos  olim 
Eduard  Teylor  (1832-1917)  madaniyat  atamasini  ilm-fanga  kiritdi.  Teylor 
o‘zining  "Pervobыtnaya  kultura"  (1871)  asarida:  "madaniyat  keng  ma’noda 
kishining  jamiyat  a’zosi  sifatida  o‘zlashtirgan  bilimi,  e’tikodi,  san’ati,  axlok-
odobi,  konun-koidalari  va  boshka  bir  kator  kobiliyatlari  va  odatlari 
yigindisidan tashkil topadi", deb ta’kidlaydi.
 
Faylasuf va madaniyatshunos V.M.Rozin iborasi bilan aytganda "Kancha yirik 
madaniyatshunos  bo‘lsa  shuncha  nazariyalar,  tushunchalar  mavjud"  (V.M. 
Rozin.  Kulturologiya.  Uchebnik.  –  M.,  1998,  49-bet).  Darxakikat,  E.Teylor 
zamonida  madaniyatning  7  ta  ta’rifi  bo‘lgan  bo‘lsa,  1950  yillarda  uning  soni 
150  taga,  xozirgi  kunda  esa  madaniyatga  berilgan  tushunchalar  soni  400  taga 
etadi.  Bu  ta’riflar  umumlashtirilsa  madaniyat  so‘zining  ma’no-mazmunini 
kuyidagicha tushunish mumkin:
 
1.
     
Madaniyat–uzok  tarixiy  tarakkiyot  jarayonida  insoniyat  tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atikalar yigindisi.
 
2.
     
Madaniyat  –  u  yoki  bu  jamiyatga  xos  falsafiy  xarashlar,  ilm,  fan, 
maorif,  san’at,  axlok,  din,  xukuk,  siyosat,  maishiy  xizmat  ko‘rsatish 
darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy tarakkiyot darajasi.
 
3.
     
Madaniyat  –  insonlar  xayotida,  jamiyat  rivojida  shakllangan  milliy, 
umuminsoniy kadriyatlar majmui.
 
4.
     
Madaniyat  -  xar  bir  kishining  tarbiyalanganligi,  insoniylik  fazilatlari 
va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
 


 

Madaniyatni  ko‘llanilishiga  karab  shaxsiy,  oilaviy,  kasbiy,  tabakaviy,  milliy 
madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga bo‘lib 
o‘rganish  xam  mumkin.  Kundalik  xayotda  "muomala  madaniyati",  "mexnat 
madaniyati",  "nutk  madaniyati",  "ishlab  chikarish  madaniyati",  "xizmat 
ko‘rsatish  madaniyati",  "dam  olish  madaniyati",  "xukukiy  madaniyat"  kabi 
tushunchalar xam ko‘llaniladi.
 
Madaniyat  inson  xayotida  muxim  vazifalarni  bajaradi.  Ular  orasida 
kuyidagilarni aloxida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.
 
Madaniyat,  avvalo,  ijtimoiy  vazifalarni,  ya’ni  shaxsni,  odamni  inson  kilib 
shakllantirish  va  tarbiyalash  vazifasini  bajaradi.  Madaniyat  xar  bir  shaxsning 
insoniyat  yaratgan  bilimlarni,  ma’naviy  kadriyatlarni,  tartib-koidalarni 
o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la xukukli a’zosi sifatida faoliyat 
yuritish  kobiliyatini  shakllantirish  vazifasini  bajaradi.  Insonning  tabiat 
xukmronligidan  ajralib  chikishi  madaniyatga  xos  ayrim  elementlarning 
shakllanishi  bilan  birga  sodir  bo‘ladi.  Aynan  madaniyat  orkali  xar  bir  shaxs 
jamiyatda  to‘plangan  tajribalarni,  an’analar  va  urf-odatlarni  turmush  tarzini 
o‘zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga etkaziladi.
 
Madaniyat  axborotlarni  o‘zlashtirish,  bilish,  tushunish  vazifasini  bajaradi. 
Madaniyat  inson  uchun  dunyoni  bilish,  dunyo  to‘grisida  turli  ma’lumotlar, 
axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi.
 
Madaniyat  tartibga  soluvchi  vazifani  xam  bajaradi,  ya’ni  kishilar  o‘rtasidagi 
o‘zaro  munosabatlarni  belgilangan  tartib-koidalar,  axlokiy-xukukiy  normalar 
asosida tartibga solishga xizmat kiladi.
 
Madaniyat  kishilar  o‘rtasida  o‘zaro  fikr  almashuv  bilan  boglik  bo‘lgan,  aloka 
uchun  xizmat  kiladigan  vazifani  bajaradi.  Bu  borada  til  asosiy  vosita  rolini 
o‘ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir kator soxalari – fan, san’at, texnika 
va  boshkalarning  o‘ziga  xos  tili  bo‘lib,  ularni  bilmasdan  turib  madaniyatni 
to‘laligicha bilib bo‘lmaydi.
 
Madaniyat aksiologik vazifani xam bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, 
ma’naviy,  estetik,  axlokiy  kadriyatlarni  egallashga,  yomondan  yaxshini, 
be’mani, xunuk narsalardan go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi.
 
Madaniyat  ijodkorlikni  rivojlantirish  vazifasini  xam  bajaradi.  Insonni  mavjud 
madaniyatga  tankidiy-ijodiy  karash,  islox  kilish,  takomillashtirish,  yangi 
bilimlar, koidalar, kadriyatlar, tartib-koidalar yaratishga undaydi.
 
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruxiy tolikishni kaydash, xordik chikarish, 
tiklanish,  kayfiyatini  ko‘tarish  yo‘lidagi  tadbirlar,  o‘yinlar  tashkil  etuvchi 
vazifalarni xam bajaradi.
 
Madaniyat  doimo  tarakkiy  etuvchi  ko‘p  kirrali  jarayon,  uning  tarkibiga 
kiruvchi  elementlari  o‘zgarib  turadi.  SHu  jixatdan  tadkikotchilar  madaniyatni 
o‘ziga  xos  belgilari,  sifatiga  karab  bir  necha  turlarga  bo‘ladilar.  Madaniyatga 
sivilizatsion  nuktai  nazardan  yondashuvchi  mutaxassislar  insoniyat  bir  necha 
sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar.
 
Madaniyatni tili, dini, an’analari, kadriyatlari, iktisodiyoti yakinligini inobatga 
olib  milliy,  mintakaviy,  davriy  jixatdan  bir  necha  turlarga  bo‘lish  keng 
tarkalgan.  Milliy  madaniyatda  til  asosiy  vosita  sifatida  olinsa,  mintakaviy 


 

madaniyatda  diniy,  axlokiy,  badiiy,  moddiy,  geografik  yakinlik,  umumiylik 
nazarda  tutiladi.  Madaniyatni  irkiy  omilni  nazarda  tutgan  xolda  bo‘lish 
xolatlari xam uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til 
to‘laligicha  irkiy  jixatlar  bilan  boglik,  madaniyat  mavjud  tabiiy  sharoit  bilan 
boglik  deb  tushuntiradi  va  Evropa  madaniyatini  negroid  madaniyatdan  eng 
yukori, ustun darajada deb xisoblaydi.
 
XX  asrning  ikkinchi  yarmida  ayrim  mutaxassislar  jamiyat  va  madaniyat 
soxasida  yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun kontkultura, subkultura 
tushunchalarini 
ko‘llay 
boshladilar. 
Kontkultura 
deganda 
xukmron 
madaniyatga xarshi nazariyalar, kadriyatlar, falsafiy, badiiy karashlar, ideallar 
tushuniladi. Subkultura deganda jamiyatdagi turli sinflar, tabakalar, guruxlarga 
xos  madaniy  jixatlar  xisobga  olinadi.  SHuningdek  kashshoklar,  kambagallar, 
o‘rta tabakalar, yukori tabakalar, jamiyatdagi elita katlamlari madaniyati degan 
tushunchalar  xam  ishlatiladi.  Masalan,  ayrim  tadkikotchilar  kambagal 
tabakalar  madaniyati  shaxsiy  gigienadan  tortib  bilim  darajasigacha  bo‘lgan 
soxalarda  past  saviyada  namoyon  bo‘ladi,  deb  tushuntiradilar.  Jamiyatni 
umumiy  madaniyat  asosida  birlashtirishga  intiluvchi  ommaviy  madaniyat 
mavjudligi xakida fikr bildiruvchilar xam bor.
 
YOshlar orasida modaga berilgan xotin-kizlar, ayrim muzikaga ("pop", "rok") 
berilgan  yoki  aloxida  jargon  bilan gaplashishni xush ko‘radigan  subkulturalar 
xakida  xam  fikrlar  mavjud.  SHaxar  madaniyati,  kishlok  madaniyati,  kasb 
madaniyati, ular o‘rtasidagi farklar xakida xam gapiriladi. Bularning xammasi 
madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
 
Madaniyatshunoslik  fanida  shaxs  kamolati  muxim  masaladir.  SHaxsning 
barkamol  inson  bo‘lib  etishishida  tarixiy,  ijtimoiy-madaniy  muxitning  ta’siri 
katta.  Inson  ma’lum  ijtimoiy-madaniy  muxitda  dunyoga  keladi,  go‘daklik 
chogidayok  shaxs  ijtimoiy-madaniy  muxitni  tayyor  xolda  topadi.  Mavjud 
ijtimoiy-madaniy  muxit  ta’sirida  shaxs  ijtimoiy  shaxsga  aylanadi.  SHaxsning 
ijtimoiylashuvi  madaniy-ijtimoiy  muxit  yaratgan  va  rioya  kilinadigan 
kadriyatlarni,  urf-odatlarni,  axlok-odobni,  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni, 
goyaviy andozalarni o‘zlashtirish, kabul kilish orkali sodir bo‘ladi, shaxs inson 
sifatida  shakllanadi.  SHu  bilan  birga  shaxsda  o‘tkinchi  extiyojlarni  –  yurist, 
iktisodchi,  injener,  vrach,  pedagog,  san’atkor  bo‘lish,  boy  bo‘lish,  amaldor 
bo‘lish,  shon-shuxrat  kozonish,  turli  unvonlar  olish  va  boshka  extiyojlarni 
kondirish kabi istaklar xam paydo bo‘ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida 
kunt  bilan  o‘kib,  dunyo  va  jamiyat,  ularning  tarakkiyot  konunlari  to‘grisidagi 
umumiy  bilimlarni  egallash,  maxsus  kasbiy  fanlarni  o‘rganish,  izlanish, 
xayotiy tajriba orttirish, intellektual saloxiyatga ega bo‘lish zarur bo‘ladi.
 
Madaniyat  kishining  nafakat  ijtimoiylashuvini,  shuningdek  jamiyat  bilan 
integratsiyalashuvini 
ta’minlaydi. 
Madaniyat 
insonga 
barkamollikka 
erishishga,  ijodiy  kuchlarini  namoyon  etishga  ko‘maklashadi.  SHaxsning 
madaniy  darajasini  baxolashda  uning  axli,  tafakkuri,  ongi,  axloki,  xulk-atvori 
xam  muxim  o‘rin  tutadi.  Madaniyat  insonning  yashirin,  betakror  individual 
xususiyatlari,  kobiliyatlarini  ro‘yobga  chixarish,  o‘stirish  va  rivojlantirishga 
yordam beradi.
 


 

SHaxsni barkamol kilib etishtirishda jamiyat madaniyatining bir kator tizimlari 
aloxida axamiyatga ega. Masalan:
 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish