Zamonaviy adabiyotlarda «Operatsiya» va «Xizmat» tushunchalarining
farqlanishi
1
Xizmat
Operatsiya
- Boshqaga foyda keltiradigan harakat
- Nafaqalar va boshqa ijtimoiy
yordamlar
-
Moddiy tabiatni o‘zgarishi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lmagan mehnatning
barcha turlari. Bu narsalar iste’moliga
xizmat ko‘rsatish vositasida aholining har
xil
individual
talablarini
qondirishga
qaratilgan mehnat turlari
-
YAngidan
mavjud
bo‘lmagan
mahsulot yaratilmaydigan, lekin mavjud
mahsulot sifati o‘zgaradigan jarayonni
amalga oshiruvchi ishlar, faoliyat turlari.
Bu ashyolar ko‘rinishida emas, balki
faoliyat
xizmatlar
ko‘rinishida
taklif
etiluvchi ne’matdir.
-
O‘zi kabilar bilan bir qatorda
alohida harakat.
-
Bir maqsadda birlashtirilgan
harakatlar majmui.
-
Mijozlar
hisobidan
va
topshirig‘iga asosan bajariladigan
huquqiy, komission operatsiyalar.
-
Pul mablag‘larini jalb qilish
va joylashtirish operatsiyalari.
-
Bir
iqtisodiy
masalani
echishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan bank faoliyati.
-
Ko‘zlangan maqsadni amalga
oshirish bilan bog‘liq harakat.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, bank xizmatlari va operatsiyalari
o‘rtasidagi farq asosan uning foyda olish va o‘z mavqeini yanada
mustahkamlashga qaratilgan.
Tijorat banklari xizmatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga va ko‘zlangan
maqsadga ko‘ra ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ma’lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun bajariladigan
xizmatlar.
2. Daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar.
Ushbu ikki xizmatlar guruhi o‘rtasida ma’lum nisbat mavjud bo‘lib, ular bank
faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi. Bank
likvidligini ta’minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba’zi birlari bankka
1
Lending / Chartered Institute of Bankers. - London: BPP Publishing, 2003. ISBN 0-7517-1015-6
daromad keltirsada, ular mavjudligini sababi bank umumiy likvidligini ma’lum
darajada ushlab turishdan iboratdir.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning 600 dan ortiq turi mavjud. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari
tomonidan mijozlarga 50 dan ortiq bank xizmat turlari taklif etiladi. Banklarimiz
taklif etilayotgan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar mustaqil belgilanadi va ular xilma-
xildir.
Odatda, tijorat banklarini ko‘rsatadigan xizmatlarining turlari bo‘yicha
quyidagilar kiradi:
- iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, jismoniy shaxslarni kreditlash;
- iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish;
- davlat qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshiriladigan xizmatlar;
- korxona va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari bilan oshiriladigan
xizmatlar;
- milliy va xalqaro valyuta bozorlaridagi xizmatlar, mijozlarga hisob-kitob va
kassa xizmati ko‘rsatish;
- tijorat banklarining trast xizmatlari;
- banklarning konsalting xizmatlari;
- lizing, faktoring, forfeyting xizmatlari.
Tijorat banklarining asosiy funksiyalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarini
kreditga bo‘lgan talabini qondirish va shu orqali yuqori daromad olishdan iborat.
Banklarning an’anaviy mahsulotlaridan biri, kredit xizmatlari tijorat banklari
aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsion operatsiyalari, davlat va
korpotiv qimmatli qog‘olzlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradi.
SHuningdek, fond bozorida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ularga
investitsiyalar kiritish va emitent va investorlar o‘rtasida vositachilikni amalga
oshirishi mumkin.
Bundan tashqari tijorat banklari tomonidan xalqaro munosabatlariga
kirishuvchi mijozlariga eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi.
Bank xizmatlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin: Jumladan:
a) mijozlar ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishi jihatidan:
- to‘g‘ri xizmatlar (direct dervices), bevosita mijozlarning jhtiyojlarini
qondiradi masalan, to‘lovlarni o‘tkazish, hisobvaraq ochish, investitsion xizmatlar;
- bilvosita xizmatlari (related services), mijozlarga taqdim etilishi bilan
ularga qulaylik tug‘diradigan va foydali bank xizmatlari bo‘lib, ularga
(kliringovыe xizmatlari, xom banking, konsultatsion xizmatlar, plastik
kartochkalar),
Nazariy jihatdan murakkablik darajasi bo‘yicha bank xizmatlari va
mahsulotlarini quyidagi darajalarga bo‘lish mumkin:
1- darajali mahsulotlar va xizmatlar– ko‘pchilik iste’mol qiluvchi va
foydalanuvchi bank xizmatlari ( kreditlash, depozitlar jalb qilish, kliring xizmatlari
va boshqalar),
2- darajali mahsulotlar va xizmatlar
–
maxsus tayorgarlikka ega bank
xodimlarini talab qiluvchi xizmatlar (aktivlarni boshqarish, investitsion xizmatlar);
3- darajali mahsulotlar va xizmatlar, professional bilimlar va tajribani talab
qiluvchi xizmatlar bo‘lib, ularga korporativ moliya, turli aktivlarni boshqarish.
4 - darajali mahsulotlar va xizmatlar, moliyani rejalashtirish, moliya
injeneriyasi sohasidagi maxsus bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar hisoblanadi.
Bank xizmatlari bozori – mijozlar talabini qondirishga qaratilgan bank
xizmatiga bo‘lgan talab va taklifning shakllanish sohasi.
Bank xizmatlari bozorini joylashuvi bo‘yicha:
- Mahalliy bank xizmatlari bozori; ma’lum bir viloyat, tuman yoki hudud
ichidagi xizmatlar bozori tushuniladi.
- milliy bank xizmatlari bozori; bu alohida olingan mamlakat xududida tashkil
qilingan va amal qiladigan bozordir.
- xalqaro bank xizmatlari bozori, ya’ni turli davlatlar o‘rtasida yoki ular
tomonidan tashkil qilingan turli bozorlar tushuniladi.
Bundan tashqari bank xizmatlari bozorini xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamiga
qarab 2 turga bo‘lgan holda:
- chakana bank xizmatlari bozori;
- ulgurji bank xizmatlari bozori kabi turlarga ajaratish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti qonunlaridan asosiysi shundan iboratki baho har doim
bozordagi talab va taklif natijasida aniqlanadi. SHunday ekan, bank xizmatlari
bozorida, ko‘rsatiladigan xizmatlar, operatsiyalar va bank mahsulotlarining
bahosi, mijozlar tomonidan ularga bo‘lgan talab, hamda xizmatlar taklifining sifati,
tezkorligi kabi omillar ta’siri orqali aniqlanadi.
Bank xizmatlari bozorini mijozlarni yuridik maqomi jihatidan 2 ga bo‘lishi
mumkin:
1. YUridik shaxslarga ko‘rsatiladigan chakana bank xizmatlari;
2. Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan chakana bank (riteyl) xizmatlari.
SHuni ta’kidlash mumkinki, internet paydo bo‘lishi bilan mijozlarga xizmat
ko‘rsatish sifati va moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishning yangi standartlari bilan
ajralib turuvchi bank xizmatlari bozori shakllandi. Bunda elektron pullarni joriy
etish, intelektual dastur ta’minoti rivoji va tarmoq texnologiyalarini
takomillashtirish, ular rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Turli
ma’lumotlar bazasiga elektron kirish ichki va tashqi iqtisodiy va analitik
ma’lumotlarni tahlil qilish, mablag‘larni investitsiyalash, qimmatli qog‘ozlarni
sotib olish qarorini qabul qilish uchun ularni akkumulatsiya qilish imkonini beradi.
Mijoz qarzi va mulki hamda uning qiymati bahosini o‘zida namoyon etuvchi
«mulkiy schyotlar»ning kiritilishi kelajak yo‘nalishlardan bo‘lib qoldi. Mijoz va
bank kompyuter tarmog‘ining ulanishi hisobvaraq egasining hisobvaraq holatini
nazorat qilish va operatsiyalar o‘tkazilishini markazlashtirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda EI mamlakatlarining 10 mln.dan ortiq mijozlari internet orqali bank
xizmatlaridan foydalanishi va ular sonini tobora ortib borishi elektron xizmatlar
yutuqlaridan dalolat beradi. Bu yil 50 ta yirik G‘arbiy Evropa banklarining 45 foizi
o‘z xizmatlarini internetda taklif qilish imkoniyatlariga egadirlar.
Xorij bank xizmatlari bozorining to‘lovlar va banklararo hisob-kitoblarni
tashkil etish sohalaridagi raqobatbardosh xususiyatlari bo‘lib, o‘tkazishlarining
operativliligi va tezkorligi, informatsion ta’minlanganligi, yuqori darajada
avtomatlashtirilganligi keng muxbirlik aloqalariga ega bo‘lgan tarmoqlarning
mavjudligi, hamda aniq vaqt tartibida bank hisobvaraqlarini boshqarish imkonini
mavjudligi hisoblanadi.
Tijorat xizmatlarining namunaviy portfeli vakillik munosabatlar, risklarni
boshqarish, mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatish sohalarida
vakil banklar hisobidagi mablag‘lar qoldig‘i tufayli universal banklarni bank
xizmatlari bozorida yuqori mavqeni egallashlariga va daromadini oshirishga imkon
berishi aniqlandi. Banklarning vakillik munosabatlar sohasidagi xizmatlarning
taxminiy majmui quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
xorijiy hamkorlar bilan hisob–kitoblarni vakillik hisobvaraqlar va TMBlar
filiallari orqali amalga oshirish;
-
mijoz hisob-raqamlarida mablag‘larni investitsiyalash jarayonida pul
bozorining qiska muddatli instrumentlari yordamida xizmat ko‘rsatish;
-
mijozlar hujjatli majburiyatlari yoki bitimlar bo‘yicha kontragentlar
to‘lovlari qabul qilishda risklarni tahlil qilish.
Mijoz risklarini boshqarish bo‘yicha bank xizmatlarini bank faoliyatining
alohida turi sifatida ajratuvchi xorijiy banklar tajribasi ilmiy-amaliy qiziqish
uyg‘otadi. Bunda risk tushunchasi deganda mijozning bitimni amalga oshirishiga
turli omillar ta’siri, uning moliyaviy, iqtisodiy holati tufayli kontragent o‘zining
to‘lovlar, kreditlar va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi
tushuniladi. Ushbu holatda bank xizmati ishtirokchilarining o‘z majburiyatlarini
bajara olish salohiyatini tahlil qilish va ma’lum bir to‘lov evaziga mijoz riskining
bir qismini o‘z zimmasiga olish imkonini baholashdan iborat bo‘ladi.
Risklarni baholash – foyda olish va bitimni oxiriga etkazish uchun korporativ
mijozlarga ma’qul shart-sharoitlarni yaratish kabi taklif qilinayotgan bank
xizmatlarining turliligidir
2
. Banklarning korporativ mijozlarga risklarni boshqarish
sohasida ko‘rsatuvchi xizmatlari kontragentlar tomonidan moliyaviy, valyuta,
to‘lov va shartnoma majburiyatlarini bajarmasliklarini oldini olish imkoniyatlarini
tahlil qilish nuqtai nazaridan bo‘lishi mumkin. Ular bizning nazarimizda
quyidagilardan iborat:
-
mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili, alohida mamlakatlar,
mintaqalar, tijorat banklari, moliya institutlari uchun kredit, valyuta va siyosiy
risklar limitini belgilash va boshqarish;
-
turli mamlakatlar banklari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlik qilish
bo‘yicha mijozlarga konsalting xizmatini ko‘rsatish;
-
bank tomonidan mijozlarning tashqi iqtisodiy bitimlariga oid valyuta,
kredit, to‘lov, siyosiy va boshqa risklarni trattalarini akseptlash yoki avol,
akkreditivlarni tasdiqlash va kafolatlar berish yo‘li bilan sug‘urtalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |