Geotermal resurslar
- Yer qaʼri issiqligi zaxirasi. Gidrogeotermal (termal suvlar)
va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha qizigan quruq togʻ jinslari)
resurslarga boʻlinadi. G. r.ning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilgʻi-
energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq
manbai sifatida (40° dan 100— 150° gacha boʻlgani) va elektr quvvati i.ch.da (150°
dan 300° gachasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQSH (Kaliforniya), Yangi
Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, RF (Gʻarbiy Sibir, Shim.
Saxalin)da].
1.3 Yurtimizda geotermal energiyadan foydalanish va uning mavjud imkoniyatlari.
O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni
uning hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod
resurslaridan 4-6 marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal
resurslarning asosiy iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va
elektr energiya ishlab chiqarish bo‘ladi.
Farg‘ona artezian basseynida bir necha
suv oqimi komplekslari terminal suvlari uchraydi, minerallashuv va kimyoviy
tarkibi turlicha, suv tennisi 70-900 C ga yetadi. Bu suvlar katta debitga va
basseynga ega. Alohida quduqlari 30 l/s gacha termal suv olish mumkin.
O‘zbekiston janubida (Sirdaryo) geotermal suvlar 6500 C temperaturada
uchraydi, ularda debiti ayrim quduqlar 3000 m3/sutka gacha etadi. Bu suvlar yod va
brom moddalari bor hisoblanadi. Ulardan kompleks foydalanish mumkin-issiqlik
ta’minoti uchun yoki qimmatbaxo kimyoviy elementlar olish uchun.
O’rta Osiyoda temperaturasi 40-200°C atrofida o‘zgaradigan umumiy oqim
sarfi 0,55 mln.m3/kun bo’lgan geotermal suvlar zahirasi mavjuddir. Hozirgi
vaqtda geotermal suvlardan faqatgina xalq xo‘jaligining kommunal xo‘jaligida
(uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash), parniklarda va davolash
maqsadlarida ishlatiladi. Energetika va issiqlik bilan ta’minlashda asosan
temperaturasi yuqori va kam mineralizatsiyali suvlar qimmatli hisoblanadi.
Chunki mineralizatsiyasi oz bo’lsa, jihozlarning zanglashi va ularning devorlariga
tuzlarning o‘tirib qolishi kam bo’ladi.
12.
Issiqlik almashinuviga ega past chuqurlikdagi geotermal tizim, a - yer osti quduq
(skvajina) larda; b- gorizontal kanallarda.
O'zbekiston Respublikasi hududidagi eng muhim qaytalanuvchi energiya
manbalarining turlari va miqdorlari (mln.t.n. e.)
Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda qaytalanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
bo‘yicha juda ko‘p ilmiy-tadqiqot, loyiha hamda qurib ishga tushirish ishlari
xalqaro grantlar va loyihalar asosida bajarilmoqda
Dunyodagi eng katta geotermal
elektrostansiya The Geysers - eng katta geotermal energiya to‘plangan joy
AQShning Kaliforniya shtatidan 116 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda
joylashgan 18 dona geotermal elektrostansiya 2000 MW quvvat ishlab chiqaradi
Geotermal elektrostansiyalar joylashgan hudud 78 km
2
tashkil qiladi. Ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyasi Kaliforniya shtatinmg janubida joylashgan
iste’molchilarning 60% ehtiyojini qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |