GLOSSARIY
Administrator (Администратор, Administrator)
—
1) tizimda ishlash va uni boshqarish uchun keng
huquqlarga ega mutaxassis — xodim; 2) masofadan o‘qitish kurslarini ularning mualliflari nomidan
boshqaruvchi shaxs. Mualliflar bilan doimiy aloqada bo‘lish bilan birga, o‘quv materiallarini yangilash,
ulardan foydalanishga o‘quvchilarga ruxsat berish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.
Akkaunt (Аккаунт, Account)
—
so‘zma-so‘z tarjimasi “qayd yozuvi” — foydalanuvchining kompyuter
xotirasida saqlanadigan tavsifi. Odatda, u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nomi, paroli,
huquqlari va uy katalogining nomidan (agarda mavjud bo‘lsa) tarkib topadi.
Brauzer (Браузер, Browser)
—
internet bilan ishlashni ta’minlaydigan dastur.
Domen nomi (Имя домена, Domain name)
—
1) lokal yoki global tarmoq (Internet) serverlaridan
birida joylashgan sayt manzili yoki sayt nomi. Domen orqali sayt joylashgan xosting va baza bilan
bog‘lanish mumkin; 2) axborot resursi yoki tizimiga berilgan, ularni internet jahon axborot tarmog‘ida
identifikasiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom.
Domen nomlari tizimi (Система доменных имен, Domain name system)
—
internet jahon axborot
tarmog‘ida domen nomlarini berish, rо‘yxatdan о‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi.
Dizayn (Дизайн, Design)
—
kontentni ifodalash (tavsiflash, namoyish qilish) usuli.
Elektron matn (Электронный текст, Electronic text)
—
axborot tizimining xotirasiga yozilgan matn
(hujjat, kitob, jurnal, ma’lumotnoma va h. k.). Elektron matnlar tizimlarda joylashganligi sababli, o‘quvchi
(foydalanuvchi)lar oldida yangi imkoniyatlar ochiladi. Matnni istagancha tahlil qilish, kerakli qator,
xatboshi, bo‘lim va hokazolarni topish mumkin.
Elektron pochta (Электронная почта, Electronic Mail)
—
tarmoqning eng ommaviy xizmat turi. U
foydalanuvchilarga elektron xabarlar almashish imkoniyatini beradi.
Elektron pochta manzili (Электронный почтовый адрес, Electronic mail address)
—
har bir
abonentning elektron pochtadagi shaxsiy manzili. U foydalanuvchi nomi, @ belgisi va pochta serveri
ishga tushirilgan kompyuter nomi ketma-ketligida belgilanadi.
Foydalanuvchi interfeysi (Интерфейс пользователя, User interface)
—
foydalanuvchining tizim yoki
tarmoq bilan о‘zaro ta’sirini aniqlaydigan shakl.
Forum (Форум, Forum)
—
1) sayt orqali muloqot qilish shakli. Forumda suhbatlar foydalanuvchi yoki
administrator tomonidan kiritilgan mavzu asosida olib boriladi; 2) saytda suhbatlashish uchun uskuna.
Forumdagi xabarlar muallif, mavzu va xususiy mazmunga egaligi bilan bir-biriga o‘xshab ketadi. Xabarni
forumga yuborish uchun hech qanday qo‘shimcha dastur talab qilinmaydi, saytdagi tegishli shaklni
to‘ldirish kifoya.
Foydalanuvchi (Пользователь, User)
—
kompyuterdan foydalanuvchi shaxs. Agar kompyuter
tarmoqqa ulangan bo‘lsa, tarmoq foydalanuvchisi atamasi ishlatiladi.
Foydalanuvchi profili (Профил пользователя, Structure of the user)
— foydalanuvchi kiritgan
parametrlarni saqlovchi fayl. Bunga ishchi stol va tarmoqni sozlovchi ma’lumotlarni, dasturlarga tegishli
parametrlarni kiritish mumkin.
GLOSSARIY
http://eduportal.uz
106
Do'stlaringiz bilan baham: |