21
2.2- jadval
2013 yilda Samarkand viloyatda oila xo‘jaliklarining uzoq muddatli oilaviy
biznes vositalari bilan ta’minlanganligi
Vositalar nomi
Oila xo‘jaligi soni
% da
Muzlatkichlar
491
43,8
kir yuvish mashinalari
240
21,4
Changyutgich
54
4,8
Radioaloqalar
52
20,7
rangli televizor
517
96,1
Magnitofon
253
22,6
videomagnitofon
109
9,7
video kamera
7
0,6
Fotoapparat
47
4,2
Velosiped
127
15,3
sputnikli antena
11
2,0
tikish mashinasi
465
41,4
shaxsiy kompyuter
822
73,2
Manba
: 2013 yilda Samarkand viloyat statistika boshqarmasi tomonidan
kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Og‘zaki so‘rovlarga ko‘ra, oiladagi mulkidan daromad olishga uringan
oilalarning aksariyati o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli deb hisoblashadi. Bundan
tashqari, o‘z mulkini kapitalga aylantirishni istagan oilalarning 50 foizi buning
uchun mablag‘ga muhtoj emasligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, ko‘pgina oilalar
o‘z mulkidan haligacha to‘g‘ri foydalanishmayapti. Bu qulay makroiqtisodiy muhit
oilalarga o‘z mulklaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish imkonini bermayapti.
So‘ralgan oilalar ichida oila resurslari bazasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish
istagida bo‘lganlar buni amalga oshirganlarga qaraganda ikki baravar ko‘pni
tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik
qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Chunki oilalarning
ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini ma’lum
qilishadi. Bunga dalil sifatida aytish mumkinki, hozirgi sharoitda tadbirkorlik
faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan oila kamida 1,5-2,0 mln. so‘m mablag‘ jalb
kilishi kerak bo‘ladi. Jamg‘arma shaklidagi bunday mablag‘ga so‘ralgan
oilalarning 60-70 foizi ega xolos, 30-40 foiz oilalar esa umuman jamg‘armalarga
22
ega emas. Demak, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda mikrokredit
uyushmalarining rolini oshirish talab etiladi.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, har bir imtiyozli kredit turlari alohida -
alohida maqsadlar uchun va alohida shartlar asosida ajratiladi. Xususan, oilaviy
tadbirkorlik sub’ekti imtiyozli kredit (mikrokredit) olish uchun oilaning kamida
bitta a’zosi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy
baddallarni o‘tkazib borayotgan bo‘lishi lozim.
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan kreditlar eng kam ish haqining 150
baravarigacha bo‘lgan miqdorda quyidagi:
chorva mollari, parranda, yem va hashak, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar,
ko‘chatlar sotib olishga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalar qurish va
jixozlashga;
xunarmandchilik faoliyati, xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy
san’ati buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kichik
uskunalar, asboblar, xom ashyo materiallari, yarim tayor mahsulotlar sotib olishga;
xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholiga Oilaviy
biznes lar ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadlarga beriladi.
Oilaviy tadbirkorlikka mikrokreditlar 2 yilgacha muddatga qaytarish
muddatini uzaytirish xuquqisiz, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolat xatlari
yoki mulkini garovga qo‘yish sharti bilan berilyapti.
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan mikrokreditning 50 foizi chorva mollari,
paranda, omixta yem, urug‘lik va ko‘chat, uskuna va materiallarni jismoniy
shaxslardan sotib olish uchun naqd pulda ham berilishi mumkin. Mikrokreditning
nakd pulda berilgan qismi naqd pulda qaytarilishi lozim. Mikrokreditni
qaytarishning imtiyozli davri 6 oyni tashkil etadi.
Mikrokredit uyushmalarining qisqa muddatli tajribasining ko‘rsatishicha,
kredit uyushmasi a’zolari muayan jamg‘armaga ega bo‘lgan va uni qonuniy yo‘l
bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ishlatmoqchi bo‘lgan oilalardir. Ammo
ayrim oilalar a’zolik badalini to‘lashga mablag‘i yo‘qligi sabab kredit
uyushmalariga a’zo bo‘lmayaptilar.
Mikromoliyalashtirish rivojlanayotgan davlatlarda juda ommalashgan.
Bunda kam ta’minlangan oilalarni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy o‘rin
tutadi. Bu unsurlardan mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turlicha
qo‘llash mumkin.
Bu
borada
rivojlangan
davlatlar
tajribasining
ko‘rsatishicha,
mikromoliyalashtirish aholining kam ta’minlangan qismiga va yakka tartibdagi
tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish instrumenti sifatida qo‘llanilgan.
23
Hozirgi kunda ham mikromoliyalashtirish ko‘p mamlakatlarda quyidagi instrument
sifatida foydalaniladi:
- kam ta’minlangan oilalarni qo‘llash;
- ommaviy moliya manbaalarga murojaat qilishga imkoniyati yo‘q bo‘lgan
mikrokorxonalarga moliya - kredit xizmatlari ko‘rsatish;
- kichik biznesni qo‘llab - quvvatlash.
Shu bilan birga, oila aktivlaridan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun
boshlang‘ich kapital sifatida foydalanishga xalaqit berayotgan asosiy sabablardan
biri,
mamlakatda
bozor
munosabatlari
va
institutlarining
yetarlicha
rivojlanmaganligidir. Bu ayniqsa quyidagilarda ko‘proq namoyon bo‘ladi:
Ko‘chmas mulk bozori, shu jumladan, uy-joy bozori (qishloqda)
rivojlanmaganligidir. Bu bo‘yicha tuzilgan bitimlarning soni kamligi va ko‘chmas
mulk bahosining pastligi bilan harakterlanadi. Qishloqda uy - joyning bozor garov
qiymati shaharga nisbatan pastligi undan garov sifatida foydalanish imkoniyatini
cheklaydi. Shuningdek, xizmatlar bozorining rivojlanishida ham tafovutlar
uchraydi. Bunda savdo, naqd pul almashinuvi, keng tarqalgan ruxsatnoma va
litsenziyalar tizimi tufayli bu biznesga kirish yo‘lida katta to‘siqlar mavjud. Tijorat
banklari uchun mikrokreditlarga oilaviy biznes qiymati yuqoriligi, bundan
kreditlarni banklarga taluqli bo‘lmagan moliya institutlari tomonidan berish
tizimining
rivojlanmaganligi,
boshlovchi
tadbirkorlar
tomonidan
ularni
qaytarmaslik xavfi balandligi tufayli kapital, ayniqsa mikrokreditlash soxasida
bozori kuchli emas. Bundan tashqari, qonunlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining
ko‘plab aktivlarini va mulkga doir xuquqlarining yetarli darajada himoyasini va
kafolatini ta’minlamaydi, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvi
esa uni bu faoliyatni butunlay to‘xtatish va bor-yo‘g‘idan ajratish xavfini oshiradi.
Bizning fikrimizcha, oila - moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga
oshirish zarur:
oila xo‘jaliklarining resurslarini ularning o‘z tadbirkorlik faoliyatlariga
jalb etishni kuchaytirishga yunaltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga kredit
tizimini rivojlantirish;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish
maqsadida tadbirkorlik va mulkchilik xuquqlariga oid to‘plamlar yaratish hamda,
garovga qo‘yilgan mulk yoki oila aktivlarini sotib olish xuquqiga qattiy amal
qilishni ta’minlash;
yosh oilalarning kreditlar olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga
ko‘maklashish zarur. Bu esa oilaning mulkiy ta’minlanganlik darajasini oshirishga
xizmat qiladi.
24
Bunday chora-tadbirlarning amalda qo‘llanilishi, oilada tadbirkorlik
faoliyatidan olingan daromadlar ulushini oshirish, turmush darajasi va ijtimoiy
maqomini o‘zgartirish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Hozirgi davrning yana bir muhim belgisi – bu tadbirkorlik daromadining
oila yalpi daromadidagi hissasining uzluksiz oshib borishidir. “Aholining
daromadlari oshibgina qolmay ularning manbalari ham o‘zgarmoqda. Barcha
daromadlarning qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushmoqda”
18
.
Kelajakda har bir oila ehtiyojining kamida 50 foizini aynan shu faoliyat hisobiga
qoplanishiga erishish lozim bo‘ladi. Bu bizning bosh g‘oyamizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining
majlisida (2012 yil 7 fevral) so‘zlagan nutqida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
asosan 3 muhim vazifani bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi alohida qayd
qilindi.
Birinchidan, yaqin 5-10 yilda ularning mamlakat YAIM dagi ulushi 55-60 %
ga ko‘tarilishi lozim;
Ikkinchidan, ular aholi daromadlarining asosiy manbaiga aylanishlari kerak;
Uchinchidan, ular kichik va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishi,
mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy kuch
ekanligini esdan chiqarish kerak emas.
Bizga ma’lumki, oilaviy va kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritish aholi
bandligi va daromadlarini oshirishda muxim o‘rin tutmoqda. Ular hisobidan
mamlakatda 2013 yilda qo‘shimcha 1 mln.ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilib,
ularning qariyb uchdan ikki qismi qishloq joylarida ochildi. Yangi ish o‘rinlarining
65 foizga yaqini kichik biznes va oilaviy biznes tarmoqlari, 20 foizdan ortig‘i esa
kasanachilik sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
19
Ushbu yaratilgan yangi ish o‘rinlari
eng avvalo oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda oila daromadlari tarkibida kichik biznes, oilaviy biznes va
kasanachilik hisobidan qilingan daromadlar hissasi ham mos ravishda oshib
bormoqda.
Agar, respublikamiz oilalarining tadbirkorlik va turli xil xizmatlar ko‘rsatish
hisobidan olgan daromadlariga e’tibor bersak u quyidagicha ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq
daromadlar oila daromadlari tarkibida yildan-yilga ko‘proq ulushga ega
bo‘lmoqda. Umum hisobda, bu manbalardan olinayotgan daromad ish haqidan
18
I.A.Karimov. Barqaror taraqiyotga erishish – ustuvor vazifa. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2012 yil 26 fevral
19
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh
maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2008 yil 9 fevral.
25
ko‘proq, bu esa bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi bilan izoxlanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlikdan tushgan daromadlarning
salmog‘ini oshirishga imkon beradi va o‘z navbatida, ijtimoiy to‘lovlarning
ulushini bir muncha pasayishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
1996 yili tadbirkorlik daromadining oila daromadidagi ulushi 12,8 foiz bo‘lgan
bo‘lsa, 2012 yilda tadbirkorlik daromadi (mulk, oilaviy biznes va qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini sotish hisobiga olingan daromadlar qo‘shib hisoblaganda) 55,1
foizni tashkil etgan.
Daromadlar manbai xilma-xil bo‘lgan bozor munosabatlari sharoitida
oilaning jami daromadida ish haqining ham hissasi bor. Sotsiologik tadqiqot
natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda 2012 yilning oxirida o‘rtacha real oylik ish haqi
185 ming so‘mni yoki salkam 150 AQSH
20
dollarini, 2013 yilda esa 210 AQSH
21
dollari ekvivalentini tashkil etgan. Bu daromad turi ham kelajakda yanada o‘sishi
kutilmoqda. Bu borada, mamlakatimiz hukumati tomonidan 2013 yilga borib 2,5
barobarga oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Ish haqi miqdorining o‘sishi iste’mol tovarlari, ichki bozorlarning tovar va
xizmatlar bilan to‘ldirilishi va eng muhimi, inflyatsiya darajasi bilan uzviy
bog‘liqdir. Aksincha, narx – navoning ko‘tarilishi ish haqining har qanday
ko‘tarilishini yo‘qqa chiqaradi. Ish haqi hissasining pasayishining ikki jihati bor
bo‘lib, birinchidan, oila byudjetini boshqa daromadlar bilan to‘ldirishga va oilada
boqimandalik ruxi bilan yashayotgan ishchilarning bir qismini tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishga undasa, ikkinchidan esa, iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
yollangan ishchilarning yuqori samara bilan ishlashini rag‘batlantirmaydi. Bundan
tashqari, yuqori soliqqa tortishning mavjudligi tufayli xususiy tarmoqda aslida
to‘lanayotgan ish haqi ancha qismining yashirilishiga olib keladi.
Oila daromadlari tarkibida salmoqli o‘rin tutadigan manbalardan yana biri
bu tomorqa xo‘jaligidir. Tomorqa, bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa qishloq
oilasining muhim daromad manbai hisoblanadi va shu bilan oziq–ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu daromad turli oilalarda
har xil bo‘lishi turgan gap, chunki ular tomorqa bilan har xil darajada
shug‘ullanishadi. Shu maqsadda 2012 yilda o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra,
oila xo‘jaliklarining 83,8 foizi tomorqa yerlariga ega bo‘lib, o‘rtacha har bir oilaga
15,9 sothdan yer to‘g‘ri keladi. Ushbu tomorqa yeriga ega bo‘lgan oilalarning 6,7
foizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmaydi, 52,4 foizida natural istemol
ya’ni, o‘z ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirilsa, 40,2 foizi sotish maqsadlarida
20
Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon
turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir. / ”O‘zbekiston Ovozi”, 2010 yil 13 fevral, 2-B.
21
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh
maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2011 yil 9 fevral.
26
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiradi va 0,7 foizi boshqa maqsadlarda
tomorqa yeridan foydalanishmoqda. Shu davr oralig‘ida tomorqadan kelgan pul
daromadlari ulushi 33,2 % yoki 26710 so‘mni tashkil etadi. Oila xo‘jaliklarining
51,8 foizida yirik shohli qoramollar boqiladi. Umuman olganda aholining hamma
qatlamlari uchun tomorqaning ahamiyati katta va bu asosda dehqon
xo‘jaliklarining vujudga kelishi tomorqadan olinadigan daromadning yildan yilga
oshishiga, olib kelishiga izlanishlar davomida guvohi bo‘ldik.
Xizmat sohasi bilan shug‘ullanadigan oilalarda daromadlarining tashkil
topish manbaalarini tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatining turli
hududlaridan 135 ta xizmat ko‘rsatuvchi oilaning tanlanma kuzatuvi olib borildi.
Bular quyidagi xizmat sohalari bo‘yicha olib borildi: savdo xizmatlari (chakana
savdo, milliy oshxona va restoranlar); milliy hunarmandchilik va ta’mirlash
ustaxonalari; kompyuter va axborot texnologiyalari xizmatlari (internet kafe,
kichik bosmaxona va uyali aloqaga ulanish kabi xizmat turlari); transport
xizmatlari (yuk tashish va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish); sartaroshxona
va go‘zallik salonlari (kelinlik liboslari va to‘y uskunalarini ijaraga berish va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |