Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx


 O‘zbekistonda elektron tijoratni C2C sektorini rivojlantirish



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

6.3. O‘zbekistonda elektron tijoratni C2C sektorini rivojlantirish 
masalalari 
 
Hozirgi  vaqtda  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  electron  biznesning 
turli xil darajadagi quyidagi andozalardan foydalaniladi: Masalan, B2B - korxona - 
korxona,  B2C  -  korxona  -  iste’molchi,  B2P  -  korxona  –  hamkor,  B2E  -  davlat-
tadbirkor, S2B 
-
iste’molchi  -korxona,  C2C  -  iste’molchi  –  iste’molchi,  B2G  –    korxona-
davlat, G2P - davlat-hamkor, G2B - davlat - korxona va P2G - hamkor -davlat. 
"Ideal"  holatda  B2B  andoza  bo’yicha  elektron  tijorat  yuritish 


98 
 
tadbirkorlarning  avtomatik  o’zaro  aloqadorligini  ko’zda  tutadi.  Xorijda  B2B 
andozasi  40  yil  oldin  paydo  bo’lgan  va  keng  tarqalgan.  B2B  andozasidan 
foydalanishning  ikki  ko’rinishi  bor:  Ikki  yoki  undan  ortiq  korxonalar  o’zaro  turli 
xil shartnomalar tuzadi. Masalan, korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o’z 
takliflarini  yuborishlari,  hisob  varaqalarini  qabul  qilishlari  va  to’lovlarni  amalga 
oshirishlari  mumkin.  Ikkinchisi  -  B2B  sektorida  elektron  tijorat  yuritishning 
rivojlangan tizimlarining o’ziga xos xususiyati bo’lib, bu xolat korporativ axborot-
kommunikatsion  tizimlari  bilan  integratsiyalashish  hisoblanadi.  Shunday  qilib, 
istiqbolda,  nafaqat  xarid  va  sotuv  jarayonining  avtomatlashuvi,  balki  korxona 
boshqaruvining  kompleks  avtomatlashuvi  masalalari  yechimi  ham  ta’minlanadi. 
Ichki bozor doirasida elektron tijoratning bu yo’nalishi ichki ishlab chiqaruvchilar 
orasida  yangi  tijorat  aloqalarini  vujudga  keltirishga  yordam  beradi,  shuningdek, 
materiallar  va  uskunalarni  xarid  qilish  jarayoni  sezilarli  darajada  yengillashdi. 
Xalqaro  darajada  B2B  andoza  bizning  ishlab  chiqaruvchilarga  dunyo  bozorida 
ishtirok  etishiga  keng  imkoniatlar  yaratadi.  B2B  andozasini  qurish  va 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritish maqsadida mo’ljallangan bozor segmenti shu kabi 
yechimlarni  qabul  qilish  va  joriy  etishga  tayyor  bo’lishi  lozim.  Bozorning  bu 
segmenti  bir  necha  tasnifga  ega  bo’lishi  kerak.  Ularning  eng  ahamiyatlislar 
quyidagilardir  hisoblanadi:  hajmlilik  va  sig’imlilik.  Tabiiyki,  Shimoliy  Amerika, 
G’arbiy  Evropa  va  bizning  bozorlar  uchun  hajm  bo’yicha  ko’rsatkichlar  keskin 
farqlanadi.  Agar  B2B  andoza  bo’yicha  elektron  tijorat  yurituvchi  Amerika 
kompaniyalari  aylanmasi  milliardlab    dollarlarni    tashqil  etadigan  segmentga 
mo’ljallangan  bo’lsa,  bizning  korxonalar  bunday  ko’rsatkichlarga  xali-beri 
tenglasha  olmaydilar.  Turli  xil  korxonalar    va    ishtirokchilar  bozorning  bu 
segmentida  har  biri  o’z  maqsadini  ko’zlaydi,  lekin  B2B  andozasini  tadbiq  etib, 
undan  foydalanishda  barcha  foydalanuvchilar  yutishi  mumkin.  Texnologik 
yechimlarni  yetkazib  beruvchilar  B2B  andozasini  amalga  oshirishda  o’z 
mahsulotlari  texnologiya  va  bilimlarini  sotishdan  va  keyinchalik  bu  yumushlar 
bo’yicha  elektron  tijorat  jarayonini  olib  borish  funktsiyalarni  amalga  oshirishdan 
naf ko’rishadi. 


99 
 
Endi O’zbekistonda electron biznesning rivojlanish jarayoni xususiyatlarini 
ko’rib  chiqamiz.  Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  mobil    aloqa,    yuqori 
tezlikda  ishlaydigan  internet,  kabelli  televizion  aloqa,  masofaviy  bank xizmatlari, 
qishloq  xo`jaligi  texnikasi,  avtomobillar  va  texnologik  uskunalarni  ta`mirlash  va 
ularga  xizmat  ko`rsatish  kabi  zamonaviy  yuqori  texnologiyalar  asosidagi  xizmat 
turlari  aholi  o`rtasida  tobora  ommalashib  bormoqda.  Aholi,  jumladan, 
mamlakatimizning 
olis 
hududlarida 
yashayotgan 
aholining 
axborot- 
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
xizmatlaridan 
foydalanish 
imkoniyatini 
kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda internetdan 
foydalanuvchilar soni yil sayin ko`payib bormoqda. Bugungi kunda ular 12 million 
kishidan oshdi yoki mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismidan ortig’ini tashqil 
etmoqda.  Respublikamizda  Internetning  o`tkazuvchanlik  darajasi  4  barobardan 
ko’proq miqdorda oshirildi, internetga ulanish tezligi esa salkam ikki marta ortdi. 
Shu  bilan  birga,  undan  foydalanish  narxi  ancha  kamaydi.  Iqtisodiyotimiz  va 
jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida hamda 
muhim o`rin tutishini hisobga olib, keying 5 yillikda O‘zbekiston Respublikasining 
Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirish  kompleks  dasturi  qabul 
qilindi.  Ushbu  dastur  doirasida  amalga  oshirilayotgan  loyihalar  yaqin  kelajakda 
mamlakatimizda barcha avtomat telefon stansiyalarini raqamli tizimga o`tkazishni 
ma`lumotga  boy  resurslar  va  davlat  organlari  tizimi  yaratiladiki,  bunda  elektron 
xizmatlar  faoliyati  yagona  davlat  portalidan  amaliy  jihatdan  olib  borilishi 
ta`minlanadi  va  saytga  joylashtirish  bo`yicha  keng  ko`lamdagi  ishlarni  amalga 
oshirish  imkoniyatlari  yaratiladi.  Bu  borada  xalqaro  ilg’or  tajribalardan  unumli 
ravishda foydalanilmoqda (Elektron xukumat bo’yicha Koreya Respublikasi bilan 
faol  hamkorlik  bunga  yaqqol  misol  bo’la  oladi).  Davlat  interaktiv    axborot 
tizimining  shakllanishida  tegishli  hukumat  qarorlari  muhim  huquqiy  asos  bo`lib 
xizmat  qildi.  Bugungi  kunda  barcha  davlat  organlari  tomonidan  doimiy  ravishda 
yangilanib  turuvchi  veb-saytlar  yaratilgan  bo`lib,  ular  xuquqiy  va  jismoniy 
shaxslarga davlat organlarining faoliyati va ular qabul qilayotgan qarorlari haqida 
batafsil 
ma`lumotlar 
berib 
bormoqdalar. 
Davlat 
organlari 
tomonidan 


100 
 
foydalanuvchilarga  juda  ko’pxildagi  davlat  interaktiv    xizmatlarni    ko`rsatish 
amalga  oshirilmoqdaki,  ularning  faoliyati  ochiq,  tiniq  va  tezkor  bo`lishga  
qaratilgan.  2013-yil  1  iyuldan  boshlab  Axborot  xizmati  ishga  tushirilib,  Yagona 
portal  xizmatlari  va  axborotdan  foydalanish,  foydalanuvchilarni  doimiy  ravishda 
axborot bilan ta`minlash, murojaatlar statusi haqida axborot berish, davlat organlari 
faoliyati,  Yagona  portal  servislari  va  xizmatlari  haqida  ma`lumotlar  olish  kabi 
imkoniyatlar  paydo  bo`ldi.  Axborot  maczusi  dolzarbligi  va  keng  omma  uchun 
kerakli  va  ommabop  sanalgan  saytlardan  Davlat  soliq    qo`mitasi,    Statistika 
bo`yicha  davlat  qo`mitasi,  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi kabi 
davlat  mahkamalarining  veb-sahifalari  hisoblanadi.  O`zbekiston  Respublikasi 
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o`z saytida 
“Elektron  hukumat  to`g‘risida”gi  qonun  loyihasini  ishlab  chiqishda  elektron 
hukumat  sohasidagi  chet  el  tajribasi  batafsil  o`rganilgan.  Jumladan,  Koreya 
Respublikasining “Elektron hukumat to`g‘risida”gi Qonuni tarjima qilinib, chuqur 
o’rganilgan va bundan  tashqari  Rossiya,  Germaniya,  Britaniya,  AQSH  va  boshqa 
ilg’or  mamlakatlar  qonunlari  ham  tanqidiy  ravishda  ko`rib  chiqilgan.    Hozirgi  
kunda  “elektron  hukumat”ning  samarali  elementlari  sifatida  yigirmadan  ortiq 
loyihalar  amalga  oshirilgan.  Xozircha  aholi  uchun  mo`ljallangan  interaktiv 
xizmatlar soni nisbatan kam bo`lib, ularni yanada ko`paytirish talab etiladi. 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish