6-BOB. ELEKTRON TIJORATNING
C2C-( CONSUMER-TO-CONSUMER) SEKTORI
6.1. Elektron tijorat C2C – (
Consumer-to-consumer
) sektori
haqida tushuncha.
Barchaga ma’lumki, elektron biznes menejment va marketingi
faqatgina yaratilgan ishlab chiqarish tuzilmasini mahsulotlarni reklama qilish,
yetkazib berish, sotish, sitishdan so’nggi hizmat ko’rsatish, bunga jalb
qilingan injener- texnik hodimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor boshqarishdan
iboratgina bo‘lmay, balki biznes-jarayon to‘plamining barcha
mexanizmlarini uzluksiz qayta tashqil etishni, reskari aloqani va ko‘zda
tutilgan boshqaruv chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilib,
electron biznes jarayonlarini optimal boshqarishni ham o‘z ichiga oladi. Turli
xil bozorlarda mustahkam o‘rin egallashga intilgan tashqilot va internet
kompaniyalar kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan biznes-jarayonlarni o’ziga
xos ravishda rejalashtirishlari, o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ko‘plab
loyihalarni zimdan rivojlantirishlari kerak bo‘ladi. Zamonaviy axborot
texnologiyalari, bir tomondan, xizmat ko’rsatish va sotuvni boshqarish
jarayonini, maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish va taktik hamda
strategic bashoratni osonlashtiradi, ammo shu bilan birga, bu ishlarni
risoladagiday amalga oshirish uchun AKT sohasidagi yuqori malakali kadrlar
bo‘lishini ham taqozo etadi. Xuddi shuning uchun ham internet
kompaniyalarida zamonaviy yuqori texnik va texnologik bilimlarga ega
bo‘lgan malakali kadrlarni uzluksiz tayyorlab borishga alohida diqqat-e’tibor
qaratiladi. Elektron biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyalarda xodimlarni
sifatli ravishda o‘qitib, ularda maqsadli soha uchin kerakli bo’lgan malaka,
ko‘nikmalar hosil qilish anchagina murakkab jarayondir, chunki yangi ishga
olinayotgan injener-texnik xodimlar kerakli tajribaga ega bo’lguncha ancha
mablag’‘lar, zahiralar, ishchi kuchi sarfi va xozirgi paytda eng qimmatli
resurs sifatida ko’riladigan vaqt sarflanadi, Injener-texnik xodimlar electron
90
biznesni yangi ichki-tashqi muhitga bog’liq ravishda o‘rganishlari va unga
qandaydir ma’noda ko‘nikishlari lozim bo‘ladi. Ko’p yillar davomida turli
xildagi internet kompaniyalar to’plagan tajribaning ko‘rsatishicha, yangi
tizimda kerakli deb topilgan tashqiliy-tarkibiy o‘zgarishlarni bevosita amalga
oshirish boshqaruvning axborot tizimi dasturiy-texnik ta’minotini yangi
tashqil etilayotgan tuzilmaga moslashtirishdan ko‘ra osonroq kechadi. Odatda,
dasturiy-texnik
ta’minotning
bu
kabi
qayta
loyihalashtirilishi
(modernizatsiyalash,
reinjiniring)
axborot
texnologiyalari
sohasida
ishlaydigan mutaxassislarning bir necha muddat (oylar va ba’zida yillar)
jiddiy va mustaqil ishlashini talab qiladi. Ushbu davrda amalga oshirilayotga
electron axborot tizimdan qandaydir yoki nimanidir boshqaruv vositasi
sifatida
foydalanish
mumkin
bo‘lmaydi.
Internet
kompaniya
integratsiyalashgan boshqaruvining axborotlashgan electron tizimida faoliyat
yuritayotgan tashqilot uchun tizimni tarkibiy-tashqiliy jihatdan qayta tashqil
etish boshqaruv muammosini murakkab texnik masalaga aylantirib yuboradi.
Xozirgi davrda turli xildagi internet - kompaniyalar va exklyuziv elektron
savdo loyihalarini yaratish amaliyoti bir qator muvaffaqiyatsizliklarga
uchramoqda va electron biznes loyihalarning ayrim qismilarigina amalga
oshmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda. Bi qancha electron biznes loyihalari
davlatning yordami yoki sponsorlar ko’magi yoki subsidiyalr vositasida
amalga oshib, qandaydir yo’nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
Maxsulot va xizmatlar bozorlarining pastki bo’g’indagi ishtirokchilarinibir-
birlariga bog‘laydigan, ularni kompaniya iddao etayotgan yagona strategiyaga
yo’naltiradigan va o‘zaro yordamini ta’minlovchi innovatsion loyihalargina
kelajakda istiqbolga ega hisoblanadi va bunday holatda, moliyaviy jihatdan
tez o‘zgarib turadigan bozorda eng kam miqdordagi tavakkalchilik bilan
raqobatga kirishishning real imkoniyatlari yuzaga keladi. Zamonaviy
axborot-kommunikatsion texnologiyalari va komp’yuter tarmoq infratuzilmasi
bu kabi bog‘lanishni dasturiy-texnik jihatdan ta’minlab beradi. Bularga
yagona xududiy yoki global to‘lov tizimini, xuquqiy yordam va bir qator
91
brokerlik vazifasini bajaruvchi kichik miqyosdagi ijrochi firmalar, tarmoq
registratorlari va sifatli xizmat ko’rsatishni amalga oshirib beruvchi servis
markazlarining yaratilishi orqali erishish mumkin bo‘ladi. Ko’pchilik insonlar
internetga ishlayotgan davrlarida ko’nikib qolgan va ilgari davrlarda katta
shov-shuvlarga sabab bo‘lgan internet vositasidagi elektron biznes endilikda
sog’lom aql-idrokka asoslanib, moliyaviy nuqtai-nazardan hisob-kitobli bo‘lib
bormoqda va uning tevaragida paydo bo‘layotgan katta-kichik miqyosdagi
muammolarni internet-bozor ishtirokchilari o’zlari oqilona hal qilishlari zarur
bo‘ladi, albatta. Tarmoqdagi internet-savdoga o‘rgangan turli-tuman
foydalanuvchilar internet-do‘kon saytlariga kirib, odatdagidan ko’ra pastroq
narxdagi maxsulot va xizmatlarni izlaydilar. Elektron biznes ishtirokchilari
bo’lgan sotuvchilar va kompaniya mutasaddilari xaridorlarni o’zlarining
maxsulot va xizmatlariga yanada ko’proq jalb qilish maqsadida narxlarni
kamaytirishga muttasil harakat qiladilar va bunga erishadilar ham. Ammo
agarda tarmoqdagi sotuvchilarning narxi potentsial xaridorlarni qoniqtirmasa,
ushbu xaridorlar tabiiy ravishda ularning potentsial raqobatchilarga murojaat
qiladilar. Internet kompaniya potentsial xaridorlarning bu kabi nooddiy xatti-
harakatini hisobga olgan xolda xozirgi davrda mahsus avtomatik sotuvchi
robotlar (
shopping-robotlar
) o’rnatilgan savdo saytlari paydo bo‘la
boshlayapti, Bunday robot-sotuvchlar potentsal xaridorlarga mahsulot va
xizmatlarga internet kompaniya uchun aqlga muvoviq bo’lgan narx va
chegirmalar haqida inson ishtorokisiz ma’lumotlar yetkazib turadilar. Shu
o’rinda aytib o‘tish joizki, internet savdoda xaridorlarni jalb qilish uchun
narxlarning vaqtinchalik tushirilishi ko’pchilik kompaniyalar uchun oxirgi
vaqtlarda o‘zini to’liq oqlamayapti va shuning uchun ham bu borada
qo’shimcha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xozirgi davrda ko‘plab
o‘xshash savdo brendlarining mavjudligi, internet savdoda bir-biriga juda
o’xshash bo’lgan mahsulor va xizmatlarning ko‘payishi potentsial
xaridorlarning savdo vositachilari (dillerlari) manzillari va nomlarini yodda
qoldirishlariga mone’lik qilmoqda.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |