34
XULOSA
Kurs ishda quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1. “Oila”, «oilaviy tadbirkorlik” kategoriyalari bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
mustaqil tushunchalardir. Bunda oila faqat iste’molchi sifatida bir guruh uyushgan
kishilardan tarkib topgan ijtimoiy sub’ekt bo‘lsa, oilaviy tadbirkorlik iqtisodiy
jarayon bo‘lib, faqatgina oila negizida shakllanadi va rivojlanadi;
2. Oilaviy tadbirkorlik ham o‘ziga xos tadbirkorlik bo‘lib, oila mulkiga,
ishlab chiqarish vositalariga, oila a’zolarining mehnatiga va tadbirkorlik faoliyati
natijasida oladigan daromadiga egalik qilish huquqiga ega. Tadqiqotlar
ko‘rsatmoqdaki, kelajakda xo‘jalik yuritishning oilaviy tadbirkorlik shakli
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ektiga aylanadi. Shunday ekan hozirgi
iqtisodiy muxit «Oilaviy tadbirkorlik faoliyati va uni qo‘llab–quvvatlash
to‘g‘risida» gi qonunni qabul qilishni taqozo etmoqda.
3. Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida
qo‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi
bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy
mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini
qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib
borgan sari jonli mehnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va
xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi.
4. Oilaviy tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng
asosiysi moliyaviy omildir. so‘ralgan oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli
moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini boshlamoqchi
bo‘lgan oila uchun 1000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak,
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish
talab etiladi.
5. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada
mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi
va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish
markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish
o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni
ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur.
6. Xizmat sohasi bilan band bo‘lgan oilalar daromadi tarkibida tadbirkorlik
daromadlari salmoqli o‘rin egalaydi. Kuzatilgan oilalarda pul daromadlarining jon
boshiga o‘rtacha taqsimlanishi eng kam daromadli sartaroshxona xizmatlari bilan
shug‘ullanuvchi va eng ko‘p daromadli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari
bilan shug‘ullanuvchi oilalar daromadi o‘rtasidagi farq 2,2 martani tashkil
etmoqda. Ushbu tahlilda yana bitta muhim qonuniyat kuzatildi. Oila
daromadlarining ortib borishi bilan ulardagi aholining o‘rtacha soni kamayib
35
bormoqda. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila xo‘jaligi a’zolari soni
qancha kamayib borsa, ularning o‘rtacha daromadlari shuncha ko‘p ekanligi
kuzatiladi. Shuningdek, pul daromadlarining tabaqalanishi qishloq bilan shahar
o‘rtasida nisbatan farq qiladi. Qishloq joyida aholining bir oilaga to‘g‘ri keladigan
soni 6,2 kishini tashkil qilsa, shaharda ushbu ko‘rsatkich 3,4 kishini tashkil qiladi.
7. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘sqinlik qilayotgan
omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Demak, oila daromadlarini
ko‘paytirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun mikromoliyaviy institutlarning rolini ham oshirish talab
etiladi.
8.
Oilaviy biznes sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy
rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi
daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash
tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga
misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish
mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli
qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega.
9.
Oilaviy biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini oilaviy biznes
sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga
keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy
biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning
modernizatsiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga
yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.