GLOSSARIY
Ma’lumotlar bazasi (База данных, Database)
— elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib
topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan va aniq qoidalar asosida tashkil
qilingan ma’lumotlar to‘plami.
Ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi server (Сервер базы данных, Database server)
— mijoz
kompyuterlarning so‘rovlariga javob beruvchi, yangilangan ma’lumotlarni qabul qiluvchi, bazadan
foydalanishga ruxsat beruvchi va h. k. vazifalarni bajaruvchi server.
Ma’lumotlarni yig‘ish (Сбор данных, Data capture)
— ma’lumotlarni yig‘ib, kompyuterga kiritish
jarayoni. Jarayon avtomatik tarzda yoki qo‘l mehnati bilan amalga oshiriladi.
Ma’ruza (Лекция, Lecture)
— o‘quv materiali, masala, mavzu, bo‘lim, predmetni tizimli va ketma-ketlikda
bayon etish.
Masofadan o‘qitish (Дистанционное обучение, Distance learning)
— o‘quv jarayoni zamonaviy
axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilib, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi
masofa va munosabatlar e’tiborga olinmaydigan o‘qitish.
Masofadan o‘qitish kurslari (Курсы дистанционного образования, Distance education course)
—
tartibga solingan o‘quv dasturi, ko‘zlangan maqsad, egallanilishi lozim bilim, ko‘nikma va malakalar aniq
belgilab qo‘yilgan o‘quv kursi. Kurslar malakali o‘qituvchilar hamda axborot va kommunikatsion vositalar
yordamida tashkillashtiriladi.
Media (Медиа, Media)
— axborotni elektron texnologiyalar vositasida tashuvchi yoki saqlovchilar.
Masalan, matnni kitob, qo‘llanma, CD; tovushni audiokasseta, radio va teleko‘rsatuvlar; tasvirni
videokasseta, teleko‘rsatuvlar orqali uzatish va tarqatish mumkin.
Modul (Модуль, Module)
— biror yaxlit o‘quv materialini tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklar.
Monitor (Монитор, Monitor)
yoki
Displey (Дисплей, Display)
— ekranda tasvirni aks ettiruvchi har
qanday qurilma. Tasvir ekranda nuqtalarning yoritilishidan hosil qilinadi.
Multimedia (Мультимедиа, Multimedia)
— axborot (matn, rasm, animatsiya, audio, video)ni
ifodalashning ko‘p imkoniyatli taqdim etilishi.
Menyu (Меню, Menu)
— sayt sahifalariga o‘tishni osonlashtiruvchi bo‘lim nomlari (menyu elementlari)
dan iborat guruhlangan to‘plam. Menyu elementlarini matn yoki belgi-ikonkalar bilan berish mumkin. Har
bir saytda menyu bo‘lishi shart.
Offlayn (Оффлайн, Offline)
— tarmoqqa ulanmagan (avtonom) holda ishlash tartibi.
Offlayn texnologiyalar (оффлайновые технологии, offline technologies)
— ma’lumot va xabar
almashuvda sezilarli asinxronlikka yo‘l qo‘yadigan axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi
vositalari: tarqatish ro‘yxatlari, yangiliklar guruhi, web-forumlar va h. k.
Onlayn (онлайн, online)
— tarmoqqa ulangan holda ishlash tartibi.
Onlayn ta’lim (Онлайн обучение, Online training)
— 1) Internetdan foydalangan holda real
vaqt rejimida bilim olish usuli. Hozirda onlayn ta’lim dunyodagi eng tez rivojlanayotgan ta’lim
texnologiyalaridan biri hisoblanadi; 2) barcha qatnashuvchi (talaba va o‘qituvchi)lar internet orqali
axborot almashish yo‘li bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan o‘quv mashg‘ulot turi. U o‘zida onlayn muhokama
(forum, chat va elektron pochta orqali), yakka va guruhda vazifa bajarish, ma’ruza tayyorlash va test
topshirish kabilarni qamrab oladi.
Onlayn texnologiyalar (Онлайновые технологии, Online technologies)
— tarmoq axborot makonida
real vaqt rejimida axborotni sinxron almashishni ta’minlovchi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari:
suhbat kanali (chat), audio va videokonferensiya va boshqalar.
http://eduportal.uz
108
Do'stlaringiz bilan baham: |