Turbina
(frans. turbinus — uyurma) — ish jismi — bugʻ, gaz yoki suvning kinetik
energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi — rotor. Ish
jismi oqimi rotor parraklariga taʼsir qilib, uni aylantiradi. T.ning aktiv (faol) va
reaktiv, bir va koʻp pogʻonali turlari bor. Muqim (statsionar) bugʻ va gaz T.lari elektr
toki generatorlarini (turbogeneratorlar), markazdan qochma kompressorlar va havo
haydovchi qurilmalarni (turbokompressorlar, turbohavo haydagichlar), taʼminlash,
yonilgʻi va moy nasoslarini (tubronasoslar) harakatlantirish uchun qoʻllanadi.
Transport bugʻ va gaz T.laridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi.
Gaz T.lari ham aviatsiya dvigatellari (turbovintli va turboreaktiv dvigatellar)
sifatida, baʼzi hollarda (yuqori quvvatli dvigatellar zarur boʻlganda) lokomotivlar
(gazoturbovozlar) va maxsus avtomobillarda ham qoʻllanadi. Gidravlik T.lar
gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi
(gidrogeneratorlar). Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila
olishi tufayli T.lar energetikada porshenli bugʻ mashinalarining oʻrnini egalladi
(qarang
Bugʻ turbinasi
,
Gaz turbinasi
,
Gidroturbina
).
Generator
—
tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani
bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan,
atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr
generatori va h. k. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok
generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok
elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil
qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa,
8.
ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va
quvvatli
tebranishlar
energiyasiga
aylantiriladi.
Generatorning
umumiy
makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli
koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor;
mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali,
molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining
tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir
necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional
qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi.
Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar
yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5%
oraligʻida boʻladi. Signal Generatordan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal
amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini
ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan Generatorlar bajarishi mumkin.
Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov
texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida
qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari
yaratilgai,
yangi
"generatormashina"
tizimlari
ishlab
chiqariladi
(qarang
Elektrmashina
generatori
,
Oʻlchash
generatori)
.
9.
Do'stlaringiz bilan baham: |